Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix27.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#149654
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
59.“Anogramma” o’yini 
Bu o’yinda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida 
yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat 
bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay 
olishi kerak. Anogrammalarda misollar: 
1. Galiley, Nyuton, Paskal, Torrichelli, Rezerford 
Javob: Rezerford – chunki, u mexanika bilan shug’ullamagan. 
2. Detsi, santi, milli, mikro, nano, piko, kilo 
Javob: kilo – chunki, bu o’nga karrali bo’lgan sonni, (1000 ni), anglatuvchi 
old qo’shimcha.


61 
3. Voltmetr, Ampermetr, Vattmetr, Dinamometr, Potensiometr, Reostat, 
Rezistor 
Javob: Dinamometr – chunki u elektr asbobi emas. 
4. Qizil, zarg’aldoq, sariq, oq, yashil, havorang, ko’k, binafsha 
Javob: Oq – chunki oq rang spektrni hosil qilsada, o’zi spektr tarkibiga 
kirmaydi. 
5. Kinetik, potensial, ichki, tashqi, mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik, yadro 
Javob: tashqi chunki, fizikada “tashqi energiya” tushunchasi yo’q. Qolgan 
so’zlar energiyaning turli ko’rinishlarini ifodalayapti. 
60.Zakovat intelektual o’yinini
o’tkazish yo’llari. 
“Zakovat” o’tkazish uchun o’yinga qatnashadigan oltita o’quvchini tanlash 
lizim. Bu ishni amalga oshirish uchun 200 ga yaqin savollarni javobi bilan 
tayyorlab qo’yish lozim. Bu savollar o’tilgan mavzulardan bo’lishi kerak. Zakovat 
darsining qachon bo’lishini o’qituvchi oldindan o’quvchilarga e’lon qilishi lozim. 
Zakovat darsi boshlanishi bilan barcha o’quvchilarga navbat bilan bir boshdan 
beriladi. Savolga javob bermagan o’quvchi o’yindan chiqadi. Savol-javob 
o’tkazish to 6ta bola qolgancha davom etadi. 6ta bola o’tirishi uchun o’rindiqlar 
tayyorlab qo’yilgan bo’ladi. G’oliblikni qo’lga kiritgan 6ta o’quvchi musiqa 
sadolari va zakovatni olib boruvchining familiyani e’lon qilishi bilan chiqib 
o’rnini egallaydi. Zakovat intelektual o’yinini otkazish uchun oldindan katta 
tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bu ishlar o’qituvchi boshchiligida o’quvchilar 
tomonidan bajariladi. Zakovat o’yini zangori ekranda olib borilgandek olib 
boriladi. 
Zakovat savollarini oldindan o’qituvchilardan. boshqa sinf o’quvchilaridan 
yig’ib ma’quli olinadi. Bu ishni maxfiyligini kafolatlaydigan bir guruh bajaradi. 
Bu savollar maxsus konvertlarga joylanadi va yelimlab qo’yiladi. Zakovatni 
o’tkazish vaqtida kompyuterlardan foydalaniladi. Fizika fanidan electron 
darsliklardan foydalanish lozim. 
Qo’yida zakovat o’tkazish uchun savollar javoblari bilan berilgan. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin