Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə9/63
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#37470
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Laboratoriya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Zigzag

To’g’ri to’rtburchak


Bu shaxsning davriy o’tish shakli bo’lib, hayotning ma’lum bir bo’laklarida nisbatan mutloq hisoblangan to’rt shaklda ham namoyon bo’lishi mumkin. Bu odamlar o’z hayotlarining hozirgi kechish tarzidan qoniqmaydilar va uning yaxshilanishi uchun izlanish va harakatda bo’ladilar. To’g’ri, bu shaklni tanlash sabablari turlicha bo’lishi mumkin, ammo ularni birlashtirib turuvchi narsa bitta – insonning o’zgarishlarga xayrixohligidir.

To’g’rito’rtburchakning asosiy psixologik holati-muammoni tushunib yetishda noaniqlik, dovdirab qolish, chuvalashtirib yuborish, shuningdek, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarining ham ma’lum bir vaziyatlarda noaniqligi kuzatiladi.

To’g’rito’rtburchak holatlari kunaro, xatto kun davomida o’zgarib turadi. Ularning o’z-o’zini baholashi deyarli doim past bo’lganligi uchun «yaxshi» bo’lishga intiladilar. Yangi ish uslublarini izlaydilar. Hayot tarzini yaxshilashga intiladilar. Agar to’g’rito’rtburchakning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatsak, u boshqa shakllar: «uchburchak», «aylana» va boshqalarning «kiyimlar»ini «kiyib» ko’radi. To’g’rito’rtburchaklarninig hatti-harakatlari kutilmaganda shiddatli, keskin, o’zgarib turishi atrofdagilarni sergak tortiradi va ular ongli ravishda bunday «o’zgaruvchan odam» bilan muloqotga kirishishdan qochishlari mumkin. Aslida esa ular uchun boshqalar bilan muloqotda bo’lish zaruratdir, o’zgaruvchanlikning yana bir qiyinchilik tomoni ham shunda.

To’g’rito’rtburchaklardagi ijobiy fazilatlardan biri hayotiy qiziquvchanlik, faollik va jasoratdir. To’g’rito’rtburchaklar ulargacha hech kim qilmagan ishlarni qilishga, hech kim o’ylab ko’rmagan savollarga javob berishga harakat qilishadi. Bu shaklni tanlagan kishilar mazkur hayotiy bosqichda yangi g’oyalar, qadriyatlar, turli qarash va hayot tarzlarini osongina qabul qilishadi. To’g’ri, ikkinchi tomondan qaraganda, bu narsa ularni haddan tashqari ishonuvchan, turli ta’sirlarga beriluvchan, soddaroq bo’lishlariga olib keladi. Shuning uchun ham boshqalardan ko’ra ularga ta’sir o’tkazish osonroq.


Zigzag


Bu shakl-ijodkorlik timsolidir. Zigzag-haqiqiy o’ng yarim sharning faolligi aks etgan noan’anaviy fikrlovchi shaxs. Unga obrazli fikrlash, oldindan his etish (intuitsiya), integrativ (mujassamiy) fikrlash xususiyati xosdir. Uning o’y-fikrlari bir zumda bir-biridan uzoq bo’lgan nuqtalarga ko’chishi mumkin, shuning uchun atrofdagilarga ularni tushunishlari qiyin kechadi.

Zigzaglarga ko’proq tafakkurning sintetik turi xosdir. Ularga bir-biridan mutloq farq qiladigan g’oyalarni birlashtirib, mujassamlashtirib, shu asosda butunlay yangi o’ziga xos g’oyalar yaratish yoqadi.

Aylanalardan farqli o’laroq zigzaglar kelishuvlar, konsensuslarni afzal ko’rmaydilar, ular o’z maqsadlariga yon bosishlar orqali emas, balki g’oyalar qarama-qarshiligini kuchaytirish va nizo o’z yechimini topishi mumkin bo’lgan yangi kontseptsiyalarni yaratish yo’li bilan erishadilar.

Tabiatan aqlli hisoblangan Zigzaglar g’oyat tili zahar bo’lishlari ham mumkin. Ular dunyoni doimiy o’zgarishda ko’rishni xohlaydilar. Shu sababli ular uchun hamma bilan murosaga keluvchilar, o’zgarmaydigan qonun-qoida, ko’rsatma kabi narsalardan ko’ra zerikarliroq narsa yo’q.

Zigzaglar bir tizimga solingan vaziyatda ishlay olmaydilar. Qat’iy belgilab qo’yilgan majburiyatlar va doimiy ish tartiblari, aniq vertikal va gorizontal aloqalar ularning g’ashiga tegadi. Ularga rang-baranglik va faoliyatga undovchi yuqori darajadagi motivlar kerak. Shundagina Zigzaglar jonlanadi va o’zining bunyodkorlik, yangi g’oya va ish uslublarini yaratish vazifasiga kirishadi. Ular narsalarning hozirda va o’tmishda odatiy bo’lgan yaratilish yo’llaridan qoniqmaydilar. Bu shaxslar kelajakka intiluvchi va ularni xaqiqiy voqelikdan ko’ra oldinda qanday imkoniyatlar mavjudligi ko’proq qiziqtiradi. Boshqalarga narsalar olami qanchalar real bo’lsa, ular uchun g’oyalar dunyosi shunchalik haqiqiydir. Ular hayotining ko’proq qismini mana shu «g’oyalar dunyosi»da o’tkazadilar. Shu tufayli ularda ishga amaliy nuqtai nazardan yondoshmaslik, hayotdan uzoqlik va soddalik kabi xususiyatlar mavjuddir. Zigzaglar barcha shakllar ichida eng tez qo’zg’aluvchan, zavq-shavqqa to’liq kishilardir. O’zlarida yangi qiziqarli g’oyalar tug’ilganda ular butun dunyoga jar solishga tayyor bo’ladilar. Biroq ularga siyosatdonlik yetishmaydi, ular tiyiqsiz, sharttaki va bu ularning o’z g’oyalarini amalga oshirishlariga xalaqit beradi.

Bundan tashqari Zigzaglar aniq detallarni ishlab chiqishda no’noqroq (g’oyalarni amalga oshirishda esa bu narsa muhim) va ishning yakuniga yetkazishda ko’pam tirishqoqlik ko’rsatmaydilar, chunki o’z yangiligini yo’qotganidan so’ng g’oyaga bo’lgan qiziqish ham yo’qoladi.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin