Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
QIZIQISHLAR XARITASI (Golomshtok)
Qiziqishlar sohasi va yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan quyidagi savollarning har birini did bilan o‘qing va mumkin qadar aniq javob berishga harakat qiling.
Agar savolda so‘ralgan mazmun, sizga har tomonlama ma’qul tushsa va juda yoqsa, unda javob varaqasining tegishli katakchasiga ikkita plyus (++) belgisini qo‘yasiz.
Agar savol mazmuni shunchaki yoqsa, unda bitta plyus (+) agar yoqish-yoqmasligini bilmasangiz yoki ikkilansangiz unda nol (0) qo‘yasiz.
Agar savol mazmuni sizga ma’qul bo‘lmasa, minus (-) agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko‘rsangiz, unda ikkita minus (--) belgisini qo‘yasiz.
Vaqt chegaralanmagan, lekin diqqat bilan, savollarni tushurib qoldirmay tez-tez o‘ylab javob bering.
Dostları ilə paylaş: |