K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


«Asosiy vositalarni sotib olish»



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə19/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schyotining debetida ta’minotchidan
qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni tashib keltirish,


o‘rnatish, montaj qilish va boshqa harajatlar aks ettiriladi, kreditida esa schyotning


debetida to‘plangan summani asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga
kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng bo‘lganligi uchun
bu schyot saldoga ega bo‘lmaydi.
0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga
kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga,
rekonstruksiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital quyilmalar hisobga
olinadi. Bu harakterdagi quyilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya
va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik
va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar
shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida
qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi
buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet  0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning
boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks
ettiriladi:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Bir vaqtning o‘zida:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Qurilish tashkilotlariga ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi)ga asosan
ta’sischilardan qabul qilingan asosiy vositalar schet-faktura va qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin