K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


«Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari»



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə17/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» schyotida quyidagi
tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:

binolar – bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-
maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (sexlar, omborlar, yuvinish xonalari,
laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib
beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar). Binolar
tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha
kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga
qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.

inshoatlar –

ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l


shahobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari, sig‘imlar, asfaltlangan
yo‘llar va yo‘lkalar.

uzatish qurilmalari – elektr liniyalari, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar
va boshqalar.




0130 «Mashina va uskunalar» schyotida yerga mustahkam o‘rnatiladigan va
relsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozerlar, beton qorish
mashinalari, transporterlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash,
arralash, randalash, temir-tersaklarni kesish, ulash, bo‘yoq, ohak va suv purkash
apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va
boshqa maxsus mashina hamda uskunalarning hisobi olib boriladi.
0140 «Mebel va ofis jihozlari» schyotida shkaflar, stol va stullar komplekti,
doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali
aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 «Kompyuter uskunasi va hisoblash texnikasi» schyotida
kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner,
modem va boshqalar)ning hisobi olib boriladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin