Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə24/43
tarix07.08.2022
ölçüsü189,32 Kb.
#63047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Labaratoriya ishlanmalari eksperimental psixologiya fanidan

METODIKA KALITI
I.Ekstraversiya (E)
“Ha”: 1,3,9,11,14,17,19,22,25,27,30,35,38,41,43,46,49,53,57
“Yo‘q”: 6,33,51,55,59.
II.Neyrotizm (N)
“Ha”: 2,5,7,10,13,15,18,21,23,26,29,31,34,37,39,42,45,47,
50,52,54,56,58,60.
III.Yolg‘on
“HA”: 8,16,24,28,36,44
“Yo‘q”: 4,12,20,32,40,48
O‘smirlar uchun me’yoriy ball oraligi
Ekstraversiya:: 11 - 14 ball
Neyrotizm: 10 - 15 ball
Yolg‘on: 4 - 5 ball

N tipa
(variant)

E
ballarda

N
ballarda

N tipa
(variant)

E
ballarda

N
ballarda

1

0-4

0-4

17

16-20

4-8

2

20-24

0-4

18

4-8

16-20

3

20-24

20-24

19

4-8

4-8

4

0-4

20-24

20

16-20

16-20

5

0-4

4-8

21

12-16

8-12

6

0-4

16-20

22

8-12

8-12

7

0-4

8-16

23

16-20

8-12

8

4-8

0-4

24

12-16

4-8

9

8-16

0-4

25

8-12

4-8

10

16-20

0-4

26

4-8

8-12

11

20-24

4-8

27

4-8

12-16

12

20-24

8-16

28

8-12

16-20

13

20-24

16-20

29

12-16

16-20

14

16-20

20-24

30

16-20

12-16

15

8-16

20-24

31

8-12

12-16

16

4-8

20-24

32

12-16

12-16

O‘quvchi shaxsida namoyon bo‘luvchi хarakterologik sifatlarning namoyon etilishi va uni psiхologik jihatdan tarbiyalash (tuzatish) yo‘llari
N1 E: 0-4; N: 0-4. Xotirjam, tinchliksevar, qarshilik ko‘rsatmaydigan. Mehnat, o‘quv jamoasida kamtarin, do‘stlikka nisbatan o‘rtacha munosabatda, haqiqat o‘zi tomondaligini anglasa uni amalga oshirish uchun nihoyatda qat’iy, ba`zan agressiv sabr-toqatli ba`zan sovuqqon.
1. Psiхologik tuzatish yo‘li: Yanada muvaffaqiyatli ishlashi, o‘qishi uchun eng asosiysi - jamoaning va rahbariyatning diqqatini shu odamga ko‘proq qaratib, uning o‘z-o‘zini baholashga va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘l ochib berish va uni muntazam nazorat qilib turish talab qilinadi.
N2 E: 20-24; N: 0-4. Quvnoq, muloqotli, xushchaqchaq, yaxshi taassurot qoldirishni yoqtiradi. Optimist, muvaffaqiyatga hamisha ishonadi. Balandparvoz xafagarchilikni tez unitadi, nizoli vaziyatlarga burilmaydi. Yangilikka intiluvchan, odamlar nazariga tushishni va ularning hurmatini qozonishni hamisha ma`qul ko‘radi. Biroq, yuzaki, beparvo talabchan juda ko‘p ishlarni bajarish uchun astoydil kirishadi, lekin ko‘pincha oxiriga yetkazishga, sabr-toqat, matonat yetishmaydi. (ishga, o‘qishga jo‘shqin kirishadi, lekin tez soviydi.)
2. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tabiatidagi ishchanlik, tashabbuskorlik, chaqqonlik kabi sifatlaridan unumli foydalangan holda uni jamoa (sinf) oldida rag‘batlantirish va undan sabrlilik, mas’ullik, astoydil mehnat qilish (o‘qish) kabi fazilatlarning namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor berish tavsiya qilinadi. Shuningdek, mazkur shaxsga ish ko‘lamini va vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish uchun alohida ko‘rsatma berib borish maqsadga muvofiqdir.
N3 E: 20-24; N: 20-24. Faol ish jarayonida nihoyatda tirishqoq va sermahsul, har kimning fikriga qo‘shilib ketavermaydi. Barcha bilan bir xil munosabatni saqlashga intiladi. Mustaqil fikrga ega. O‘z fikrini isbotlashga harakat qiladi, o‘ziga nisbatan loqayd bo‘lishlarini xohlamaydi va bunga chidab tura olmaydi.
3. Psiхologik tuzatish yo‘li: Yashash prinsipi hamisha hurmat-izzat va e’tiborda bo‘lish. O‘zaro munosabatlarga ishontirish, shirinso‘zlik va xushmuomalalik asosida tashkil etishga intiladi. Chunki, affektiv holatlarga tez beriladi. Bunday paytda u bilan ma’lum muammo ustida tushuntirish, tortishish va izohlash yaramaydi. Mazkur shaxs bir oz tinchlangandan so‘ng yotug‘i bilan barcha muammoni hal qilishi mumkin. Bunday shaxslarda kuchli ishchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlari mavjudligini hisobga olgan holda mehnat (o‘qish) jamoasida tegishli sharoit yaratish va undan tashkilot muvaffaqiyati uchun unumli foydalanish mumkin.
N4 E: 0-4; N: 20-24. Bezovta, sergak, ba’zan o‘z-o‘ziga ishonchsiz. O‘zgalardan muruvvat kutadi. Kamgap, muomalaga kirishishi juda qiyin.Tez ranjiydi. Ish sharoitiga tez moslashib keta olmaydi, shu bois ish harakatlari sustdek ko‘rinadi. Aktiv va jo‘shqin hayot va harakatlar bilan unchalik qiziqmaydi. Xayolchan, arazchan ish jarayonida birovlardan tez ranjiydi va o‘zini tutib turishi qiyin, ya`ni tez asabiylashadi.
4. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ko‘nglini ko‘tarib turish, mehribonlik qilish va qo‘llab-quvvatlab turish talab qilinadi. Ijobiy tomonlariga alohida e’tibor berish kerak. Ushbu shaxsga shunday jamoa ishini tanlash kerakki, bunda u ko‘p muloqotda bo‘lmasin kattalarning kichiklar ustidan hukmronligi holatlariga duch kelmasin, turli toifadagi odamlar bilan hamsuhbat bo‘lmasin ya`ni, ko‘pincha, ko‘ngilchan, xushfe’l, sermulohaza, muloyim, yumshoq va nozik didli odamlar bilan ishlash uni shaxs sifatida rivojlantirishga va tashkilot (o‘quv) muvaffaqiyatini ta`minlashga xizmat qilishi mumkin.
N5 E: 0-4; N: 4-8. Xayolchan, xotirjam real hayotga past darajada qiziqadi, demak, muvaffaqiyatlari ham hamisha yaxshi emas. Ichki dunyosidagi o‘ylar, mustaqil fikrlar asosida harakatga yoki hayotga yo‘naltirilgan. Ishda rahbarlar (o‘qituvchilar) topshirig‘iga juda yaxshi quloq soladi, lekin ko‘p hollarda loqaydlik bilan javob qaytaradi.
5. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘z-o‘zini to‘g‘ri (adekvat) baholashga o‘rgatish lozim. Chunki shunday qilinsa undagi ba’zan uchraydigan loqaydlik va befarqlik kasali tuzaladi. Ko‘pincha ish jarayonining muvaffaqiyati uchun hizmat qildirish kerak bo‘ladi, ayni paytda uni ishga qiziqtirish asosiy rol o‘ynaydi.
N 6 E: 0-4; N: 16-20. Tortinchoq, jur’atsiz, nozik tabiatli, ta’sirchan, notanish vaziyatda hadiksirovchi o‘z-o‘ziga ishonishi qiyin. Orzu-o‘ylarga beriluvchan. Ko‘p fikr yurituvchan, ko‘p odamlar davrasida o‘zini noqulay his etuvchan, muvaffaqiyatlarga erishishganiga ko‘pincha shubha bilan qaraydi. Vaziyatni chalkashtirish yoki o‘zgartirishga qiziqmaydi. Fantaziyaga beriluvchan va ko‘pincha qat’iy emas.
6. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ko‘pchilik oldida uni qo‘llash, himoya qilish va yaxshi tomonlarini (masalan: ko‘ngilchanligi, chaqqonligi, yaxshi inson ekanligini va hokazo) alohida qayd qilish lozim. Mazkur shaxsni ish jarayoni va o‘z xohishi bilan bog‘liq biror narsaga qiziqtirish orqali hayotga va muvaffaqiyatlarga ishonch bilan qaray olishga o‘rgatib borish yaxshi natija berish mumkin va bu o‘z-o‘zini optimist sifatida baholash imkonini ham berishi mumkin. U bajarayotgan ish ko‘lami va samaradorligi shu jihatga ko‘proq bog‘liq ekanligini unitmaslik kerak.
N7 E: 0-4; N: 8-16. Kamtarin, aktiv faqat ishga yo‘naltirilgan shaxs odil, do‘stga sadoqatli, juda yaxshi uddaburon yordamchi biroq, tashkilotchi emas. O‘zini olib qochuvchan. Barcha bilan o‘rtacha munosabatni saqlaydi. Ko‘p do‘stlar davrasiga kirmaydi. Faqat bir kishi bilan yaxshi do‘st tutinishi mumkin. O‘zaro munosabatga alohida e’tibor beradi. Ba’zan zerikarli holatlarga tushadi.
7. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ish faoliyatida mustaqillikka yo‘naltirish lozim. Rag‘batlantirish - tashabbuskorligini oshirishga xizmat qilishi lozim. O‘z imkoniyatlarini his etishi va uni rivojlanishga ishontirish lozim. Birovning avtoritetiga ko‘r-ko‘rona ishonishiga yoki ergashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘pincha itoatkorlik bilan emas mustaqillik bilan ishlash qoidasiga odatlantirish tavsiya qilinadi.
N8 E: 4-8; N: 0-4. Xotirjam shaxs. Odamlar bilan ko‘proq muomala qilishga moyil. Estetik didi kuchli, faoliyatda ko‘pincha o‘ychan va xayolchan, og‘ir, vazmin yutuqlarga befarq hamma kabi yashashni yoqtiradi. O‘zaro munosabatlarda doim bir xil, lekin chuqur qilib bilmaydi. Nizo, janjaldan oson qutuladi.
8. Psiхologik tuzatish yo‘li: Bosh vazifa - mazkur ishga yoki faoliyatga bo‘lgan ehtiyojni va ma`suliyatini kuchaytirish mazkur shaxsni qiziqtiruvchi usullarni o‘ylab topish kerak, ko‘proq odamlar bilan muloqotga jalb qilish lozim. O‘ta mas’uliyatli va tezkorlik talab qiladigan ishlarga jalb qilmaslik kerak. Ya’ni shunday qilinsa, avvalo shaxs salomatligi va korxona (o‘quv) muvaffaqiyatiga putur yetmaydi.
N9 E: 8-16; N: 0-4. Faol, quvnoq. Odamshavanda. Muomalada kamgap. Ijtimoiy to‘dalarga oson tushib qoladi, chunki tartib-intizomni buzuvchi sharoitlarga qarshiligi kam. Yangilikka intiluvchi, qiziquvchan. Ijtimoiy idrok qilishi kam rivojlangan. Haqiqiy baholari va o‘z-o‘zini baholash uquvi yo‘q. Ko‘p hollarda qat’iy qabul qilingan qarori yo‘q. Serg‘ayrat. Ishonuvchan.
9. Psiхologik tuzatish yo‘li: Mazkur shaxsga talab bir oz qattiqroq qo‘yilishi va ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun butunlay jalb qilinishini nazorat qila borish lozim. Unga nisbatan xushmuomala bo‘lish ijobiy natija beradi. Lekin, bunda uning faoliyati muntazam kuzatilayotganligini his etib turishi kerak. G‘ayrat-shijoatini foydali ishlarga jalb qilinishni taminlash zarur. Yuksak g‘oyali va ijtimoiy qimmatli ishlarni bajarish uchun maxsus tuzilgan guruhlarga jalb eta borish va uning faoliyatini nazorat qila berish talab qilinadi. Ko‘p hollarda qatiylik va mustaqillik talab qilgan mas’uliyatli ishni topshirmaslik kerak.
N10 E: 16-20; N: 0-4. Tashqi qiyofada san’atkorlarga mohirlik ko‘rsata oluvchan. Tomosha qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Yetarlicha sabot-matonatli emas. Xushmuomala, lekin unchalik chuqur emas, bir xil.
10. Psixologik tuzatish yo‘li: O‘zi astoydil qiziqqan maqsadlarni amalga oshirilishni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirish kerak. (Biror foydali ish ko‘lamini tanlashga kuchi yetadi, lekin korxona uchun foydali bo‘lgan o‘sha ishni amalga oshirishda unda shiddatlik va sabotlilik yetishmaydi.) Tashqi qiyofadagi faolligini (mohirligini) rag‘batlantirish lozim, ammo bu mohirlikni ish jarayonida suiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
N11 E: 20-24; N: 4-8. Faol, sermuomala, olijanob, izzattalab xatarli o‘yin-kulgiga oson rozi bo‘ladi. Do‘st tanlashda, maqsadga yetishish usullarini tanlashda aniq emas. Minnatdorchilikni biluvchi ko‘pincha o‘zbilarmon. O‘zicha maftun qiluvchi. Tashkilotchilik qobilyati bor.
11. Psixologik tuzatish yo‘li: Tashkilotchilik qobilyatini rag‘batlantirish va rivojlantirib borish bilan birga uni muntazam nazorat ostiga olib borish kerak. Jamoada yaxshi sardor (lider) bo‘lishi mumkin. Agar u lider (sardor) bo‘lsa o‘zidagi salbiy xususiyatlar: dangasalik, intizomga qat’iy rioya qilmaslik kabilar o‘z-o‘zidan bartaraf etiladi. Mazkur shaxsni rivojlantirish uchun jamoa yoki guruh tanqidi muhim o‘rin tutadi.
N12 E: 20-24; N: 8-16. Intizomga oson bo‘ysunadi. Shaxsiy qadr-qimmat hissi, sezgisi mavjud. Tashkilotchi. San’atga, sportga layoqatli. Faol. Sermulohaza. Odamlar bilan, voqealar bilan oson qiziqib ketadi. Taassurotlarga beriluvchan.
12. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tabiiy vaziyatda emotsional jihatdan ham ish olib borish jihatdan ham lider (sardor).Uning bu jihatini qo‘llab quvvatlash kerak. Unga hamisha ham ishda, ham hayotda, ham shaxsiy yo‘nalishda yordam berib, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
N13 E: 20-24; N: 16-20. Murakkab shaxs. Shuxratparast. Serg‘ayrat, quvnoq, serzavq. Odatga ko‘ra yuqori ma`naviyat intilishga ega emas. Hayotiy quvonchlarga ko‘milgan. Hayotda eng avvalo maishiy ehtiyojlarini qondirishni qo‘yadi. Obro‘- e’tibor oldida tan beradi. Butun kuchini muvaffaqiyatga, yutuqqa, foydali ishlarga sarflashga harakat qiladi. Omadsizlarni yomon ko‘radi. Odamshavanda, namoyishkorona. O‘zining talabini qattiq qo‘yadi.
13. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ish jarayonida ma’lum talabchanlikni kuchaytirish, ma`naviy va insoniylik sifatlarini yanada rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish kerak. Tashkilotchilik bilan bog‘liq ishlarga ko‘proq jalb qilish kerak. Lekin o‘zgalariga munosabatda ko‘ngilchan va nozik muomalada bo‘lishni unitmasligini eslatib turish kerak.
N14 E: 16-24; N: 20-24. Hukm o‘tkazuvchi, vahimachi, shubhalanuvchi, injiq. Doim birinchi bo‘lishga intiladi. Mayda gap, hamisha birinchi bo‘lishga intiladi. Ba’zan zaharxanda odam. O‘zidan kuchsizlar ustidan kulishga mayli bor, ba`zan qastankor, mensimas, zo‘ravon. Toliquvchan.
14. Psiхologik tuzatish yo‘li: Mazkur shaxsga nisbatan befarq munosabatda bo‘lish yaramaydi. Unga ko‘proq do‘stlarcha va yumshoq, nozik munosabatda bo‘lish kerak, jamoada sardor bo‘lish uchun sharoit yaratib berish mumkin, lekin shunday vazifani unga topshirish kerakki, bunda u butun kuch-g‘ayratini, diqqat e’tiborini ko‘proq odamlarga emas, qog‘oz-qalamga va ayrim hujjat ishlariga ajratsin. Hujjatni yuritish ishlarida e`tiborni talab qiladi. Munosabatida asabiylashadi. Ushbu asabiylashishni bartaraf yetishga harakat qilish kerak.
N15 E: 8-16; N: 20-24. Doim norozi, vaysaqi, kamchilik qidiruvchi, o‘ta talabchan, pastkashlikka moyil emas. Arzimagan ishga oson xafa bo‘ladi. Ko‘pincha qovog‘i soliq, serjahl, hasadchi. Ishda dadil emas. Munosabatlarda tobe, bo‘ysunuvchan. Qiyinchiliklardan cho‘chiydi. Jamoadan chetlashib yuradi. Gina saqlovchi. Do‘stlari deyarli yo‘q. Tengdoshlariga buyruq beradi. Ovozi past, dag‘al, qo‘rs.
15. Psiхologik tuzatish yo‘li: Mazkur shaxsning ishonchli suhbatiga, qiziquvchanligiga, nozik tabiatiga qarabgina yaxshi o‘zaro munosabat o‘rnatish mumkin. Ijtimoiy topshiriq sifatida hujjat yuritish ishlarini bajarishga jalb qilish mumkin. Bunday shaxsni yaxshi ijrochiligi uchun butun kollektiv oldida rag‘batlantirilsa alohida mehnat namunalarini ko‘rsatish mumkin. Bu tipdagi odamlar hamisha diqqat e’tiborni va individual (shaxsiy) hamkorlikni talab qildilar. Mustaqillik, qatiylik, tavakkalchilik bilan bajariladigan ish jarayonlariga jalb etmaslik kerak. Aks holda samarasiz faoliyat mazkur shaxs salomatligiga va mazkur tashkilot (o‘quv) muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir qilish mumkin.
N16 E: 4-8; N: 20-24. Atrof dunyoni o‘tkir sezuvchi, sershubha, yashirin ehtirosli, indamas, odamovi, jizzaki. O‘zini yaxshi ko‘radigan, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi. Kelajakka ishonmaydigan. Umumlashtirishni yoqtiradi. Ko‘pincha o‘ziga ishonmaydi. Ko‘pincha asabiy.
16. Psiхologik tuzatish yo‘li: Yondoshishda alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bo‘lar-bo‘lmasga tashabbus ko‘rsatishni talab qilmaslik kerak. To‘satdan yoki favqulotdagi ishlarga jalb etmaslik kerak, sababi: tez asabiylashadi, hayajonlanadi va o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Sog‘ligi va salomatligini qat’iy nazorat ostiga olish maqsadga muvofiqdir.
N17 E: 16-20; N: 4-8. Juda hissiyotli. Zavq-shavqli, quvnoq, odamshavanda, sevuvchi. Odamlar bilan aloqa qilishda tanlay olmaydi, hammaga do‘stona qaraydi. Doimiy emas, ishonuvchan, boladay muloyim. Boshqalar yoqtiradi. Xayolparast. Yetakchilikka harakat qilmaydi, o‘zaro do‘stona yaqin aloqalarni ustun ko‘radi.
17. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ijobiy, yaxshi kayfiyatini qo‘llab quvvatlash kerak. Har narsaga asabiylashavermasligi juda yaxshi mas’uliyatli ishni topshirganda uni nazorat qilib borish shart. Tashabbuskor, o‘zgalar hurmatini qozona oluvchan irodaviy sifatlarni rivojlantirish kerak. Ichki hamdardlik bildirish yetishmaydi. O‘zini tashqi jihatdan yaxshi tuta oladi. Tashabbuskorlik, tavakkalchilik kollektivni (guruh yoki jamoani) boshqarishni talab qiladigan ishlarga jalb etish mumkin.
N18 E: 4-8; N: 16-20. Juda rahm-shavqatli, kuchsizlarni qo‘llashga moyil, yaqin do‘stona aloqalarni afzal ko‘radi. Kayfiyati ko‘pincha tinch, sekin. Kamtar, uyatchan. O‘ziga ishonchi yo‘q. Fikrlovchi. Noqulay sharoitlarda tez xushyor va shubxali bo‘ladi.
18. Psiхologik tuzatish yo‘li: qiyinchiliklarga juda ko‘p duch keladi, shunda qo‘llab quvvatlash lozim. Ko‘pchilik oldida kamchiliklarini aytib tanqid qilmaslik kerak, aks holda asabiylashadi, ish samarasi pasayadi, salomatligi yo‘qoladi. Sirtdan nazorat qilib borishni talab qiladi. Agar yaxshi rag‘batlantirilsa har qanday mas’uliyatli ishni yuqori darajada va ko‘ngildagidek bajara oladi.O‘z imkoniyatlarini rivojlantirishni va buning uchun birovlar xalaqit bermasligini xohlaydi.
N19 E: 4-8; N: 4-8. Xotirjam tip. Kamgap, sermulohaza. Sekin faoliyatli, juda subutli mustaqil, bo‘ysunmas, serdiqqat. Beg‘araz, kamtarin, past hissiyotli, ba’zan haqiqatdan chalg‘iydi.
19. Psiхologik tuzatish yo‘li: Ishda ko‘proq unga ko‘rsatma berib turish talab qilinadi. Musobaqaga chaqirish orqali ishda aktivlikni (faollikni) oshirish kerak. O‘z vazifasini va javobgarligini ko‘proq eslatib turmasa ish faoliyati unumsiz bo‘lib qoladi. Favqulotdagi vaziyatlarga, o‘ta mas’uliyat bilan bajaraladigan ishlarga jalb qilmaslik kerak. Ko‘proq tashabbus ko‘rsatib ishlashini talab qilib turish lozim.
N20 E: 16-20; N: 16-20. Juda o‘zini ko‘rsatuvchi, birovning g‘amiga sherik bo‘la olmaydi. Hissiyoti qashshoq. O‘zini jamoaga qarshi qo‘yishni yaxshi ko‘radi. O‘zi uchun muhim bo‘lgan boyliklarga erishishda tirishqoq. Baobro‘ bo‘lmoqchi. Ko‘pincha aldamchi. Amaliyotchi, ishbilarmon.
20. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘zaro harakatda salbiy xususiyatlarning yaqqol namoyon bo‘lmasligiga qarshi yumshoq sabr-toqatli va bardoshli bo‘lish talab qilinadi. Sportda, texnik ishlarda 1- bo‘lishga qat’iy intiladi, kuch sarflaydi, ishbilarmonlik ko‘rsatadi. Ehtimol korxona (yoki o‘quv) faoliyati uchun muhim bo‘lgan shunday ishlarga uni ko‘proq jalb qilish orqali undan unumli foydalanish mumkindir.
N21 E: 12-16; N: 8-12. Juda serg‘ayrat, quvnoq. Kollektiv (guruh yoki jamoa)ning sevimlisi, erkatoyi. Bunday odamlar baxtiyor hisoblanadi. Haqiqatdan ular ko‘pincha iste’dodli, ishga moslashuvchan, san’atkor, kam toliquvchan. Biroq ba’zan bu xislatlar yomon natija beradi. Bunday kishilar yoshlikdan osonliklarga o‘rganib qolishadi. Natijada maqsadga erishish uchun jiddiy ishlashni o‘rganmaydilar. Hamma narsadan oson voz kechadilar, do‘stlikni oson buzadilar. Yuzakilar. Deyarli yuqori ijtimoiy intellekt, aql va irodaviy ustunlikka ega bo‘lishlari qiyin.
21. Psiхologik tuzatish yo‘li: Bunday kishilar o‘zicha nisbatan jiddiy muomalada bo‘lishni talab qiladilar. Kollektivda (guruh yoki jamoa) liderlik (sardorlikni) to‘liq uddalay olmaydilar. Yaxshisi ularga tez-tez tashkilotchilik bilan bog‘liq topshiriqlarni berish kerak. Berilgan topshiriqning natijasini esa jiddiy tekshirish kerak. Bu bir tomondan ularning ish faoliyati samaradorligini oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan aniq ishlashga o‘rgatadi.
N22 E: 8-12; N: 8-12. Juda bo‘shang, beparvo. O‘ziga ishonadi. Boshqalarga munosabati qo‘pol, talabchan. Gina saqlovchi. Beharakat, qaysarlikni tez-tez ko‘rsatib turadi. Es-xushli, sovuqqon. Boshqalarning fikriga befarq qaraydi, qotib qolgan. O‘rganib qolgan ishlarni bajarishni afzal ko‘radi, turmushni bir xilligini xohlaydi. Nutq ohangi ifodali emas, kam nafosatli.
22. Psiхologik tuzatish yo‘li: Mazkur shaxsni uning uchun qiziqarli bo‘lgan ishlarga jalb etish orqali, aktivlashtirish shart. Ishdagi har bir mayda-chuyda narsalarga jiddiy e’tibor berishga o‘rgatish lozim. Sabr toqat bilan shoshmasdan bajariladigan ishlarga jalb qilinsa ish faoliyati unumli bo‘lishi mumkin. Lekin, tezlik, chaqqonlik va o‘ta ishchanlik talab qilinadigan ishlarni mazkur shaxs muvaffaqiyatli bajara olmaydi. Bunday ishlarni bajarish esa umumiy ish unumdorligiga va ushbu shaxsning kollektivdagi (guruh yoki jamoa) obro‘-e’tiboriga salbiy taassurot qoldirishi ehtimoldan holi emas.
N23 E: 16-20; N: 8-12. Odamshavanda, faol, tashabbuskor, qiziquvchan. O‘zini idora qila biladi. Belgilangan maqsadga erisha biladi, qadr-qimmatini biladi. Yetakchilikni yaxshi ko‘radi va tashkilotchilik qilib biladi. Boshqalarning ishonchiga va haqiqiy hurmatiga sazovor. Tabiati yengil, nafis, bir xil jonlangan.
23. Psiхologik tuzatish yo‘li: Hamkasblari orasida sardor yoki yetakchi bo‘lish qobiliyati mavjud. Bu qobiliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish lozim. Barcha ishlarida ko‘maklashilsa korxona (o‘quv jarayoni) uchun yaxshi va ulkan muvaffaqiyatlar keltirish mumkin. Ish ko‘lamining keng va mantiqli bo‘lishini ta’minlab va kuzatib borish tavsiya qilinadi.
N24 E: 12-16; N: 4-8. Faol, fe’li yaxshi shaxs. Serg‘ayrat. O‘rtacha odamshavanda. Unchalik ko‘p bo‘lmagan do‘stlarga bog‘lanib qolgan. Tartibli. O‘z oldiga vazifani qo‘yishini va qarorni bajarishni biladi. Raqobatni yomon ko‘radi. Ba’zan xafa bo‘ladi, lekin asabiylashmaydi.
24. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tevarak-atrofdagilarning tinch ishonchli munosabatlarini xush ko‘radi. Ish yuzasidan yaxshi muomala o‘rnata oladi. Hujjat yuritish ishlaridan boshqa barcha ishlarga jalb qilish mumkin. Kollektivda (guruh yoki jamoa) o‘rtacha mavqe va muvaffaqiyatga mos ishlarni bajarishga qodir.
N25 E: 8-12; N: 4-8. Faol, ba’zan portlovchi, ba’zan beparvo, quvnoq. Ko‘pincha xotirjam-befarq. Deyarli tashabbus ko‘rsatmaydi, ko‘rsatmalarga asosan harakat qiladi. Ijtimoiy aloqalarda bo‘sh. Chuqur hissiy kechinmalarga mayli yo‘q. Bir xil, sermehnat ishga o‘rgangan.
25. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tinch ishchi munosabatda bo‘lishni ko‘proq ma’qul ko‘radi. Alohida o‘zi bajaradigan ishlarda ancha aktivlik ko‘rsata oladi. Administrativ ishlarni qoyillatib bajarishi mumkin.
N26 E: 8-12; N: 8-12. Xotirjam, fe’li yaxshi, chidamli, sinchkov-rasmiyatchi. Shuxratparast, maqsadga intilgan, qat’iy nuqtai nazarlariga ega. Vaqt-vaqti bilan tez xafa bo‘luvchi.
26. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘zaro ishonchli munosabatlarni va tinch faoliyatni yoqtiradi. Yaxshi xislatlari: sinchkovligi, bajaruvchiligi, ishbilarmonligi uchun vaqtida rag‘batlantirish lozim. Alohida topshirilgan ishni qiyomiga yetkazib bajara oladi. O‘z-o‘zini rivojlantirish uchun sharoit yaratib berish tavsiya qilinadi.
N27 E: 4-8; N: 12-16. Fe’li yaxshi, melanxolik mayinkor. O‘tkir sezgili, xisli. Mehribon, ishonchli yaqin munosabatlarni qadrlaydi, xotirjam. Kulgini qadrlaydi, tushunadi. Butunlay kelajakka ishonuvchan. Ba’zan tushkunlikka, vahimaga tushadi. Biroq ko‘p hollarda vazmin-sermulohazalikka harakat qiladi.
27. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tinch-aktiv faoliyat sharoitini yaratmoq kerak. Qattiq, o‘ta hayajonli va favquloddagi ish rejimiga mutloqo yaqinlashtirmaslik kerak. Bu uning sog‘ligiga, qolaversa ish unumiga salbiy ta’sir etadi. Hujjat yuritish ishlari estetik va nozik didni talab qiluvchi ishlarga erishish mumkin.
N28 E: 8-12; N: 16-20. Mayinkor, shuxratparast, tirishqoq, jiddiy. Ba’zan tashvishli kayfiyatga tushadi. Kamroq odamlar bilan do‘stlashgan. Kek saqlaydi, lekin ba’zan badgumon. Asosiy savollarni yechishda mustaqil, lekin hissiyotli, hayotida yaqin kishilarga qaramdir.
28. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholashni o‘rgatib borish tavsiya etiladi. Ishda ko‘p asabiylashmaslikka amal qilish odatini shakllantirishi zarur, aks holda sog‘ligiga putur yetishi mumkin.
N29 E: 12-16; N: 16-20. Atrofdagilarga qat’iy talabchan, o‘jar, gerdaygan, ba’zan shuxratparast. Serg‘ayrat, odamshavanda, kayfiyati ko‘pincha jangovor. Muvaffaqiyatsizlikni yashiradi, ko‘zga ko‘rinishni yaxshi ko‘radi. Ba’zan sovuqqon, loqayd.
29. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘zaro munosabatlar, o‘zaro hurmat va yuqori talabchanlik asosida qurilishi kerak. Kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatib borish talab qilinadi. Hamkasblari orasida yaxshi do‘st, ishchan xodim va sardor bo‘la oladi. Mas’uliyat hissini oshirish yo‘llarini izlash kerak.
N30 E: 16-20; N: 12-16. Mag‘rur, birinchilikka intiladi, kek saqlaydi. Hamma narsada yetakchilik qilishni istaydi. Serg‘ayrat, tirishqoq. Xotirjam, hisob-kitob bilan ishlaydigan, tavakkalchilikni yaxshi ko‘radi, yutuqlarda mustahkam. San’atkorlik xislati ham yo‘q emas, lekin o‘rta darajada.
30. Psiхologik tuzatish yo‘li: O‘zbilarmonlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak.Yaxshi, ijobiy xislatlaridan ish jarayonida unumli foydalansa bo‘ladi. Hamkasblariga sardor bo‘lsa bo‘ladi, lekin, buyruq berishga asoslangan harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ijtimoiy ong va dunyoqarashning rivojlanishi uchun sharoit yaratish tavsiya qilinadi.
N31 E: 8-12; N: 12-16. Uyatchan, hasad qilmaydi, mustaqil bo‘lishga harakat qiladi. Ko‘ngli ochiq. Yaqin kishilarga nisbatan e’tiborli, hazilkash. Munosabatlarda to‘la ishonishga moyil.Tavakkal qilishdan, xavf-xatardan qochadi. Berilgan tezlikka chidamaydi. Muvaffaqiyatsizlikda faqat o‘zini ayblaydi.
31. Psiхologik tuzatish yo‘li: Tinch-osoyishta, mo‘tadil sharoitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish masalasida hamisha aktivlikka undash talab qilinadi.Taxminiy, tavakkalchi va tashabbuskorlikni talab qiluvchi favquloddagi ishlarni to‘liq muvaffaqiyat bilan bajara olmasligi mumkin. Ko‘pincha hamkorlikda bajariladigan ishlar unga ma’qul va muvaffaqiyatli.
N32 E: 12-16; N: 12-16. Bir oz shuxratparast. Ishdagi muvaffaqiyatsizlik o‘ziga bo‘lgan ishonchga hech qanday ta’sir qilmaydi. qat’iy, shijoatli, hech narsani esdan chiqarmaydigan. Nizoli vaziyatlarda kurashuvchan. Ba’zan, nohaq bo‘lsada yon berishni xohlamaydi. Muomalada o‘z fikrini o‘tkazuvchan. Tashqi aktivlikni yaxshi baholaydi. Har narsaga hissiy jihatdan berilavermaydi.
32. Psiхologik tuzatish yo‘li: Kelishmovchilik paytida uni himoya qilish shart emas. Rahbarlik lavozimida ishlash va odamlar bilan yaxshi muomala o‘rnatish qiyin. Lekin, yaxshigina ijodiy va ilmiy xodim bo‘lishi mumkin. Alohida tashabbus va jonbozlik ko‘rsatib bajariladigan ishlarga jalb etilsa mazkur shaxsning o‘z obro‘-e’tibori, sog‘ligi uchun ham, mehnat (o‘quv) jamoasi ravnaqi uchun ham foydali ekanligi qayd etiladi.
(Shaxs xarakteralogik xususiyatlarini ifodalovchi diagnostik usul kaliti Ketell, Leongord, Ayzenk, Lichko va boshqa mualliflarning empirik me’yorlari asosida tuzilgan)

Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin