Qurilish tashkilotlarining moddiy ta’minot bo‘limlari materiallarni o‘z vaqtida
va kerakli miqdorda kelib tushishini ta’minlashlari, moddiy javobgar shaxslar esa
ularning
butligini
va
sifatini
buzmasdan
saqlashlari
hamda
qurilish
maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda
yetkazib berishlari
lozim.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning
holati va harakati ustidan
uzliksiz nazoratni olib borish, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan
rasmiylashtirilganligini ta’minlash, bu boyliklarning sintetik
va analitik hisobini
yuritish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida berish kabi
muhim vazifalar yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallarni turli belgilari bo‘yicha
tasniflash va tavsiflash mumkin. Materiallar hisobini to‘g‘ri
yuritishda, ayniqsa,
ularni quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: