K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» Kredit



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə21/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Kredit 0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda
yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan
chiqariladi.
1-usul. Qurilish tashkilotida oldindan asosiy vositalarni qayta baholash
natijasida rezerv kapitali shakllantirilgan bo‘lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu
rezerv kapitali evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, quyidagi
yozuvlar qilinadi:
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasiga:
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Kredit  0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farq summasiga:
Debet 0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Kredit  8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
2-usul. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Bu holda qayta
baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq summasi
qurilish tashkiloti harajatiga olib boriladi va u hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqqa:
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit  0111- 0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqqa (storno yozuvi )
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul
berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi
mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks
ettiriladi (2.3-jadval).
Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy
vositalarning sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq

Qq), u
holda ular QQS to‘lovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat
(Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq

Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda
qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositalarni ta’sis
badali sifatida kiritilishi Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi.






Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin