57
ko’pmi bilmaganni bilib, eslab qololgan bo’lsangiz, bu “72” yoki “12” intelektual
o’yinning kichkina bo’lsa ham yutug’i deb bilamiz. Sizlarni yana intelektual
o’yinlarda kutib qolamiz.
Asosiy bosqich savollari:
1. Jismlarning elektrlanganligini aniqlovchi asbob qanday ataladi?
2. Elektr zaryadlarini hosil qilish va jismlarni zaryadlashga mo’ljallangan
asbob qanday ataladi?
3. Aniq va o’zgarmas elektr qarshilikka ega bo’lgan o’tkazgich fanda
qanday
ataladi?
4. Potensiometrning vazifasi nima?
5. Dunyodagi eng uzun daryo?
6. Yer sayyorasidagi eng baland tog’ cho’qqisi va uning balandligi.
7. Turli o’tkazgichlarning turlicha elektr qarshilikka
ega ekanligini qanday
fizik kattalik xarakterlaydi.
8. Zanjir qismidan q zaryadni ko’chirishda bajarilgan A ishning shu zaryadga
nisbati bilan aniqlanadigan kattalik qanday ataladi.
9. Kondensator sig’imi qanday kattaliklarga bo’g’liq?
10. Zanjirdagi tok kuchini cheklash maqsadida qo’llaniladigan asbob qanday
ataladi?
11. “Ion” so’zining o’zbekcha ma’nosi nima?
12. Qahraboning yunoncha nomlanishi qanday?
13. Bermund uchburchagi qaysi ummonda joylashgan?
14. Yer atmosferasining tarkibini aytib bering?
15. Dunyoning yetti mo’jizasidan qaysilarini bilasiz?
16. Doimiy muz bilan qoplangan materik?
17. Qanday kattalik elektr maydonini kuch jihatidan ifodalaydi?
18. Elektr zaryadi qanday kattalik va nima uchun?
19. Qanday asbob zanjirdagi tok kuchini rostlashga mo’ljallangan.
20. Elektr tokining ishini qaysi asbob o’lchaydi?
21. “Kondensator” so’zining o’zbekcha ma’nosini ayting.
22. Zuhro yulduzi yozda kunning qaysi vaqtida ko’rinadi?
23. Nima sababdan pomidor qizil, bodring yashil rangda ko’rinadi.
24. “Geym” so’zi qaysi sport turiga xos?
25. Kimyoviy elementning davriy jadvaldagi tartib raqami qanday fizikaviy
ma’noni bildiradi.
26. Tok kuchining yo’nalishi qilib qanday yo’nalish qabul qilingan?
27. Asbobning iste’mol quvvati bilan undan tok o’tish vaqti ko’paytirilsa,
qanday fizikaviy kattalik hosil bo’ladi?
28. Elektr zanjiridagi tok kuchini qaysi asbob o’lchaydi va u zanjirga qanday
ulanadi.
29. “Elektr qarshilik” so’zining ma’nosini tushuntirib bering.
30. Qanday ishorali zaryadlar bir biriga tortiladi?
31. “Elektr tokining iste’molchilari” deganda nimani tushunasiz?
32. “Oliy hakam” tushunchasi qaysi fizikaviy kattalikka nisbatan qo’llaniladi?
33. “Umid nihollari” musobaqasida kimlar qatnasha oladi?
58
34. O’zbekistonlik olimpiada chempionlaridan kimlarni bilasiz?
35. Futbolchiga ikkinchi marta sariq kartochka ko’rsatildi. O’yin qanday
davom etadi.
36. Yugurish qanday sport turiga kiradi?
37. O’zbekiston Respublikasi bayrog’idagi 12 ta yulduz qanday ma’noni
bildiradi?
38. O’zbekiston Respublikasi gerbidagi Humo qushi nimaning timsoli sifatida
qabul qilingan.
39. O’zbekiston Respublikasining Yer maydoni qancha?
40. Vatan haqida maqol, yoki she’r aytib bering.
41. “Kilo”, “mega”, “milli”, “mikro” so’zlarining ma’nosini tushuntiring.
42. Yil fasllarini ranglar bilan tasvirlab bering.
43. Mendeleyev davriy sistemasidan foydalanib, elektr tokini eng yaxshi
o’tkazadigan metallarni toping.
44. Qayerda
shaharlar uysiz, daryolar suvsiz bo’ladi?
45. Oxirgi olimpiada o’yinlari qayerda va qachon o’tkazildi.
46. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi qachon e’lon qilingan edi?
47. O’zbekiston respublikasi bilan chegaradosh bo’lgan davlatlarni sanab
bering.
48. O’zbekiston respublikasi Davlat madhiyasining mualliflari kim?
49. “Osmon”da 5 ta harf bor. Havo va yulduzlar ham bor. Lekin chegara yo’q.
Aytinchi, osmonda yana nima bo’lmaydi?
50. To’rt burchagi to’g’ri burchak
Tengdir hamma tomoni
Puxta o’ylab, javob ber
Nimadir uning nomi?
51.
Qon tomirlarida qonning oqishi, o’simliklar ildizi bo’ylab oziqaning
ko’tarilishi, tuproqda namlikning ko’tarilishi qaysi fizikaviy hodisa bilan
tushuntiriladi.
52. Ultratovushlarning hayvonot olamidagi o’rni haqida so’zlab bering.
53. Nima uchun futbol “millionlar o’yini” deb ataladi?
54. Qanday milliy sport o’yinlarimizni bilasiz?
55. Aytaylik, benzin sotish shahobchasidan yoz kunlaridan birida benzin sotib
olmoqdasiz. Uni kunning qaysi vaqtiga sotib olgan ma’qul.
Erta tongda-mi yoki
peshinda-mi?
56. 1 kW soat elektr energiyasi necha Joulga teng?
57. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishi haqida
so’zlab bering.
58. 1 kW necha W ga teng.
59. Elektr sig’imining o’lchov birligi qaysi olim sharafiga qabul qilingan va
qanday ataladi?
60. Cho’l hududlarida yirik bargli o’simliklar o’smasligi sababini fizikaviy
nuqtai nazardan tushuntiring.
61. 1785 yilda qanday fizikaviy qonun ochilgan.
62. Jismlarning elektrlanishini birinchi bo’lib aniqlagan olim kim?
59
63. “Hayvoniy elektr” sirini ochgan italyan olimi kim?
64. Elektr qarshilikning o’lchov birligi qaysi olim sharafiga qabul qilingan?
65. 1 V (volt) qanday fizikaviy kattalikning o’lchov birligi.
66. Elektr doimiysining o’lchov birligini ayting.
67. Kulon qonunidagi k proporsionallik koeffisiyenti qanday o’lchov birlikda
aniqlanadi.
68. O’tkazgichdan tok o’tganda undan ajraladigan
issiqlik miqdori qaysi
qonun bilan aniqlanadi?
69. 1800 yilda yasalgan birinchi tok manbai qanday atalgan edi?
70. “Elektr maydon” tushunchasi qaysi olimlar tomonidan ilgari surilgan edi.
71. Atom tuzilishi qachon va kim tomonidan o’rganilgan edi.
72. Yashinqaytargich kim tomonidan yasalgan edi.
Dostları ilə paylaş: