K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Mavzu 7. QURILISH TASHKILOTLARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə79/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Mavzu 7. QURILISH TASHKILOTLARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY 
NATIJALAR, SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLARNING HISOBI

Ma’ruza rejasi: 

1.Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi




2.Qurilish tashkilotlarini soliqqa tartishning xususiyatlari va


ularning hisobi
3.Qurilish tashkilotlarida majburiy ajratmalar, yig‘imlar va
ushlanmalarning hisobi

7.3. Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi 

Qurilish tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi


ko‘rsatkichlar bo‘lib ular olgan foyda (yoki zarar) hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkichlarning shakllanishi va hisobga olinishi respublikamizda «Mahsulot
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‘g‘risida nizom», shuningdek 1, 2, 3 va 21- sonli BHMSlar bilan
tartibga solingan.
Ushbu me’eriy hujjatlarga muvofiq qurilish tashkilotlari faoliyatining
yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
1. SOTISHDAN FOYDA (Fs) YOKI ZARAR (Zs). Bu ko‘rsatkich
quyidagicha topiladi:
Fs (Zs) = St –Ts
Bu yerda: St – sof tushum, Ts – sotish tannarxi.
Qurilish tashkilotlarining sof tushumi ular tomonidan bajarilgan qurilish
ishlaridan olingan daromadlardan, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan tayyor
mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlardan iborat bo‘ladi. Bajarilgan qurilish
ishlaridan olingan daromadlar hisobiga oldingi mavzuda batafsil to‘xtalgan edik.
Quyida qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni
sotishdan olingan daromadlar hisobini yuritish tartibiga qisqacha to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar deganda maxsus
sotish uchun ishlab chiqarilgan turli xildagi konstruksiyalar, moslamalar, detallar,
qurilish materiallaridan yasalgan plitalar, sementli g‘isht-bloklar, eshik, dereza va
shu kabi to‘liq tayyor holga keltirilgan boshqa buyumlar tushuniladi. Ushbu tayyor
mahsulotlar subpudratchilarning va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida,
shuningdek aholi uchun erkin sotuvga chiqarish maqsadlarida ishlab chiqariladi.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish qurilish tashkilotlarining maxsus sexlari
yoki yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir harajatlarning hisobi 2000 «Asosiy ishlab
chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar» yoki 2300 «Yordamchi ishlab chiqarishni
hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda olib boriladi.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar qurilish tashkilotining hisob siyosatida
belgilangan hisob bahosida 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotida
hisobga olinadi. Hisob bahosi bo‘lib tayyor mahsulotlarning yakka o‘zini
identifikatsiyalash (yoki buyurtmali) usulda aniqlangan reja (normativ) tannarxi
yoki hiqiqiy tannarxi hisoblanadi.
Hisobot oyida ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlarning omborlarga
hisob baholarida kirim qilinishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin