K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Kapital quyilmalar (100-satr)da



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə102/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Kapital quyilmalar (100-satr)da qurilish tashkilotlarining o‘z maqsadlarida
xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital
investitsiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
Ishlab 
chiqarish 
zahiralari 
(150-satr)da
omborlarda
(qurilish
maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, detallar,
o‘rnatiladigan jihozlarning hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati
aks ettiriladi. Ushbu satr summasi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»
tizimida ochilgan barcha schyotlar qoldiqlarining yig‘indisiga, shuningdek barcha
moddiy javobgar shaxslarning hisobot davri oxiriga tuzgan material hisoboti (M-
19-shakl) qoldiqlari yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Agar materiallarni sotib olish
va tayyorlash alohida olingan 1510 schyotda, ular qiymatidagi farqlar maxsus 1610
schyotda yuritilgan bo‘lsa, ushbu schyotlarning qoldiqlari mos ravishda
balansning bu satri summasida hisobga olinishi kerak.
Tayyor mahsulotlar (170-satr)da sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotlar (eshik, dereza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi
mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
Kelgusi davr harajatlari (190-satr)da qurilish tashkilotlarining hisobot
davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr harajatlariga tegishli bo‘lmagan


harajatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda qurilish tashkilotlari o‘zlarining quyidagi


harajatlarini aks ettiradi:
- kelgusi davrda bajariladigan ishlar uchun olingan ruxsatnoma (litsenziya)
to‘lovlari;
- kelgusida joriy etilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqarishga doir
harajatlar;
- kelgusi yilda chop etiladigan maxsus me’yoriy-texnik adabiyotlar uchun
qilingan sarflar;
- kelgusi yil uchun o‘tkazib qo‘yilgan ijara to‘lovlari;
- mavsumiy harakterga ega bo‘lgan ishlar uchun oldindan to‘lovlar,
chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini konservatsiya qilish harajatlari;
- yangi qurilish uchun kadrlarni jalb etish va tayyorlash harajatlari;
- oldindan hisoblangan mehnat ta’tili harajatlari;
- kelgusi yil uchun gazeta va jurnallar obunasi uchun to‘lovlar;
- boshqa kelgusi davr harajatlari.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin