Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə32/43
tarix07.08.2022
ölçüsü189,32 Kb.
#63047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Labaratoriya ishlanmalari eksperimental psixologiya fanidan

6.Distimik tip. Bu shaxs jiddiyligi, tushkunlik kayfiyati, sustkorligi, irodasizligi bilan ajralib turadi. Kelajakka munosabati pessimistik, o‘z-o‘zini baholashi past, muloqotchanligi past, indamas darajada kamgap. Shovqin suron davralardan yiroq bo‘lishga harakat qiladi, uydan chiqishni yoqtirmaydigan individualist, turmush tarzi belgilangan chegaradan chiqmaslikka intiladi. Ko‘pincha badqovoq, merov, hayotiy nuqson, kamchilikka ko‘proq e’tibor beradi. Bu shaxslar vijdonli, do‘stlarni qadrlaydigan va ularga bo‘ysinadigan. Haqni nohaqdan tez ajrata oladigan. Fikr yuritishi tezligi sust.
7. Xavotirlanuvchi tip. Muloqotchanligi past, kafiyati mayus, qo‘rquvchan, sergak, hadiksirovchi, o‘ziga ishonqiramaydigan. Bu tipdagi bolalar ko‘pincha qorong‘ilikdan, hayvonlardan, yolg‘iz qolishdan qo‘rqadilar. Sho‘x, chaqqon tengqurlaridan chetroqda bo‘lishga harakat qiiadilar, tortinchoq va uyatchan. Imtihonlar, nazorat ishlari, tekshiruvlarni og‘ir his etadi. Odatda sinf oldida javob berishdan tortinadi. Yoshi kattalarning pand-nasixatlari ularning vijdonini qiynab gunohkorlik hissini uyg‘otishi mumkin. Burch, ma’suliyat hissi ularda barvaqt shakllanadi, axloqiy va etik talablari juda yuksak. O‘z-o‘zini boshqalardan kam his etadi, o‘z qobiliyatlarini keng namoyon kila oladigan faoliyat orqali shu hisni bekitishga harakat qiladi, bolaligidan ko‘ngli nozik, tortinchoqligi ko‘ngli tusagan odamlari bilan yaqinlashishiga xalal beradi. Atrofidagilarning munosabati bu shaxs uchun eng nozik muammo. Hazilni ko‘tarolmaydi, nohaq ayblovlarga duchor bo‘lsa o‘zini himoya qila olmaydi. Ziddiyat va mojarolarga kamdan kam qatnashadi, muammoli vaziyatga tushib qolsa ko‘mak va tayanch izlaydi. Iltifotli, o‘ziga nisbatan talabchan, vazifalarni astoydil bajaradi. O‘zini himoya qilolmasligi sabab tez-tez hazil-mazahga duchor bo‘ladi.
8. Affektiv-ekzaltatsiyalangan tip. Bu shaxs har narsadan hayratlanib, zavq-shavqqa to‘lib, yuzidan tabassum arimaydigan odam. Boshqalarda ko‘tarinki kayfiyatga sabab bo‘lmaydigan narsalar bu odam uchun xursandchilik va rohatlanish hissini uyg‘otadi. Xursand bo‘lsa boshi osmonga etgandek his etadi, xafa bo‘lsa butkul tushkunlikka tushadi. Muloqotchanligi yuksak, ochiqtabiat, so‘zamol. Bahslashishni yaxshi ko‘radi, lekin to‘qnashuvgacha olib bormaydi. Mojaro va ziddiyatlarda ham aktiv, ham passiv tomon bo‘lishi mumkin. Do‘st-yorlariga bog‘lanuvchan, altruist, hamdardlik qila oladi, didli, hissiyotlari samimiy va yorqin. Panikyor, kayfiyati barqaror emas, shodu-xurramlikdan ma`yuslikka o‘tishi oson, xatti-harakati keskin, labil psixika sohibi.
9. Emotiv tip. Ekzoltatsiyalangan tipga yaqin, lekin namoyon bo‘lishi seklnroq. Nozik tabiat, emotsional, xavotirlanuvchan, qo‘rqoq, ko‘p gapiradigan, nozik hissiyotlarga beriluvchan. Sahnada, fil’mlarda tajovuzkor xatti- harakatlarni ko‘rsa, ta`sirlanib uzoq vaqt esidan chiqara olmaydi va uyqusi buziladi. Mojaro va ziddiyatlarda juda kam qatnashadi, xafa bo‘lsa ichiga yutib, uniqib yuradi. Ma’suliyatii, burchni o‘ta jiddiy his etadi, o‘slmliklami o‘stirish, jonivorlarni parvarish qilishni yaxshi ko‘radi.Tabiatni asraydi.

Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin