Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

Qo’llanilishi: 

- o’quvchilarda axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish uchun; 

- axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun

- sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun. 



Afzalligi: 

- o’z fikrini lo’nda bayon etishi

- tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirishi; 

- fanga yoki mavzuga bo’lgan qiziqishini uyg’otishi. 



X. Debatlar 

Debatlar  -  o’z  nuqtai  nazarini  asoslashda  sinfdagi  barcha  o’quvchilarning  (yoki 

asosiy  qismining)  bahslashuvda  faol ishtirok etishini  ta’minlovchi o’qitish uslubidir.  Bu 

uslubdan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O’quvchi o’z nuqtai nazarini rad 

etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’lgan 

holda munozarani atayin avj oldiradi (guruhlarga bir -biriga zid nuqtai nazarlarni aytadi, 

bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib   borilsa, yozma debatlar bo’ladi. 

Qo’llanilishi: - bahsda o’quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanganda; 

- muammoni hal qilishda mohirlikka o’rgatishda; 

- fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda. 

Afzalligi: -o’quvchilarni bahslashishga o’rgatadi; 

- munozara madaniyatiga o’rgatadi; 

- asoslab berish malakasini oshiradi. 

Demak,  yuqoridagilarni  tajribada  qo’llab,  o’rganib,  o’quvchilarning  ko’nikma, 

malaka me’yorini quyidagicha belgilash mumkin: 

1. Nimani o’qidim? (o’qiganda)   - 10 % 

2. Nimani eshitdim? (eshitganda) 

 -20 % 


3. Nimani ko’rdim? (ko’rganda)  -30 % 

4. Nimani eshitdim va ko’rdim?   -50 % 

5. Muhokama, bahs - munozara   -70 % 

6. Shaxsan o’zim bajardim 

           - 80 % 

7. Ustoz bilan birga bajardim 

 -90 % 

Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  muammoli  ta’lim  usullarni 

qo’llab  dars  o’tilganda  sinfda  qoloq,  o’zlashtirmaydigan  o’quvchi  qolmaydi.  Deyarli 

barcha  o’quvchilar  dars  jarayoniga  jalb  etilib,  ularning  darsga  qiziqishlari  ortadi. 




 

10 


O’quvchilarning  kelgusida  mustaqil  bilim  olishlariga,  hunar  o’rganishlariga  imkon 

yaratiladi. 

Yuqoridagilardan  shunday  xulosalar  chiqarish  mumkinki,  ta’lim  sifati  va 

samarodorligini oshirishda muammoli o`qitish metodlari juda zarur.  

Chunki  muammoli  ta’lim  o`quvchini  izlanishga,  ijodkorlikka,  erkin  fikrlashga 

o`rgatadi.  O`quvchida  bunday  sifatlarning  shakllanishi,  o`quv  –  biluv  ma’suliyatini 

oshiradi, mustaqil  bilim olish uning kundalik xolatiga aylanadi. Bu esa ta’lim mazmunini 

yangi dastur va standartlarni o`zlashtirib olishga kafolat bo`ladi.  

Har  bir  ta’lim  usullari  bo`yicha  mashg`ulotlar  tashkil  etish  yuzasidan  mashg`ulot 

materiallari,  tezis,  ko`rg`azmali  qurol,  diagramma,  tarqatma  materiallar,  elektron 

darsliklar,  ma’ruzalar  tayyorlanadi.  Ularni  tizimga  keltiriladi,  loyihalashtiriladi,  axborot 

texnalogiyalari asosida namoyish etiladi, muammoli, o`yin vositalarida mashg`ulot ishlari 

yaratiladi, shu asosida interfaol mashg`ulotlar tashkil etiladi. 


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin