Baho
|
Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar
|
“5”
A’lo
|
Fan bo‘yicha tugallangan bo‘limlardan 3 mavzu (savol)ning barchasiga to‘liq javob bersa. Ular yuzasidan tushunchaga ega bo‘lsa hamda adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni aytib berib, izohlasa, o‘z tushunchalarini misollar bilan erkin dalillasa hamda xulosa chiqarib bilsa. Ya’ni: berilgan mavzu yoki savol yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mulohaza yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mavzu yoki savol mohiyatini tushunish; berilgan mavzu yoki savol mohiyatini bilish va bayon eta olish; mavzu bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish va ifoda eta olish malakasiga ega bo‘lsa.
|
“4”
Yaxshi
|
Fan bo‘yicha tugallangan bo‘limlardan 3 mavzu (savol)ning 2 tasiga to‘liq javob bersa. Ular yuzasidan tushunchaga ega bo‘lsa hamda adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni aytib bersa. Ya’ni: mustaqil mulohaza yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mavzu yoki savol mohiyatini tushunish; berilgan mavzu yoki savol mohiyatini bilish va bayon eta olish; mavzu bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish va ifoda eta olish malakasiga ega bo‘lsa.
|
“3”
Qoniqarli
|
Fan bo‘yicha tugallangan bo‘limlardan 3 mavzu (savol)ning 1 tasiga to‘liq, qolgan 2 tasiga qisqa javob bersa. Ular yuzasidan tushunchaga ega bo‘lsa hamda adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarni aytib bersa. Ya’ni: mavzu yoki savol mohiyatini tushunish; berilgan mavzu yoki savol mohiyatini bilish va bayon eta olish; mavzu bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish va ifoda eta olish malakasiga ega bo‘lsa.
|
“2”
Qoniqarsiz
|
Berilgan mavzularga javob berolmasa, umuman tushunchaga ega bo‘lmasa yoki 3 mavzuga qisman javob bersa. Qisman tasavvurga ega bo‘lsa. Ya’ni: Fan va berilgan mavzu (saollar)ni o‘zlashtirmagan bo‘lsa; mohiyatini bilmasa; aniq tasavvurga ega bo‘lmasa; mustaqil fikrga ega bo‘lmasa.
|