Betaraflik (neytralitet) urush huquqining eng qadimiy institutlaridan biridir. Ayni chog'da hozirgi zamon xalqaro huquqida u bir qator yangi jihatlar bilan boyidi. Betaraflik xalqaro gum anitar huquq instituti sifatida, aw alo, davlat aholisini qurolli mojarolar bilan bog'liq falokatIardan himoya qilishga qaratilgan vosita hisoblanadi. 0 ‘z ichki qonunchiligiga muvofiq, Shveytsariya, Avstriya va Malta doimiy betaraf bo'lgan va bu boshqa mamlakatlar tomonidan tan olingan. Moldova va Turkm aniston ham o'z betarafligi haqida m a’lum qilgan. Urush davrida betaraf davlatning vazifasi urushayotgan tomonlarning birontasiga faol ko'm aklashishdan tiyilish va ular bilan munosabatda yagona andozalarga amal qilishdan iboratdir. B etaraf davlat urushayotgan davlatlar bilan savdo-sotiqni, shu jum ladan, harbiy sohada savdo qilishni to'xtatishga majbur emas. Savdo borasida cheklashlar joriy etilgan hollarda bunday davlatlar barcha urushayotgan tomonlarga bir xil m unosabatda bo'lishi zarur. Betaraf davlat o'z hududida urushayotgan tom onlam ing yollash punktlarini joylashtirish huquqiga ega emas, am m o o ‘z fuqarolari ularning qurolli kuchlariga ko'ngilli bo'lib kirishini man etishga majbur emas. Betaraf davlatning o'zini mudofaa etish zarurati yuzasidan amalga oshirgan harbiy harakatlariga dushmanlik harakati sifatida qaralmaydi. Dengiz urushida betaraflik bilan bog'liq quyidagi ikkita asosiy muamm o yuzaga keladi: 1) betaraf davlatning savdo munosabatlari va manfaatlariga nisbatan urushayotgan davlatlar huquqi; 2) betaraf davlatning o 'z yurisdiksiyasi doirasida vaqtincha bo'lgan va urushayotgan tom onlar kemalariga nisbatan huquqi. Dengizdagi qurolli mojarolarda dengiz qamali qo'llaniladi, ya’ni portlar yoki dushm an tom onning qirg'oqbo'yi chiziqlari izolyatsiyalanadi. Qamal sam arali am alga oshirilishi, kem alar qatnovini to'sib qo'yishga qodir jiddiy g'ov bo'lishi zarur. Betaraf kemalar qamal zonasiga yaqinlashganda tintuv qilinishi, qamal tartibini buzganda esa qo'lga olinishi mumkin. Jahon urushlari yillarida qamal dengiz izolyatsiyasi rejimi bilan almashtirildi. 1945-yildan keyin ham qamal e’lon qilish hollari uchrab tursa-da, ulaming birontasi tegishli talablarga javob bermas edi. M asalan, Pokiston bilan o'zaro urush davrida, 1971-yilda H indiston dushm an portlariga nisbatan qamal e ’lon qiladi. Ammo bunday maqsad uchun ajratilgan kem alar miqdori qamalni samarali amalga oshirish talablariga mutlaqo javob bermas edi. 1962-yili AQSH Kubaga sovet raketalari yetkazib berilishiga yo'l qo'ym aslik maqsadida keng miqyosdagi qamal uyushtirdi. Qamal tinchlik davrida amalga oshirilgani uchun g‘ayrihuquqiy bo'lib, bunda kuch ishlatmaslik prinsipi buzilganini kuzatish mumkin. Qamal xalqaro iqtisodiy sanksiya sifatida ham qo'llaniladi. 1990-yili BM Tning Xavfsizlik Kengashi Iroqdan neft eksport qilishga barham berish uchun harbiy dengiz kuchlaridan foydalanish vakolatini bergan. Dengiz akvatoriyasida davlatning barcha hududlari uchun umumiy bo'lgan rejim amal qiladi. Agar betaraf davlat hududiy dengizi haqida gap borayotgan bo'lsa, u holda bu hudud harbiy harakatlar teatriga aylantirilishi m um kin emas. Dushm anning ta ’qib etilayotgan harbiy kemasi betaraf davlat suvlariga kirgan taqdirda, uni ta ’qib etish to'xtatiladi. Havo bo'shlig'ida harbiy harakatlar olib borish to'g'risida maxsus konvensiya mavjud emas. Urushayotgan tomonlar betaraf davlatning havo bo'shlig'i daxlsizligini hurmat qilishga majbur. Urushayotgan davlatga m ansub sam olyot betaraf davlatning havo bo'shlig'iga kirgan taqdirda, betaraf davlat uni chiqarib yuborishi yoki uning bortidagi shaxslami kelgusida muayyan hududga joylashtirish uchun samolyotni qo'nishga m ajbur qilish maqsadida o'z imkoniyatidagi choralarni ishga solishi shart. M uayyan hududga joylashtirish chorasi samolyotning majburiy qo'nish hollarida ham qo'llaniladi. Hatto ochiq dengizda betaraf kema bortiga chiqarib olingan halokatga uchragan samolyot ekipajiga nisbatan ham muayyan hududga joylashtirish chorasi amal qiladi. Betaraf davlat urushayotgan davlatlarga aviatsiya texnikasini yetkazib berish huquqiga ega emas, ammo u xususiy firmalaming bunday faoliyatini taqiqlashga majbur emas. Urushayotgan davlatlarning betaraf davlatlar fuqaro aviatsiyasiga nisbatan nazorat faoliyati betaraf davlatlarning dengiz kemalariga nisbatan qo'llaniladigan nazoratga o'xshashdir. Fuqaro samolyoti tekshirish uchun qo'nishga taklif etilishi mumkin. A gar sam olyot betaraflik qoidalariga mos kelmaydigan faoliyat bilan m ashg'ul bo'lsa, uni musodara etish mumkin. Urushayotgan davlat hududida joylashgan betaraf davlat fuqarolari xalqaro gum anitar huquqqa muvofiq m ahalliy aholiga nisbatan alohida imtiyozlarga d a’vo qila olmaydilar. Shu o 'rinda ulami betaraf davlat diplom atik himoyaga olish imkoniyati mavjudligi ham katta ahamiyat kasb etadi.