57.“Hodisa va sabab” o’yini Bu o’yinni fizikaning biror bob yoki bo’limini o’tib tugatgandan keyin
o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, turli-hayotiy misollar bilan hodisani fizika fanida
bog’lab tushuntirishda bu o’yin o’z afzalliklariga ega. O’quvchi bu o’yinda
qatnashib tezkor fikrlashga o’rganibgina qolmay, o’z xotirasini ham
mustahkamlaydi. O’yin tezkor savol-javoblar asosida o’tkaziladi. Masalan
o’qituvchining “kosa sinib qoldi, sabab?” degan savoliga o’quvchi “chunki, u
qo’ldan tushib ketdi” qabilida javob berib, yo’ldan tushib ketganida kosaga
Yerning tortish kuchi ta’sir qilganini anglab yetadi.
O’qituvchi savollarni va javobini bir marta o’qib berganidan keyin, o’quvchi
uni eslab qolib, aynan o’ziday takrorlab xotirasini sinaydi va mustahkamlaydi.
Javob berishdagi ortiqcha yoki xato aytilgan so’z, turli xil to’xtalishlar uning
o’yinda mag’lub bo’lganini bildiradi.
t/r
Savollar
Javoblar
1.
Jism harakat qildi, sabab?
Chunki, unda kuch ta’sir qilgan edi.
2. Mashina birdan to’xtadi, sabab?
Chunki, u tormozlangan edi.
3.
Dinamometr prujinasi cho’zildi,
sabab?
Chunki, u kuchni o’lchayotgan edi.
4.
Yoqoriga otilgan jism qaytib tushdi,
sabab?
Chunki, uni Yer tortayotgan edi.
5.
Koptokni suvga botirgan edim, u
qalqib chiqdi, sabab?
Chunki, unga Arximed kuchi ta’sir
qilayotgan edi.
6. Jism aylana chizdi, sabab?
Chunki, uning tezlanishi markazga
intilma edi.
7.
Mayatnik tebrandi, sabab?
Chunki, u muvozanat vaziyatidan
chiqarilgan edi.
8. Jism energiyasi kamaydi, sabab?
Chunki, u ish bajargan edi.
9.
Muhitda tovush tarqalmadi, sabab?
Chunki, bu muhit bo’shliq edi.
10. Jism impulsi ortdi, sabab?
Chunki, uning tezligi ortgan edi.