K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


partion kartalar, kartochkalar yoki kitoblar ochiladi. Ushbu ombor hisobi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə41/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org


partion kartalar, kartochkalar yoki kitoblar ochiladi. Ushbu ombor hisobi
registrlariga kirim qilingan materiallarning miqdori, narxi, summasi va boshqa
belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar schyot-fakturalar va kirim dalolatnomalari
asosida yoziladi.
Omborlardan materiallar qurilish maydonchalariga talabnomalar, ichki
naklodnoylar, limit-zabor qaydnomalari asosida beriladi. Bu hujjatlar ikki nusxada
tuziladi hamda mas’ul xodimlar (bosh injener, hisobchi), shuningdek materiallarni
bergan va olgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilish maydonchalarida omborlardan olingan materiallar uchun moddiy
javobgar shaxslar bo‘lib masterlar, prorablar yoki brigadirlar hisoblanadi. Ushbu
moddiy javobgar shaxslar bo‘ynidagi materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi
maxsus hisobot (M-29 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ishlatilmagan materiallar
qurilish maydonchalaridan omborlarga ichki nakladnoylar bilan qaytariladi.
Materiallarning chetga chiqib ketishi (sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali
sifatida kiritilishi), shuningdek yaroqsiz holatga kelganligi uchun hisobdan
chiqarilishi faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ushbu hollarda materiallarning ombordan chiqib ketishi schyot-fakturalar bilan
ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Yaroqsiz holatga kelgan materiallarning hisobdan chiqarilishi dalolatnomalar
bilan rasmiylashtiriladi.
Materillarning omborlardan berilishi va boshqa barcha chiqimlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida partion kartalar, kartochkalar yoki
ombor kitobiga qayd etiladi.
Qurilish tashkilotlarida ombor mudirlari materiallarning holati va harakati
bo‘yicha hisob siyosatida belgilangan muddatlarda material hisobotlarini tuzadilar.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish tashkilotlari uchun material
hisobotining yaxlit shakli tasdiqlangan emas. Qurilish tashkilotlarida hozirgi kunda
ham sobiq sovet tizimi davrida ushbu maqsadlar uchun tasdiqlangan maxsus
hisobot shaklidan (M-19 shakl) foydalanib kelinmoqda. Biroq, qurilish tashkilotlari
amaliyotida bu hisobotni aynan tasdiqlangan shaklda tuzilmayotganligini, aksincha
uni turli o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda tuzish holatlarini uchratish mumkin.


Chunonchi, ayrim qurilish tashkilotlarida materiallar hisoboti faqat soniy


ko‘rinishda, boshqalarda esa soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilmoqda.
Soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilgan materiallar hisoboti (M-19 shakl)
namuna sifatida 4 – ilovada keltirilgan.
Hisobotni ushbu ko‘rinishda yuritishga hozirgi kunda qurilish tashkilotida
materiallarni hisobdan chiqarishda qabul qilingan baholash usullari katta ta’sir
ko‘rsatadi. Chunonchi, FIFO usulini qo‘llash ushbu hisobotni bir qancha
varaqlardan iborat bo‘lishiga olib keladi. Chunki, bu usulga ko‘ra materiallar nomi
bir xil bo‘lsada, lekin sotib olish narxlari turlicha bo‘lganligi uchun alohida
qatorlarda ko‘rsatiladi.
AVEKO usulini qo‘llash hisobot varaqlari sonini kamayishiga olib keladi.
Chunki, bunda materiallar nomi bir xil bo‘lganligi uchun, ularning bahosidan
qat’iy nazar, bir qatordan yoziladi. Bu usulda materiallar holati va chiqimining
summaviy miqdori hisobotda o‘rtacha baholarda ko‘rsatiladi.
Materiallar hisoboti ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi barcha kirim
va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyada qoladi. Buxgalter tomonidan
tekshirilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan ikkinchi nusxasi esa ombor
mudiriga qaytariladi.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasida materiallar hisoboti va unga ilova qilingan
boshlang‘ich hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik va analitik hisobini
yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin