40
Spektrlar usuli.
Guruhlar hosil qilish uchun kartochkalar tayyorlandi. 5 tadan kartochkalarga
umumiy soni 35 ta 7 xil spektr yozib chiqildi.
1. Binafsha 2. Ko`k 3. Havo rang 4. Yashil
5. Sariq 6. To`qsariq 7. Qizil
35 ta kartochkadan 5 ta kartochkaga binafsha, 5 tasiga ko`k, 5 tasiga havo
rang, 5 tasiga yashil, 5 tasiga sariq, 5 tasiga to`qsariq, 5 tasiga qizil yozilgan. Bu
kartochkalar aralashtiriladi va teskari holatda qo`yiladi. Qo`ng`iroq chalinishi bilan
qatnashuvchilarga 1 tadan kartochkalardan olish taklif etiladi. Bir xil nom atrofida
birlashish taklif etiladi. qatnashuvchilar binafshadan qizilgacha nomli guruhga
birlashib o`tiradilar. Taqdimot o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish uchun 3 daqiqa
vaqt beriladi. Bunday guruhga bo`linishni "Yorug`lik dispersiyasi" mavzusini
o`tishda qo`llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: