Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi
ESFP Ekstravertirt Sensor His etuvchi Idrok etuvchi Shiori: “Axir bir bora yashaymiz!” ISFP Introvert Sensor His etuvchi Idrok etuvchi Shiori: “Hammasini ko‘radi, hech biriga aralashmaydi”. ESTP Ekstravert Sensor Fikrlovchi Idrok etuvchi Xarakteristikasi: “Miyaning zaminigacha realistlar”. ISTP Introvert Sensor FikrlovchiIdrok etuvchi Xarakteristika: “Tiklikka yengillik bilan kutariluvchi” ESFJ Ekstravert Sensor His etuvchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Olamning hukmdorlari” ISFJ Introvert Sensor His etuvchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Yuqori burch hissi”. ESTJ Ekstravert Sensor Fikrlovchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Hayotning xo‘jayini”. ISTJ Introvert Sensor FikrlovchiHal etuvchi Shiori: “Nimani bajarish kerak bo‘lsa, bajarmoq”. ENFJ Ekstravert Intuitiv His etuvchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Shirin so‘zi bilan ko‘ndiruvchi”. INFJ Introvert Intuitiv His etuvchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Atrofdagilarni ilhomlantiruvchi”. ENFP Ekstravert Intuitiv His etuvchi Idrok etuvchi Shiori: “Assalomu alaykum hayot!” INFP Introvert Intuitiv His etuvchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Jamiyatning oliyjanob xizmatchisi”. ENTJ Ekstravert Intuitiv Fikrlovchi Hal etuvchi Xarakteristikasi: “Tabiatiga ko‘ra daho”. INTJ Introvert Intuitiv FikrlovchiHal etuvchi Shiori: “Hammasini yaxshilash mumkin”. ENTP Ekstravert Intuitiv Fikrlovchi Idrok etuvchi Shiori: “Boshqalar uchun birgina qiziqarli yumush”. INTP Introvert Intuitiv Fikrlovchi Idrok etuvchi Xarakteristikasi: “Muammo yechimiga muhabbat”. 8- Laboratoriya ishi: SHaxsni o`rganishning biografik metodi Maqsad: SHaxsni biografik metod yordamida o`rganish Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq yetish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga yega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, yesdaliklari, o`zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o`rin yegallaydi. Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: yesdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur yetishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o`rganib bo`lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o`ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o`rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o`z ifodasini topadi. Allomalar to`g`risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o`tadi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora yetishi, o`zining uslubini yaratishi, kamolot cho`qqisiga yerishishi jarayonida namuna vazifasini o`taydi. YOsh psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina kabi sobiq ittifoq psixologlarining kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar uzoq chet yel psixologiyasida ham keng tarqalgan. Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, A.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning yesdaliklari tarjimai hol shaklida bo`lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg`usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, dunyoqarashi, ye’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to`g`risida ma’lumotlar olish mumkin. Namuna: Tarjimai hol Men O`ktamova Shohida Odilbek qizi (o`zgartirilmagan), 2000-yil 03-sentabrda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug`ilganman. Millatim o`zbek. Ona tilim-o`zbek tili. Men 2007-yil sentabr oyida Xiva tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining 1-sinfiga o`qishga qabul qilindim. 2011-yil sentabr oyida 17-sonli ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining 5-sinfiga qabul qilindim. 2015-yil iyun oyida ushbu maktabni 9-sinfini tugatdim. 2015-yil iyun oyidan sentabr oyigacha vaqtincha hech qayerda ishlamasdan ota-onam qaramog`ida yashab, uy-ro`zg`or ishlarida yordamlashib keldim. 2015-yil sentabr oyida Xiva Tibbiyot kollejiga o`qishga qabul qilindim. Hozir ushbu kollejning 3-bosqich talabasiman. Turmushga chiqmaganman. Otam: Abdurahmonov Odilbek O`ktamovich, 1978-yil 05-martda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek, ma`lumoti o`rta. Xususiy tadbirkor. Xorazm viloyati Xiva tumani Gilamchi mahallasi 23-uyda yashaydi. Onam: Jumaniyozova Muhayyo Xusinovna, 1979-yil 24-fevralda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek, ma`lumoti oliy. Hozirda Urganch Davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya ” kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida ishlaydi. Xorazm viloyati Xiva shahri Kalta minor mahallasi Po`lat Matchanov ko`chasi 17-uyda yashaydi. Singlim: O`ktamova Shohista Odilbek qizi, 2000-yil 03-sentabrda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek, hozirda Xiva Tibbiyot kolleji 3-bosqich talabasi. Xorazm viloyati Xiva shahri Kalta minor mahallasi Po`lat Matchanov ko`chasi 17-uyda yashaydi. Men va mening yaqin qarindoshlarim orasida jinoiy va ma`muriy javobgarlikka tortilganlar yo`q, chet el fuqaroligida bo`lmaganlar. Men hozirda oilam bilan birga Xorazm viloyati Xiva shahri Kalta minor mahallasi Po`lat Matchanov ko`chasi 17-uyda yashab kelmoqdaman. O`ktamova Shohida Odilbek qizi “___” __________2018 yil. Yüklə 189,32 Kb. Dostları ilə paylaş: |