Qurilish tashkilotlarida materiallarni inventarizatsiya qilish, uning natijalarini
aniqlash, hujjatli rasmiylashtirish va hisobga olish respublikamizda qabul qilingan
BHMS 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish»da keltirilgan tartib-
qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ushbu standartga asosan qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarning
rejali inventarizatsiyasi har yili kamida bir marta o‘tqaziladi. Moddiy boyliklarni
o‘g‘irlash va talon-taroj qilish holatlari aniqlanganda, favqulotdagi hodisalar yuz
berganda, shuningdek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari
inventarizatsiyalar o‘tqazilishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan
tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan
o‘tqaziladi.
Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ularni sanash, tortish,
o‘lchash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlanadi. Sanash, tortish,
o‘lchash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatiga keltiriladi.
Chunonchi:
taxtalar enining o‘lchov birligiga (20mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab
taxlab chiqiladi;
bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi;
mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi;
shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining razmeriga qarab ajratiladi;
g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi;
havzada saqlanayotgan sement havza yuzasini aniqlash uchun bir tekisga
keltiriladi;
trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi;
qum va shag‘al ularni kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi;
qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul
moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yo‘lkalar, devorlar, yuvinish va sanitariya
xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi;
buyurtmachiga tegishli bo‘lgan materiallar va o‘rnatishga mo‘ljallangan
uskunalar alohida joylarga taxlanadi.
Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga
imkon beruvchi holatga keltiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real
miqdorini inventarizatsiya varaqlariga (Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya
varaqlarining
har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Inventarizatsiya
yakunlangach,
buxgalteriyada
inventarizatsiya
varaqalari
ma’lumotlari va materiallar hisobi kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari
taqqoslanib, inventarizatsiya natijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari
«Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
qaydnomaga buxgalter va moddiy javobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar
tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan
taqqoslash
qaydnomasi
ma’lumotlari
inventarizatsiya
natijalarini hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi.