7 -§. Muayyan hududga joylashtirish va xavfsizlik zonasi
7 -§. Muayyan hududga joylashtirish va xavfsizlik zonasi
Urushayotgan tom onlar xavfsizlik talablari jiddiy taqozo etgan hollardagina xorijiy fuqarolam i muayyan hududga joylashtirishi mumkin. Fors ko'rfazi urushi davrida, ya’ni 1991 — 1992-yillarda Quvayt Iroq tom onidan istilo etilganidan keyin g ‘arb davlatlari fuqarolari harbiy nuqtayi nazardan m uhim sanalgan joylarga hujum qilinishining oldini olish maqsadida bu joylar «mehmon» sifatida saqlab turilgan. Bu taxlit «tirik qalqon» usuli har qanday vaziyatda ham g'ayrihuquqiydir. Xalqaro gum anitar huquq tinch aholi xavfsizligini ta’minlash m aqsadida urushayotgan tom onlam ing roziligi asosida xavfsizlik zonalari va gospital zonalar tashkil etishni qo‘llab-quw atlaydi. Bu boradagi bitim lar XQXQ vositachiligida tuziladi. Odamlar hayotini saqlab qolish yoki madaniy boyliklami qutqarish maqsadida «himoyalanmaydigan hudud»lar (odatda, bu hudud shahar yoki qo'riqxona, front chizig'iga yaqin bo'lgan hududning cheklangan bir qismi bo'ladi) e ’lon qilinishi ham mumkin. U lar jangsiz ravishda dushm an tomon istilo etgan hudud hisoblanadi. Urushayotgan tom onlar roziligi bo'yicha qurolsizlantirilgan zonalar ham belgilanishi mumkin.
8-§. Harbiy istilo rejimi
8-§. Harbiy istilo rejimi
Qurolli mojaro davomida urushayotgan tom onlardan biri ikkinchisining hududini qisman yoki to'laligicha o ‘z nazorati ostiga olishi, ya’ni uni istilo etishi mumkin. Istilo tufayli istilochi suveren huquqlarga ega bo'lmaydi. U mazkur hududni anneksiya qilishi (zabt etishi) yoki boshqa davlatga topshirishi mumkin emas. Bu hudud taqdiri tinch yo‘1 bilan uzil-kesil barqarorlashtirishlar orqaligina hal etiladi. BMT Ustaviga muvofiq, bosib olish hududga ega bo'lishning qonuniy yo'li emasligini ham unutmaslik lozim. Quvaytni istilo etganidan so'ng Iroq o'zining 19-provinsiyasi deb e ’lon qilib, uning hududini anneksiya qilishga intilgandi. Ushbu anneksiyani biror-bir davlat tan olmadi. Istilo etilgan hududda tegishli tartibni ta ’minlash yo'lida istilo faktining o'ziyoq (hatto noqonuniy bo'lsa ham) aholi zimmasiga istilochiga nisbatan muayyan majburiyatlarni yuklaydi, istilochi esa aholi huquqlarini hurmat qilish borasida javobgar hisoblanadi. Istiloning xilma-xil turlari mavjud. Xalqaro gum anitar huquqning ta ’sir kuchi, awalo, harbiy terromi, ya’ni qurolli mojaro davomida dushman tomon hududlarini vaqtincha egallab olish holatini qam rab oladi. Istiloning navbatdagi turi ham qurolli mojaro bilan bog'liq bo'lib, bu bosqin uchun javobgar hisoblangan davlat o 'z majburiyatlarini bajarishni ta ’minlash vositasi sifatida amalga oshiradigan urushdan keyingi istilodir. Istiloning yana bir turi urushayotgan tom onning betaraf davlat hududini egallab olishidir. Bunday hollarda ham xalqaro gumanitar huquq qo'llaniladi. Istilo etilgan hudud ustidan nazoratning amalda o‘matilishi, istilochi m a’muriyat tuzilishi bilan boshlanib, hudud ustidan amaldagi nazorat barham topishi bilan tugaydi. Istiloning tugashi u bilan bog‘liq yuridik m unosabatlarga chek qo'ymaydi. Ayniqsa, ko'pincha istilo oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash va jinoyat yustitsiyasi bilan bog'liq masalalar yuzaga keladi. Masalan, 1991-yili Iroq istilosi tugaganidan keyin Quvayt yetkazilgan ziyonni qoplashni talab qilib chiqdi. BMTning Xavfsizlik Kengashi ana shu individual da’voni qondirish maqsadida Iroq neftini cheklangan miqdorda eksport qilishga ruxsat berdi. Quvayt hududi ozod etilganidan keyin dushman bilan hamkorlik qilishda ayblangan Falastin vakillarining sudlovsiz ommaviy ravishda jazolanganligi inson huquqlarini hurmat qilish prinsipiga zid edi. Istilo etilgan hududni boshqarishda istilochi m a’muriyat xalqaro gumanitar huquqning tegishli normalarini hisobga olgan va iloji boricha mahalliy qonunlar amal qilishini saqlab qolgan holda boshqaruvni amalga oshirishi lozim. Istilochi m a’murlar imkoniyat doirasida insonning asosiy huquqlarini, shuningdek, gumanitar masalalar bo'yicha xalqaro normalarda belgilangan tegishli huquqlarini hurmat qilishga majburdirlar. Aholi harbiy ahamiyatga taalluqli faoliyatga jalb etilishi mumkin emas. Istilochi qo'shinlar, kommunal xizm atlar uchun, aholini oziqovqat, tibbiy xizmat, turaijoy, kiyim-kechak bilan ta ’minlash maqsadida zarur bo'lgan hollarda 18 yoshdan oshgan shaxslami majburiy m ehnatga jalb etishga yo'l qo'yiladi. Ishlayotganlar adolatli tarzda maosh olishi zarur. Ularning deportatsiya qilinishi, ya’ni xorijga badarg'a etilishi mumkin emas. Militsiya va ko'ngillilar otryadlariga, shu jum ladan, istilo etilgan hududlarda faoliyat yurituvchi uyushgan qarshilik harakatlariga mansub shaxslar harbiy asir maqomini olish huquqiga egadir. Partizanlar kurashining qonuniyligi 1907-yildagi to'rtinchi G aaga konvensiyasidayoq tan olingan. Qurolli kuchlar bilan tegishli aloqasi bo'lm agan uyushgan qarshilik, masalan, shaharlarda faoliyat ko'rsatadigan jangovar guruhlaming maqomi butunlay boshqachadir. Bunday guruh ishtirokchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi m um kin. Ular ayg'oqchilik, harbiy obyektlarga jiddiy ziyon yetkazish (diversiya) va qotillik sodir etgan hollardagina o'lim jazosiga hukm etilishi mumkin va bunda, albatta, ana shu jazo chorasi istilo etilgan hudud mansub bo'lgan davlat huquqida ko'zda tutilgan bo'lishi kerak. Ommaviy tarzda jazolash va garovga olish man etilgan.