Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Guruhlar tashkil etishning “Kamalak usuli”



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
 
33.Guruhlar tashkil etishning “Kamalak usuli” 
Bu usulda o’quvchilar fizika xonasiga kiraverishlarida savollar yozilgan 
kartochkalar tarqatiladi. Sinf xonasidagi 7 ta partaga spektr ranglaridagi (qizil, 
zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k, binafsha) skaterlar to’shalgan bo’ladi. 
Yoki, rangli qog’oz, ranglar nomini yozib ham qo’yich mumkin. O’quvchilar 
savollarga javob topishda kamalak ranglaridan birini tanlashlari zarur bo’ladi. 
Savol: 
1. “Televideniya” so’zining kamalak ranglari bilan bog’liq sinonimi? 
(“Zangori ekran” – Havorang) 
2. Zulmatning rangi va uning birinchi harfi bilan boshlanadigan kamalak 
ranglaridan biri (“Qora” – “qizil”) 
3. Mars planetasini qanday rangli planeta deb ataymiz? (“Qizil”) 
4. Bodring pishganda yashil ham qizil ham emas, qanday rangda bo’ladi? 
(“Sariq”) 
5. Qizil va sariq ranglarining qo’shilishidan qanday rang hosil bo’ladi? 
(“Zarg’aldoq”) 
6. Tabiat tirikligini ramzi qanday rangda? (“yashil”) 
7. Oydan turib kuzatganda Yer qanday rangda ko’rinadi? (“Havorang”) 
8. O’zbek kurashi polvonlari yashil rangdan tashqari yana qanday rangdagi 
yaktakda kurash tushishadi? (“ko’k”) 
9. “Kamalak” so’zida nechta harf bor. Shu songa teng raqamli kamalak rangi 
qanday ataladi? (“Binafsha”) 
10. “Za’faron” so’zining kamalak ranglaridan birini ifodalovchi sinonimi? 
(“sariq”) 
11. Yurishga ruxsat etuvchi svetofor chirog’i. (“yashil”) 
12. Oq yorug’likni shisha prizmadan o’tkazganda eng katta burchakka 
o’g’uvchi rang? (“Binafsha”) 
13. Kamalak ranglarining biri bilan bog’liq nomda ataluvchi qadimgi 
Buxorodagi mashhur madrasa (“Ko’k-ko’kaldosh”) 
14. Misning haqiqiy rangi (Zarg’aldoq) 


41 
15. Tillaga sayqal beruvchi kasb nomining birinchi bo’gini bilan boshlanuvchi 
kamalak rangi (Zargar-zarg’aldoq) 
16. “Bekorqilish”, “to’xtatish”, “inkor qilish” ma’nolarini anglatuvchi rang? 
(“Qizil”) 
17. USELL aloqa kompaniyasining rangi? (“Binafsha”)
18. Yashil rangli olmaga ko’k rangli shisha orqali qaralsa, u qanday rangda 
ko’rinadi? (“Havorang”) 
19. Xazonning rangi? (“Sariq”) 
20. AQSh ning milliy valyutasi – dollar, mahalliy tilimizda (jargonda) qanday 
kamalak rangida atashadi? (“Ko’k”)
21. O’zbekiston Respublika bayrog’ining eng pastki qismidagi rangi? 
(“Yashil”) 
22. Kamalak ranglarining biri bilan ataluvchi bahor faslining guli? 
(“Binafsha”) 
23. Kamalak ranglarining qaysi biri nomiga “.....armoq” qo’shimchasi 
qo’shilsa “o’smoq”, “unib chiqmoq” ma’nolarini beruvchi so’z kelib chiqadi? 
(“Ko’k-ko’karmoq”) 
24. Havoning “rangi” – (Havorang)
25. Sariq rang va havorangning qo’shilishidan qanday rang hosil bo’ladi? 
(“Yashil”) 
26. “Yurishga tayyorlan” buyrug’ini bildiruvchi svetafor rangi? (“Sariq”) 
27. O’zbekistondagi daryolarning birining nomi bilan boshlanuvchi rang? 
(“Zarga’ldoq”) 
28. To’lqin uzunligi eng katta bo’lgan kamalak rangi? (“Qizil”). 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin