Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə7/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#37470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Laboratoriya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kvadrat
Ko’rsatma: Qog’ozga chizilgan 5-ta geometrik shakllarga qarang (kvadrat, uchburchak, doira, zigzak, to’rtburchak). Mazkur shakllardan birini tanlang (faraz qiling bu shakl Siz!). O’z shaklingizni his qilishga harakat qiling. Agar bunga qiynalsangiz, sizni ko’proq qiziqtirgan shaklni tanlang va uning nomini birinchi yozing. Endi qolgan shakllarni yoqtirganingiz darajasiga asosan tartib bilan yozib chiqing.

Demak, ishning eng qiyin qismi tugadi. Sizning sub’ektiv tanlagan asosiy shaklingiz xarakter xususiyatlaringiz va hatti harakatlaringiz mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Boshqa shakllar esa doimiy sifatlaringiz to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldiradi. Oxirgi shakl o’zaro munosabatlar siz uchun og’ir kechadigan kishilar tipiga tegishli. Birorta ham shakl sizga yoqmasligi, yoki to’g’ri kelmasligi ham mumkin. Shunda sizning shaxs xususiyatlaringizni ikki, hatto uchta shakl guruhlari asosida izohlashga to’g’ri keladi.


Kvadrat


Kvadratlar eng avvalo o’zlarining mehnatsevarligi, sabr, toqat bilan boshlagan ishni oxiriga yetkazish xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Sabr-bardoshlilik, chidam kvadratni o’z sohasining usta mutaxassisi bo’lib yetishishiga olib keladi. Yangi informatsiyaga (axborotga) bo’lgan extiyojning yuqoriligi ham bunga yordam beradi. Kvadratlar har xil ma’lumotlarni to’plab yuradilar, ularni tartibga solib, sistemalashtiradilar, shuning uchun ular zarur informatsiyani darhol topib berishlari mumkin.

Darhaqiqat kvadratlar o’z sohasiga tegishli ma’lumotlar manbai hisoblanadilar. Ularning yana bir kuchli tomonlari, fikriy tahlil hisoblanadi. Agar siz o’zingiz uchun kvadratni tanlagan bo’lsangiz, sizda chap yarim sharlar faolroq hisoblanadi, ya’ni sizda informatsiyani ketma-ket tartib bilan qayta ishlash izchil a-b-v-g va h.k. tarzda kechadi.

Kvadratlar natijani taxminan emas, aniq hisoblaydilar. Ular hodisa va voqealarga juda e’tiborli. Tartib, intizomni xush ko’radilar. Kvadratlar rejali, aniq maqsadli hayotni yoqtiradilar, voqealarning odatiy kechishidagi o’zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ular doimo odamlar va atrofidagi narsalarni tashkillashtiradilar (tartibga soladilar). Bu xususiyatlar kvadratlarni yaxshi ish yurituvchi, ijrochi bo’lishlarini ta’minlaydi. Lekin afsuski ulardan yaxshi ish beruvchi, menedjer chiqishi qiyinroq. O’ta mayda-chuydalarga e’tibor, aniqlik kiritish uchun qo’shimcha ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish, ularning tezkorligini susaytiradi. O’ta tartiblilik, qonun-qoidaga aniq rioya qilish ularda o’ta kuchlidir. Qaror qabul qilishda ayniqsa, tavakkal ish tuta olmaydilar.

Kvadratlardagi sovuqqonlik, hissiyotga berilmaslik, aniqlilik har xil odamlar bilan aloqada bo’lishini qiyinlashtiradi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin