I - shkala (asabiylashganlik) shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. Yuqori baholar psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabni, kasalmand, biror bir holatdan chiqib ketolmaydigan, o‘z hissiyotlariga berilgan.
II - shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni aniqlash va baholashga imkon beradi. Yuqori baholar g‘ayri-ixtiyoriy xulqqa ega bo‘lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan (spontan) tajovuzkorlik - bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil, chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir.
III - shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik, ruhiy siqilganlik holatlari uchun xos bo‘lgan belgilarga tashxis qo‘yish uchun imkon beradi. Yuqori baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lishini bildiradi. Depressivlik - bu ta’bixiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig‘indisidir.
IV - shkala (jizzakilik) emotsioial turg‘unlikni baholashga imkon beradi. Yuqori baholar emotsionol holatlarning noturg‘unligidan darak beradi. Jizzakilik bu chidamsizlik, beixtiyor asabiylashgan, jiddiy tarang soddadil, injiq demakdir.
V- shkala (dilkashlik) ijtimoiy faollikning imkoniyatlarini va bu xususiyatlarning haqiqiy ko‘rinishini ifodalaydi. Yuqori baholar ehtiyojni ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat beradi.
Do‘stonalik - xushmuomalali, dilkashlik, uddaburonlik xususiyatlaridir.
VI- shkala (og‘ir, vazminlik ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi. Yuqori baholar kelajakka ishonch va faollikni, o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganligni anglatadi. Mo‘’tadillik - bu yaxshi kayfiyat, barqarorlik, matonatlik, xotirjamlilik, o‘z kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir.