1. Namoishkor tip: harakatchan, chaqqon, odamlar bilan munosabat o‘rnatishi oson, o‘ziga nomaqbul bo‘lgan holat va hodisalarga e’tibor bermaydigan (siqib chiqazish qobiliyati) yolg‘on gapirish, maqtanchoqlik, manmanlik, kibr-havoga berilish bu shaxsga xos. Boshqalar ustidan hukmronlik qilish, boshqalar tomonidan tan olinishi, odamlar diqqat-e`tibori markazida bo‘lish, o‘zi haqida maqtov va olqishlar eshitishni yoqtiradigan odam. Odamlar bilan murosaa qilish yuqori darajada, kayfiyati tez o‘zgaruvchan, lekin hissiyotlari chuqur emas va shaxslararo ziddiyatlarning sababchisi. Cheksiz xudbin, izzattalab, olqishni sevuvchi. Birovlarning maqtovga sazovor bo‘lishini ko‘rolmaydigan. Davralarda diqqat markazda bo‘lish asl maqsadi. O‘z-o‘ziga baho berishi haqiqatdan yiroq. Boshqalarni g‘ashiga tegish darajasida o‘ziga yuqori baho beradi, doimiy tarzda mojarolar uyushtiradi, lekin o‘zini qat`iy himoya qiladi. Siqib chiqazish qobiliyati patalogik bo‘lib, o‘zi bilishni istamaydigan narsani butkul esidan chiqazishi mumkin. Shu bois yolg‘on gapirishda o‘zini erkin tutadi. Yolg‘on gapirayotgani yuzida aks etmaydi, chunki uningcha bu gap haqiqat. Binobarin, yolg‘onni dildan his etmaydi yoki chuqur yondashmaydi, shuning uchun vijdoni qiynalmaydi. Chiroyli g‘oyalari bilan boshqalarni ergashtira olish qobiliyatiga ega.
2. Botib qoluvchi tip:bu shaxs kamgap, muloqotchanligi sust, pand- nasihat qilishni sevuvchi. Ko‘pincha boshqalarning o‘ziga bo‘lgan munosabatini nohaq deb iztirob chekadi. Shu bois odamlarga nisbatan sergak va ishonqiramaydigan, tez xafa bo‘ladigan, ko‘ngli nozik, gumonsurovchi, qasdini olmay qo‘ymaydigan, xafagarchilikdan chiqa olmaydigan. Boshqalarni mensimay tez-tez mojarolar sababchisi bo‘ladi. Izzattalabligi avj olib o‘z manfaatlarini qat`iy himoya qiladi. o‘z bilganidan qolmaydigan, har bir ishda yuksak ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, o‘z maqsadiga erishishda tinimsiz. Haqparast, rashkchi, hadiksirovchi. Affektga moyillik - asosiy xususiyati. Motorika, tafakkur, affektlarning namoyon bo‘lishi inert.