58.Tezkor savol-javob o’yini “28ga28” Bu o’yinda o’qituvchining 28 ta savoliga o’quvchi 28 ta javobni 3 minut vaqt
ichida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tartibidagi so’z yoki harflar bilan
berishi shart.
1. Suyuqlik zichligini o’lchovchi asbob - Areometr
2. Atmosfera bosimini o’lchovchi asbob – Barometr
3. Kuchni o’lchovchi asbob – Dinamometr
4. Qanday tebranishlar so’nuvchi bo’ladi – Erkin
5. Kuch qanday harf bilan belgilanadi – F
6. Erkin tushish tezlanishini aniqlagan olim – Galiley
7. Kub qirrasi uzunligini 2 marta o’zaro ko’paytirilsa, uning qanday kattaligi
topiladi – hajmi
8. Qanday harakatda, jismga o’tkazilgan ixtiyoriy to’g’ri chiziq, o’z-o’ziga
parallel ko’chadi – ilgarilanma harakatda
9. Ish va energiyaning o’lchov birligi – Joul
10. Absolyut temperaturaning o’lchov birligi – Kelvin
11. Induksion tokning yo’nalishini aniqlagan olim – Lens
12. Tebranuvchi jism qanday ataladi – mayatnik
13. Butun olam tortishish qonunini aniqlagan olim – Nyuton
14. Yorug’lik hodisalarini o’rganuvchi fizikaning bo’limi – Optika
15. Bosim qanday harf bilan belgilanadi? – P
16. Harakatda havoning to’sqinlik qiluvchi kuchi – qarshilik
17. Zanjirdagi tok kuchini rostlovchi asbob – reostat
18. Vaqtni o’lchovchi asbob – soat, sekundomer
19. Tebranish davri qaysi harf bilan belgilanadi – T
20. Elektr kuchlanish qaysi harf bilan belgilanadi – U
21. Elektr tokining quvvatini o’lchovchi asbob – vattmetr
22. Inglizchada “iks” o’zbekchada – x
23. Jism harakat trayektoriyasi uzunligi – yo’l
24. Oq yorug’lik spektrida qizil va sariq ranglari orasidagi rang – zarg’aldoq
25. Elektromagnitdagi sim o’ramlaridan tashqari ikkinchi asosiy qismi – o’zak
26. Magnit maydoni hosil qiluvchi simli o’ram – g’altak
27. Eng ko’p ishlatiladigan universal laboratoriya asbobi – shtativ
28. Neytronni kashf qilgan olim – Chedvik.