DIQQAT BOSHLADIK!
Quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanishni yoqtirasizmi? Havas qilasizmi? Istaysizmi?
1. O‘simliklar va hayvonlarning hayoti bilan shug‘ullanish, tanishish.
2. Geografiya darsligi, geografiyaga oid kitoblarni o‘qish.
3. Geologik ekspeditsiyalar haqidagi badiiy yoki ilmiy ommabop adabiyotlar o‘qish.
4. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darslari va shu sohaga oid darsliklar, kitoblarni o‘qish.
5. Uy-ro‘zg‘or darslari yoki ro‘zg‘or ishlariga taalluqli vazifalar.
6. Fizikadagi yangi kashfiyotlar va buyuk fiziklarning hayoti, ijodi haqidagi ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qish.
7. Kimyo fanidagi yangi ixtirolar yoki buyuk ximiklarning hayoti va ijodi haqida o‘qish.
8. Texnika sohasiga tegishli jurnallar o‘qish (malasan, “Sirli olam”, “Fan va turmush”).
9. Ilmiy ommabop jurnallardagi elektronika va radiotexnika bo‘yicha yutuqlar va yangiliklar haqida maqolalar o‘qish.
10. Har xil metallar va ularning xususiyatlari bilan tanishish.
11. Yog‘ochlarning har xil turlari va ularni amalda qo‘llash haqida bilish.
12. Qurilish sohasidagi yutuqlarni bilish.
13. Har xil turdagi transport (avtomobil, temiryo‘l) haydovchilari haqida kitoblar o‘qish, filmlar ko‘rish.
14. Uchuvchi va kosmonavtlar haqida kitoblar o‘qish, filmlar ko‘rish.
15. Harbiy texnika bilan tanishish.
16. Tarixiy voqealar va tarixiy arboblar haqidagi kitoblar o‘qish.
17. O‘zbek va jahon adabiyoti klassiklarini o‘qish.
18. Gazeta va jurnallarning maqola va ocherklarini muhokama qilish.
19. Sinfda va maktabda bo‘layotgan ishlar va voqealarni muhokama qilish.
20. Maktab hayoti (tarbiyachi, o‘qituvchi, sardorlarning faoliyati) haqida kitoblar o‘qish.
21. Militsiyaning faoliyati haqida filmlar ko‘rish, kitob o‘qish.
22. O‘qiyotgan, ishlayotgan yoki yashayotgan joyingizni chiroyli qilib bezash, narsalarni saranjomlash, tartibga keltirish.
23. “Qiziqarli matematika”, “bosh qotirmalar” haqidagi maqola va kitoblar o‘qish.
24. Iqtisodiy geografiyani o‘rganish.
25. Chet tili mashg‘ulotlari.
26. Buyuk rassomlar hayoti, tasviriy san’atning rivojlanishi tarixi bilan tanishish.
27. Mashhur sahna va kino artistlarining hayoti bilan tanishish, ular bilan uchrashish, fotosuratlarini yig‘ish.
28. Mashhur musiqachilarning hayoti va ijodi bilan, musiqa san’ati nazariyasiga doir masalalar bilan tanishish va o‘rganish.
29. Sport va buyuk sportchilar haqida jurnal, gazeta, kitoblar o‘qish.
30. Biologiya, botanika, zoologiyani o‘rganish.
31. Geografik ixtirolar va ma’lumotlar orqali har xil mamlakatlar bilan tanishish.
32. Mashhur geologlarning hayoti va faoliyati haqida o‘qish.
33. Odamlar qanday qilib kasalliklar bilan kurashishni o‘rganganlari haqida, vrachlar va tibbiyot sohasidagi yutuqlar haqida o‘rganish.
34. Yengil sanoat korxonalariga ekskursiyaga borish.
35.“Fiziklar hazillashadilar”, “Qiziqarli fizika” sohasida kitoblar o‘qish.
36. Tabiatdagi kimyoviy hodisalarni kuzatish, kimyodan tajribalar o‘tkazish, kimyoviy reaktsiyalarning borishini kuzatish.
37. Zamonaviy texnikaning eng so‘ngi yutuqlari bilan tanishish (radio va teleko‘rsatuvlarni eshitib, ko‘rib, gazetalardagi maqollarni o‘qib).
38. Radiotexnika to‘garaklariga qatnashish yoki elektriklarning ishi bilan tanishish.
39. Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan har xil o‘lchov asboblari bilan tanishish. Ular bilan ishlash.
40.Yog‘ochdan uy jihozlari tayyorlash jarayonini kuzatish, mebellarning yangi namunalarini o‘rganish.
41. Quruvchilar bilan uchrashish, ularning faoliyatini kuzatish.
42. Yo‘l harakati vositalari haqida ommabop adabiyotlarni o‘qish.
43. Dengizchilar haqida o‘qish, filmlar ko‘rish.
44. Harbiy mazmundagi filmlarni ko‘rish, kitob o‘qish, katta to‘qnashuvlar va janglar tarixi bilan tanishish.
45. O‘zimizda va chet el miqyosida bo‘layotgan siyosiy voqealarni muhokama etish.
46. Adabiy-tanqidiy maqolalarni o‘qish.
47. Radio va televizordan har xil yangiliklar va axborot ko‘rsatuvlarini eshitish va ko‘rish.
48. Tuman, shahar, respublikada bo‘layotgan kundalik voqealardan xabardor bo‘lish.
49. O‘rtoqlaringizga darslarini bajarishda yordam berish va tushuntirish ishlarini olib borish (agar o‘zlari qila olmasalar).
50. Do‘stlarning, tanishlarning yoki adabiy qahramonlarning qilmishlarining to‘g‘ri va haqqoniy tahlil etish va baholash.
51. Oilaning oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga ahamiyat berish, sayohatlar chog‘ida hamma uchun ovqatlanishni tashkil etilsh.
52. Matematika sohasidagi kashfiyotlar, buyuk matematiklar hayoti va faoliyat haqida ilmiy ommabop adabiyotlarni o‘qish.
53. Xalq xo‘jaligi rejalarining bajarilishi bilan qiziqish.
54. Chet tilida badiiy adabiyotlarni o‘qish.
55. Redkollegiya a’zosi bo‘lish, gazetalarni badiiy bezash bilan shug‘ullanish.
56. Drama teatri va yosh tomoshabinlar teatriga borish.
57. Opera yoki sinfonik musiqalarni eshitish.
58. Sport musobaqalarini tomosha qilish, sportga doir radio va teleko‘rsatuvlarni eshitish, ko‘rish.
59. Biologiya to‘garagiga qatnashish.
60. Geografiya to‘garagida shug‘ullanish.
61. Yerdagi minerallarning geografik tarqalishi haqida tasvirlar, ma’lumotlar yig‘ish va xaritalar tuzish.
62. Odam organizmi xislatlarini kasallikning paydo bo‘lish sabablari va davolash uslublarini o‘rganish.
63. Pazandalik to‘garagiga qatnashish, uyda ovqat tayyorlash.
64. Fizikadan tajribalar o‘tkazish.
65. Eritmalarni tayyorlash, reaktivlarning og‘irligini o‘lchash.
66. Har xil mexanizm (soat dazmol)larni yig‘ish tuzatish.
67. Aniq o‘lchov asboblari (ostsillograf, ampermetr, voltmetr)ni ishlatish, ular yordamida har xil hisoblarni olib borish.
68. Metalldan har xil detallar va buyumlar yasash.
69. Yog‘ochdan har xil qismlar va ashyolar yasash yoki yog‘ochni badiiy bezash (o‘ymakorlik, kuydirish, naqsh berish).
70. Har xil imoratlarning eskizlarini, qurilishlarning chizmalarini bajarish.
71. Yosh temiryo‘lchilar va yoki avtohavaskorlar to‘garagiga qatnashish.
72. Parashutchilar seksiyasida, aviamodelchilar to‘garagida ishtirok etish yoki aviaklub ishida qatnashish.
73. O‘q yoy otish to‘garagida shug‘ullanish.
74. Har xil xalqlar va mamlakatlarning kelib chiqish tarixini o‘rganish.
75. Adabiyot fanidan sinf va uy insholari yozish.
76. O‘zga odamlarning harakatlari, xulqi va hayotini kuzatish.
77. Jamoa tashkilotlarini, biron bir ishni bajarish, tashkil etish uchun o‘rtoqlarni uyushtirish, birlashtirish.
78. Kichik yoshdagi bolalarga qarash, ularga kitob o‘qib berish, shug‘ullanish, har xil hikoyalar gapirib berish yoki biron bir ishda ularga ko‘maklashish.
79. Tengdoshlar va kichik bolalar orasida tartib va muntazam imtizom o‘rnatish.
80. Sotuvchi, oshpaz, ofitsiantlarning faoliyatini kuzatish.
81. Matematika to‘garagida shug‘ullanish.
82. Ishlab chiqarishning rivojlanish masalarini o‘rganish, ishlab chiqarish korxonalarida hisob-kitob va rejalash borasidagi yutuqlar haqida bilish.
83. Chet tilidagi lug‘atlar bilan ishlash, yaxshi tanish bo‘lmagan tilda o‘ziga xos murakkab nutq xususiyatlarini tahlil qilish.
84. Muzey va badiiy ko‘rgazmalarga borish.
85. Tomoshabinlar oldida, sahnada badiiy faoliyat ko‘rsatish.
86. Biron bir musiqiy asbobda o‘ynash.
87. Sport o‘yinlarini o‘ynash.
88. O‘simlik va hayvonlarning rivojlanishini kuzatib, yozib borish.
89. Mustaqil ravishda geografik xaritalarni tuzish, har xil geografik ma’lumotlarni to‘plash.
90. Geologiya muzeylari uchun ko‘rgazma materiallar, minerallar to‘plami yig‘ish.
91. Vrach, xamshira, dorishunoslarning faoliyati bilan tanishish.
92. Bichish va tikish to‘garagi qatnashish o‘zingizga va oila a’zolaringizga tikish.
93. Fizika to‘garagida shug‘ullanish yoki fizika bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashish.
94. Kimyo to‘garagida shug‘ullanish yoki kimyo bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga borish.
95. Texnika to‘garaklaridan birida shug‘ullanish (samolyot, dengiz kemalari va boshqa inshootlarni madelini yasash).
96. Elektr asboblari, apparatlari va har xil elektr mashinalarining tuzulishi bilan tanishish, ishini kuzatish har xil radiouskuna va o‘lchov asboblari bilan shug‘ullanish.
97. Mehnat darslarida metallga ishlov berish ustaxonasida shug‘ullaninish.
98. “Mohir qo‘llar” yoki yog‘ochga ishlov berish to‘garagida shug‘ullanish.
99. Qurilishda bo‘lish, qurilish jarayoni va bezash ishlarini kuzatish.
100. Trasport va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalarini bajarishlarini kuzatish.
101. Eshkak eshuvchi, yelkanli qayiqcha, akvalangchi (g‘avvoslar) to‘garaklarida va suvda cho‘kayotganlarini qutqarish brigadasida qatnashish.
102. Harbiy (masalan, “shunqorlar”) o‘yinlarida ishtirok etish.
103. Tarix muzeylariga borish, madaniy obidalar va yodgorliklar bilan tanishish.
104. Adabiyot to‘garaklarida shug‘ullanish, adabiyotdan qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etish.
105. Shaxsiy kundalik tutish.
106. Xalqaro ahvol haqida sinfda axborot berish.
107. Tarbiyachilik (masalan, sardorlik) ishlarini bajarish.
108. Odamlarning xatti-harakatlari va odatda yashiradigan ba’zi bir xulqlarining sabablarini ochish, aniqlash.
109. Magazinda xaridorlarga kerakli buyumlarni tanlashda yordam berish.
110. Matematikadan qiyin masalalarni yechish.
111. Pullik kirim-chiqimlarning aniq hisob-kitobini olib borish.
112. Chet tili to‘garaklarida shug‘ullanish yoki chet tilidan qo‘shimcha darslarda qatnashish.
113. Badiiy to‘garaklarda shug‘ullanish.
114. Badiiy-havaskorlik ko‘riklarida ishtirok etish.
115. Xorda ashula aytish yoki musiqa to‘garaklarida qatnashish.
116. Sport sektsiyalarining birida shug‘ullanish.
117.Biologiya olimpiadalarida qatnashish yoki o‘simliklar va hayvonlar ko‘rgazmasini tayyorlash.
118. Geografik ekspeditsiyada qatnashish.
119. Geologik ekspeditsiyada qatnashish.
120. Kasallarning ahvolini kuzatish, g‘amho‘rlik qilish, tegishli yordam berish, ahvollarini yengillashtirish choralarini ko‘rish.
121. Oshpazlik va qandolatchilik ko‘rgazmalariga qatnashish yoki borish.
122. Fizika olimpiadasida qatnashish.
123. Kimyodan qiyin masalalar echish, olimpiadalarda qatnashish.
124. Texnik sxema va chizmalarni taxlil qilish, ularni mustaqil ravishda tuzish.
125. Murakkab radiosxemalarni tahlil qilish.
126. Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyaga borish uskuna va dastgohlarning yangi turlari bilan tanishish ularda ishlash yoki ta’minlash ishlarini kuzatish.
127. O‘z qo‘lim bilan yog‘ochdan biror narsa yasash.
128. Qurilish ishlarida imkon darajada yordamlashish.
129. Avtomobil, trolleybuslariga xizmat ko‘rsatish va ta’minlash ishlarida baholi qudrat qatnashish.
130. Har qanday ob-havo sharoitida ham “tez yordam” samolyotida uchish yoki katta tezlik bilan uchuvchi samolyotlarni boshqarish.
131. Qat’iy o‘rnatilgan tartib bo‘yicha yashash, kun tartibiga qat’iy rioya qilish.
132. Tarix to‘garagida shug‘ullanish, tarixiy ma’lumotlarni to‘plash, ma’ruzalar qilish.
133. Adabiyot manbalari bilan ishlash, o‘qiganlarim haqida taassurotlarimni kundalikka yozib borish.
134. Munozaralarda va kitobxonlar konferentsiyalarda qatnashish.
135. O‘quvchilar jamoatchiligi yig‘ilishi yoki tayyorlash va o‘tkazish.
136. Tarbiyasi yomon bolalarga ta’sir ko‘rsatish, bolalar va o‘smirlar tarbiyasi masalalari bilan muhokama qilish.
137. Militsiya ishiga yordam berish, “militsiyaning yosh do‘sti” to‘garagiga a’zo bo‘lish.
138. Doim har xil odamlar bilan muloqotda, aloqada bo‘lish.
139. Matematika olimpiadalarida qatnashish.
140. Tovarlar va ularning narxining kelib chiqishini bilish, oylik maosh, mehnatini tashkillashtirishni tushinishga harakat qilish.
141. Do‘stlarim bilan chet tilida gaplashish.
142. Tasviriy san’at ko‘rgazmalarida qatnashish.
143. Teatr to‘garagiga borish.
144. Teatr ko‘rik tanloviga qatnashish.
145. Sport musobaqalarida qatnashish.
146. Bog‘da yoki tomorqadan o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni tarbiyalash va parvarish qilish.
147. Joylarni xaritaviy (geografik) ko‘rinishida suratga olish.
148. Berilgan dastur bo‘yicha murakkab va jiddiy topshiriqlarni bajarishga to‘g‘ri keladigan qiyin va uzoq muddatli sayohatlarga borish.
149. Shifoxona, poliklinika yoki dorixonada ishlash.
150. Oziq-ovqat yoki yengil sanoat korxonasida mutaxassis bo‘lib ishlash (tikuvchi, bichuvchi, qandolatchi).
151. Fizikadan qiyin masalalar yechish.
152. Kimyoviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash.
153. Texnik ijodiyot ko‘rgazmasida ishtirok etish.
154. Elektroenergetika yoki radioelektronika sohasida ishlash.
155. Dastgoh (stanok)da ishlash, har xil detallar, buyumlar tayyorlash.
156. Chizmalar asosida modellar, yog‘ochsozlik ishlarini bajarish.
157. Qurilish brigadasida ishlash.
158. Yo‘lovchi yoki yuklarni tashish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish.
159. Bo‘ronli ob-havoda katta daryo yoki ochiq dengizda ishlash.
160. Harbiy injiner yoki qo‘mondon qilish.
161. Ona diyorning tarixiy obidalarga sayohat qilish.
162. Hikoyalar yozish, she’r va masal to‘qish.
163. Devoriy gazeta yoki davriy matbuot uchun maqola yoki ocherklar yozish.
164. Mehnat shanbaligida brigadaga boshchilik qilish.
165. Kichik bolalar uchun o‘yinlar, bayramlar tashkil etish.
166. Yuridik tashkilotlarda ishlash (sud, prokuratura, advokatura, huquqiy maslahatxonalarda).
167. Odamlarga har xil katta va kichik xizmatlar ko‘rsatish.
168. Har doim matematik bilimlarni talab qiladigan ishlarni bajarish.
169. Xalq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodi, rejalashtirilishi va moliyaviy ta’minlashni sohasida ishlash.
170. Chet tilidan olimpiada, tanlov va konferentsiyalarda qatnashish.
172. Sahnada yoki kinoda o‘ynash.
173. Musiqachi, musiqiy rejissyor yoki musiqa darsidan o‘qituvchi bo‘lish.
174. Fizkultura (sport) o‘qituvchisi yoki treneri bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: |