Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi


So`rov natijalarini qayta ishlash



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#37470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Laboratoriya

So`rov natijalarini qayta ishlash

DDS savollari shunday tartibda guruhlanganki, ularga berilgan javoblar faoliyatning turli sohalarini farqlash imkonini beradi. Bu o`rinda kasb turlari shartli ravishda quyidagicha qisqartirib olindi:

1 ustunda «Odam-tabiat» — O-Tt; 2 ustunda «Odam-texnika» — O- Ta; 3 ustunda «Odam-odam» — O-O; 4 ustunda «Odam-Belgilar tizimi» — O-Bt; 5 ustunda «Odam-badiiy obraz» — O-Bo.

Sinaluvchilarga yuqorida ko`rsatilgan javob varaqasi tarqatilib, ular ko`rsatmada ta’kidlaganidek, o`z javobini doira ichiga olish bilan belgilab bo`lganlaridan so`ng javob varaqalari yig’ib olinib, ular tadqiqotchi tomonidan qayta ishlab chiqilishi ham mumkin yoki natijalarni qayta ishlashda sinaluvchilarning o`zlaridan ham foydalanish mumkin. Bunda ularning o`zlari o`z javob varaqasidagi har bir ustun bo`yicha belgilangan javoblar miqdorini hisoblab chiqadilar.

 Qaysi ustun bo`yicha belgilangan javoblar sonining ko`p bo`lishi sinaluvchining shu toifa kasblarga moyilligini bildiradi. Agar hamma ustunlar bo`yicha javoblar miqdori bir xil bo`lib chiqsa, bu qiziqishlar yoyilib ketganligini, u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishning shakllanmaganligini yoki yorqin ifodalangan ustunlikning yo`qligini bildiradi. Bunday hollarda tadqiqotdan so`ng sinaluvchi bilan bafurja suhbatlashish, unga qiziqishlarini aniqlab olishga yordam berish lozim.

Agar sinaluvchida u yoki bu kasbga moyillik yorqin ifodalangan bo`lsa va u konkret bir kasbni tanlagan bo`lsa, unda aynan shu kasbni tanlash motivi qanday ekanligini bilish zarurati ham yuzaga kelib qolishi mumkin. Bu o`rinda psixolog «Kasb tanlash motivatsiyasini aniqlash» metodikasidan foydalanishi mumkin.

 

Odam-odam” yo`nalishida tanlash mumkin bo`lgan kasblar:sotuvchi, sartarosh, ofitsiant, yo`lovchi tashuvchi vagonlar nazoratchisi, konduktor, hamshira, bolalar bog’chasi tarbiyachisi, kasb ta’limi ustasi, feldsher, o`qituvchi, vrach, jurnalist, xuquqshunos, kutubxonachi.



Odam-texnika” yo`nalishida tanlash mumkin bo`lgan kasblar:chilangan, montajchi, tele-radio vositalar sozlovchisi, tikuvchi-motoristka, texnik-texnolog, texnik-quruvchi, texnik-mexanik, texnik-elektrik, muhandis-texnolog, quruvchi-muhandis, muhandis-mexanik.

Odam-belgilar tizimi” yo`nalishida tanlash mumkin bo`lgan kasblar: harf teruvchi, chizmachi, kompyuter operatori, kotiba-mashinistka, iqtisodchi, rejalovchi, texnik muharrir, hisobchi, texnik-dasturchi, muhandis-iqtisodchi, muhandis-matematik, dasturchi, konstruktor.

Odam-tabiat” yo`nalishida tanlash mumkin bo`lgan kasblar:bog’bon, sabzavotkor, chorvador, gulchi-bezakchi, arichilik, mirob, o`rmonchi-texnik, zootexnik, veterinar, yer o`lchovchi, zoomuhandis, agronom, veterinariya vrachi, zoolog, agrotexnik, kimyogar.

Odam-badiiy obraz” yo`nalishida tanlash mumkin bo`lgan kasblar: arxitektura detallarini yopishtiruvchi, bezakchi-pardozchi, musiqachi, sirk artisti, badiiy havaskorlik jamoalarinng boshlig’i, rassom-konstruktor, dekorator, rejisser, teatrshunos, tanqidchi.






  1. Yüklə 1,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin