11
Ishlab chiqarish xajmi to’g’risida qaror qabul qilish uchun rahbariyatga
ushbu qarorning bahoga, tushum va foydagi ta’sirini bilishi lozim. Mahsulot
birligiga o’zgaruvchan xarajatlarni va belgilangan sotish xajmida umumiy doimiy
xarajatlarni bilish korxonaning kutilayotgan foydasini hisoblash imkonini beradi.
Bunday yondashuvning bo’lmasligi xarajatlarni boshqarishda salbiy
natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, bir sotish tarmog’i rahbariyatida bunday
informatsiyaning yo’q bo’lishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu
tarmoq tarkibiga kiruvchi do’konlar xar bir hisobot davri oxirida foydani qayd
etishardi. Ammo boshqaruvchi kompaniya tomonidan xarajatlar taqsimlangandan
so’ng do’konlarning bir qismi doimo zarar bilan chiqar edi. Tarmoq rahbariyati
zarar bilan chiqayotgan do’konlarni yopishga qaror qildi, ammo boshqaruvchi
kompaniyaning xarajatlarining asosiy qismi doimiy xarajatlar ekanligini e’tiborga
olmagan. Bunday qarorning natijasini oldindan bilish qiyin emas, do’konlar
yopilganidan so’ng bosh kompaniyaning doimiy xarajatlari qolgan do’konlar
o’rtasida taqsimlandi va natijada ular ham zarar bilan hisobot davrini tugatishdi.
Ta’riflangan
«Xarajatlar-Xajm-Foyda»
tahlili
olingan
tushumdan
o’zgaruvchan xarajatlarni chegirish orqali aniqlanadigan marjinal daromad
ko’rsatkichini hisoblash uslubiyoti bilan yaqin aloqada bo’ladi. Marjinal daromad
ko’rsatkichi narx belgilashda keng qo’llaniladi. Marjinal daromad asosida qisqa
muddatli narx belgilash bozorni qo’lga kiritish va ishlab chiqarilgan mahsulotning
yangi birligidan tushum orqali barcha o’zgaruvchan xarajatlar va doimiy
xarajatlarning bir qismini qoplash uchun qo’llaniladi. Zararsizlik nuqtasiga
etgandan va barcha doimiy xarajatlar qoplangandan so’ng foydani qayd etish
boshlanadi.
Zamonaviy sharoitda korxonalar har doim ham 100% quvvatda ishlamaydi.
Shu sababli qo’shimcha buyurtmalarni olish imkoniyatining marjinal daromad
ko’rsatkichi asosida tahlil qilish korxonaga ishlab chiqarish dasturini optimal
tuzishga yordam beradi. To’liq tannarx ko’rsatkichi nuqtai-nazaridan qabul
qilinishi maqsadga muvofiq bo’lmagan xaridorlarning takliflari marjinal
daromadning hisoblanishidan so’ng qabul qilinishi mumkin. Bunday qo’shimcha
12
xarajatlar doimiy xarajatlarning bir qismini bo’lsada qoplash va natijada umumiy
moliyaviy natijani yaxshilash imkonini beradi.
O’zgaruvchan xarajatlar usulini mamlakatimizda qo’llashga to’siq bo’lib
turgan narsa shuki, buxgalteriya hisobining rasmiy tizimi xali ham to’liq tannarx
usuliga yo’naltirilgan. Bundan tashqari, boshqaruv hisobini avtomatlashtirish
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan aloqada amalga oshirilmoqda. Chunki
hamma ham bir ma’lumotni ham buxgalteriya hisobi, ham boshqaruv hisobi
axborotlar bazasiga kiritishni istamaydi. Natijada xarajatlarni to’g’ri va egri
xarajatlarga bo’lish va to’liq tannarxni hisoblash ustun prinsip bo’lib qolaveradi.
Ammo bu bilan o’zgaruvchan xarajatlar usulidan to’laligicha voz kechish
shart emas. To’g’ri va egri xarajat moddalari ishlab chiqarish xajmiga nisbatan
tasniflanadi va ularga tegishli belgi qo’yiladi. Masalan, ishlab chiqarishda band
bo’lganlarga mehnat xaqi to’lashda «Mehnat xaqi uchun to’g’ri xarajatlar» modda
doimiy xarajat sifatida tasniflanadi. Shu tartibda egri xarajatlar ham tasniflanib
chiqiladi. Tasnif belgisini qo’llash orqali o’zgaruvchan xarajatlar miqdorini
avtomatik aniqlash va marjinal daromadni aniqlash imkonini beradi. Ushbu
raqamlar ma’lumot uchun qabul qilinadi. Albatta bu ishlab chiqarilgan mahsulotni
tannarxini aniqlashda o’zgaruvchan xarajatlar usulini qo’llash imkonini bermaydi,
lekin yuqorida keltirilib o’tilgan moliyaviy taxlil yo’nalishlarini amalga oshirish
imkonini beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xar qanday tahlil ishonchli va operativ
boshqaruv hisobotiga asoslanishi lozim. Ammo ko’p xollarda boshqaruv hisoboti
va operativ byudjetlar faqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida taxlil
qilinadi. Bu boshi berk ko’chaga kirib qolish bilan barobardir. Chunki buxgalteriya
hisoboti mehnat xaqi, qo’shilgan qiymat solig’i va sh.k. hisob-kitoblar sababli vaqt
bo’yicha ancha kechga qoladi. Bir so’z bilan aytganda, korxonada boshqaruv
hisobi to’liq amal qilishi uchun operativ va strukturaviy hisobot tizimini joriy
qilish lozim.
13
«Xarajatlar» tushunchasi juda keng qamrovli bo’lgani bois, alohida ko’rib
chiqishni talab etadi. Umuman olganda xarajatlar deyilganda bir tomondan
biznesning mavjud bo’lishini shartlarini yaratadigan, ikkinchi tomondan esa
foydani kamaytiradigan sabablar bilan bog’liq masalalar ko’z oldimizga keladi.
Quyida xarajatlarning eng keng tarqalgan tasnifi keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: