Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə33/43
tarix07.08.2022
ölçüsü189,32 Kb.
#63047
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Labaratoriya ishlanmalari eksperimental psixologiya fanidan

10. Siklotim tip. Bu shaxsda gipertimik va distimnik holatlar almashib turadi.Kayfiyatida tez-tez davriy o‘zgarishlar bo‘ladi va tashqi hodisalarga bog‘liq. Xursandchilikda gipertimiya xususiyatlari namoyon boladi: ko‘p gapiradi, ishchanligi oshadi, har xil fikrlar, tashabbuskorligi oshadi, xafa bo‘lsa tushkunlikka duchor boladi, xatti-harakati va fikrlashi sust boladi, o‘zgalar bilan muomala usullari tez-tez o‘zgarib turadi. O‘spirinlik davrida tsiklotimik aktsentuatsiyaning ikki variantini kuzatish mumkin; tipik va labil sikloid. Tipik tsikloid bolaligida odatda gipertimga o‘xshab ketadi, keyinchalik esa harakatsizlikni namoyon etadi, oldin oson bo‘lgan narsalar, endi kuchli harakatlarni talab etadi. Oldiniga chaqqon bo‘lgan endi harakatlari sust, uydan chiqmaydigan, ishtahasi buzilgan, uyqusiz yoki aksincha uyqisirab yuradigan bo‘ladi. Tanbehlarga jahl bilan javob beradi, lekin ko‘nglining tubida g‘ashlik bo‘lib dipresiyaga duchor bo‘lishi mumkin. O‘z joniga qasd qilish ehtimoli bor. O‘qish jarayoni tekis emas, qoldirilgan materiallarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi, darslarga nisbatan o‘zida nafrat uyg‘otadi. Labil sikloidlarda tipik tsikloidlarga nisbatan kayfiyat o‘zgarish fazalari odatda qisqaroq, yomon kunlari sustkor va sokin emas, balki darg‘azab kayfiyatga ega. Ko‘tarinki kayfiyat davrida do‘st orttirish va davralarda bo‘lish ishtiyoqi bor. O‘z-o‘ziga baho berish kayfiyatiga bog‘liq.
13- Laboratoriya ishi: “Mavjud bo`lmagan xayvon ” metodikasi
Maqsad: Bolaning ichki his-tuyg’ularida kechayotgan salbiy hususiyatlarni yuzaga chiqarish. Ularning xarakter xususiyatlarida shakllanib borayotgan agressivlik, o`jarlik, qaysarlik, kelajakka ishonchsizlik kabi illatlar mavjudligini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Oddiy o`rta yumshoqlikdagi uncha qattiq bo`lmagan qalam va oq qog’oz. (Rangli qalam ishlatilmaydi).
Ko`rsatma: Birinchi navbatda maktab psixologi o`quvchilar bilan umumiy tarzda samiy savol-javob o`tkazishi, ya’ni ularni topshiriqni erkin bajarishga hozirlashi lozim. So`ng bolalarga «Olamda mavjud bo`lmagan hayvon rasmini tasvirlab bering va unga mavjud bo`lmagan ism bering. Mavjud bo`lganu lekin yo`q bo`lib ketgan hayvonlarning rasmini chizish mumkin emas» - deb murojaat etiladi. Mashg’ulot olib boruvchi esa o`zi topshiriqning bajarilish jarayonini diqqat bilan kuzatadi.
Rasm chizib bo`lingandan so`ng –savol-javob orqali maksimal ma’lumot olish. Jinsi, yoshi, …….. aniqlanadi. Agressiv xarakterga ega bo`lgan detallarning ishlatilishi va nima uchun chizilgani haqida ma’lumot olishga harakat qilinadi. Hayvonlarning yashash sharoiti, ovqatlanishi, ko`payishi va dushmanlari bilan munosabatlari haqida suhbat uyushtiriladi.
Agar tadqiq qilinuvchi javobga tayyor bo`lmasa, hayvonning bir kuni haqida gapirib berish taklif etiladi.
Agar tadqiq qilinuvchi qanchalik o`zi yaratgan hayvonga yuqori baho bersa, demak u shunchalik hayvonni o`ziga yaqinlashtiradi va o`zida bor xususiyatlarni o`zi sezmagan holda chizgan rasmiga mo`ljallangan va ma’lumotlar to`plashga qaratilgan bo`lishi kerak.
Birinchi taasurotlarda – tadqiqlanuvchining emotsional holati, ichki balansdagi bazi bir holatlar, yetishmovchiliklarning mavjudligi.
Bu tadqiqotdan olingan ma’lumotlar to`la idrok qilinishi va maxsus analiz qilinishi zarur. Analiz qilinayotgan va idrok ob’ektga aylangan rasmdagi barcha detallar katta ahamiyatga ega va qimmatlidir. Umumiy taasurotda tadqiq qilinuvchini o`zi chizgan rasmga bo`lgan munosabati ham ahamiyatlidir.
Rasmning analiz ob’ektlari:

  1. Formaligi:

a) Fazodagi semantik joylanishi rasmdagi barcha detallar katta ahamiyatga ega va qimmatlidur. Umumiy taasurotda tadqiq qilinuvchini o`zi chizgan rasmga bo`lgan munosabati ham ahamiyatlidir.

Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin