Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə8/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#37470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Laboratoriya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Aylana
Uchburchak
Ular harakatchan, kuchli shaxslar. O’z oldilariga aniq maqsadlar qo’yadilar va odatda ularga erishadilar. Eng asosiy narsani ilg’ab olish ularning xarakterli belgilaridir.

Uchburchakning yetakchi sifati birinchi bo’lishga intilishdir. Uchburchaklarda kvadratlar kabi faollik chap yarim sharlarga to’g’ri kelib, ular yaxshigina intellekt sohibidirlar. Vaziyatni tez va chuqur tahlil qilish va shu asnoda masalaning mazkur sharoitdagi eng to’g’ri yechimini topishga qodirdirlar. Shu sababli uchburchaklardan juda yaxshi rahbarlar, menedjerlar chiqadi. Ular o’z ishlari va qo’l ostidagilar mehnatini «yuqori lavozimdagi boshliq» e’tiboriga qanday taqdim etishni bilishadi.

Uchburchaklar o’zlarini doimo haq deb hisoblaydigan, o’ziga ishongan odamlar. Doimo haq bo’lishga kuchli ehtiyoj, boshqaruvga intilish hissi, masalani faqat o’zi uchun emas, o’zgalar uchun ham hal qilishga harakat qilish uchburchaklarni doimo boshqalar bilan bellashishga, kurashga da’vat qiladi. Bunday shaxslar dunyoqarashida omad, g’alaba, yutuq kabi tushunchalar yetakchi o’rinni egallaydi.

Ular ko’pincha tavakkalchi, toqatsizdirlar, ayniqsa qaror qabul qilishda ikkilanadigan kishilarga toqatlari yo’q. Uchburchaklar o’z xatolarini tan olishni yoqtirmaydilar. Juda qiyinchilik bilan o’z xatolariga iqror bo’ladilar. Ko’pincha ular o’z so’zlarida turib oladilar. E’tirozni qabul qilmaydilar va o’z bilganlaricha ish tutadilar. Shu qatorda ular asosiy maqsadlariga olib boradigan narsalarni, foydali axborotlarni tez singdirib oladilar.

Uchburchaklar shuxratparast, kar’erist, jamiyatda yuqori darajaga erishishga harakat qilishadi. Ishga kirishishdan oldin va qaror qabul qilishda uchburchaklar o’z oldilariga quyidagicha savol qo’yadilar: «Xo’sh men bundan qanday manfaat ko’raman?». Ular foyda keltiradigan ishni yuz chaqirimdan sezishadi va uning uchun raqiblari bilan ayovsiz kurashga tayyor bo’lishadi. Biroq ularning asosiy salbiy sifatlari kuchli egotsentrizm, o’ziga yo’nalganlikdir. Uchburchaklar hokimiyat cho’qqisiga intilish yo’lida har qanday vositadan foydalanishga tayyor, o’z maqsadlariga erishishda boshqalarning xohishlarini hisobga olmagan holda, ularning boshi ustidan yurib borishdan qaytmaydigan kishilar toifasidandir.

Uchburchak hamma-yu hammani o’z izmiga solishga harakat qiladi. Ularsiz hayot o’z keskinligini yo’qotgan bo’lardi.


Aylana


Aylana – bu mutanosiblikning falsafiy timsolidir. Kim bu shaklni tanlagan bo’lsa, u yaxshi shaxslararo munosabatga astoydil intiladi. Odamlar va ularning rohat-farog’ati aylana uchun oliy himmatdir.

Aylana boshqa shakllar ichida ko’proq odamlarga yaxshilik tilovchi ularni birlashtiruvchi shakldir. U jamoani, oilani mustahkamlash uchun hizmat qiladi. Aylana-ajoyib notiq, e’tiborli tinglovchi. Atrofidagi odamlarga hamdardlik ularning xursandchiligi-yu tashvishiga sheriklik aylanaga xos, u sezgirlik bilan o’ksik ko’ngilga taskin berishga shoshiladi. Aylanalar odamlarni tez «bilib oladilar», aldamchi, xudbin kishilarni tezda payqab olish xususiyatiga egadirlar. Aylana-o’z jamoasi uchun qayg’uradi va o’z kasbdoshlari orasida hurmat-e’tiborga sazovor kishidir.

Ammo ular biznes sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydilar, ya’ni menenjer va rahbarlik sohasida bo’shroq hisoblanadilar. Chunki, birinchidan, aylanada shaxs yo’nalganligi odamlarga qaratilgan bo’lib, har bir kishining og’irini yengil qilishga urinadilar. Ular tinchlik va osoyishtalikni saqlashga urinadilar, hamda o’ta qat’iy qaror chiqarishdan qochadilar.

Aylana uchun murosasizlik og’ir holat, odamlarning inoq, ahilligi va yaxshi munosabatda bo’lishlari baxtdir. Shuning uchun kim bilandir tortishib qolsa yoki ziddiyatli vaziyatlarda birinchi bo’lib aylana yon beradi va murosaga kirishadi.

Ikkinchidan, aylana «siyosiy o’yinlar»da zaif, bunda unga qat’iylik yetishmaydi. Shuning uchun aylanadan qat’iyroq shaxslar (masalan uchburchak) ko’pincha aylanani tazyiqqa oladilar. Aylana uchun hokimiyat kimning qo’lida ekanligi ahamiyatli emas, unga hamma rozi, atrofida tinchlik bo’lsa bas. Lekin bir narsada, ya’ni axloq va adolat masalasida, aylana qat’iylik va qattiqqo’llikni namoyon etadi. O’zining aylana timsolida ko’radigan shaxslarda miyaning o’ng yarim sharlari faol bo’lib fikrlar obrazli, intuitiv, emotsional ifodalangan, integral kechadi.

Aylanalarda axborot o’zlashtirish jarayoni uzuq-yuluq, ma’lumotlar zanjirining alohida qismlari tashlab ketilgan holda kechadi, ammo bu narsa ular mantiqdan yiroq kishilar degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Ular hayotiy muammolarni hal qilishda rasmiyatchilikdan qochishadi, xolos.

Aylanalar tafakkuri shaklining asosiy xususiyati – muammoning sub’ektiv jihatlari (hissiyot, baholash va qadriyat)ga asoslanishdir. Ular turli qarama-qarshi qarashlar orasida ham umumiylikni topishga intiladilar. Aylanalarni tug’ma psixologlar deb aytsa bo’ladi, biroq jiddiy, ulkan ishlarning boshida turishlari uchun ularda «to’g’ri chiziqli birodarlari» (uchburchak va kvadrat)da bo’lgan tashkilotchilik qobiliyati yetishmaydi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin