K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Jami debitorlik qarzlar (210-satr)



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə103/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Jami debitorlik qarzlar (210-satr)da qurilish tashkilotiga hisobot davri
oxiriga qarzdor shaxslarning jami qarzlari ko‘rsatiladi. Jami debitorlik qarzlar
ularning alohida turlari bo‘yicha balansning mos satrlarida (220, 240, 250, 260,
270, 290, 300, 310) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘lg‘azishga asos bo‘lib
debitorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schyotlarning oxirgi qoldiqlari
hisoblanadi.
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (450-satr)da qurilish
tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)
ko‘rsatiladi. Ushbu summa o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) va hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari)
summalaridan tashkil topadi. Qoplanmagan zararlar balansning ushbu satrida
minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi.
Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda
olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli
imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
Jami uzoq muddatli majburiyatlar (490-satr)da qurilish tashkilotlarining
bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo‘yicha majburiyatlarining
jami summasi ko‘rsatiladi. Jami uzoq muddatli majburiyatlar ularning alohida
turlari bo‘yicha balansning mos satrlarida (500-590) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni
to‘lg‘azishga asos bo‘lib uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks
ettiruvchi schyotlarning oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Jami joriy majburiyatlar (600-satr)da qurilish tashkilotlarining bir yildan
kam bo‘lgan muddatga olgan kreditlari, qarzlari va boshqa majburiyatlarining jami
summasi ko‘rsatiladi. Jami joriy majburiyatlar ularning alohida turlari bo‘yicha
balansning mos satrlarida (610-760) ko‘rsatiladi. Ushbu satrlarni to‘lg‘azishga asos
bo‘lib joriy kreditorlik qarzlarning alohida turlarni aks ettiruvchi schyotlarning
oxirgi qoldiqlari hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlari balans valyutasining jami summasi aktivda va passivda
alohida satrlarda (mochs ravishda 390-satr va 780-satr) ko‘rsatiladi.


Qurilish tashkilotlarining o‘zlariga tegishli bo‘lmagan aktivlar va passivlar


balansda «Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan qiymatliklarning
mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot»da 790-920-satrlarda ko‘rsatiladi. Bunday aktiv
va passivlarga, chunonchi quyidagilar kiradi:
- qisqa muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar (790-satr);
- qayta ishlashga qabul qilingan materiallar (810-satr);
- o‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar (830-satr);
- ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar (890-satr);
- kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan harajat-lar (900-
satr);
- vaqtinchalik soliq imtiyozlari (910-satr);
- foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari (920-satr).


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin