14
Bu Nizom buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha amaldagi qonunchilikni
inobatga olgan holda xo’ alik sub’ektlari bo’lgan (o’z faoliyatini bankda hisob-
kitob schetini ochib olib boradigan) yuridik va jismoniy shaxslar - O’zbekiston
Respublikasining rezidentlari tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga
qo’shiladigan xarajatlarni bir xil qilish maqsadida ishlab chiqilgan
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi xarajatlarni hisoblash va bozor
iqtisodiyoti sharoitida xo’ alik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshligini
aniqlash uchun, ular faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash bo’lib
hisoblanadi. Lekin soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya hisobidagi foyda
orasida farq bor, chunki davlatimizning soliq qonunchiligiga binoan korxona
tomonidan qilingan barcha xarajatlar ham soliqqa tortiladigan bazani
kamaytirmaydi.
Shuning uchun soliqqa tortiladigan bazani aniqlash maqsadida Nizom ikkita
ilovaga ega. Bu ilovalarda xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan, lekin amaldagi
soliq qonunchiligi bo’yicha hisoblash yo’li bilan soliqqa tortiladigan bazaga
qo’shiladigan moddalar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining har bir vazirliklari, idoralari, davlat organlari
va xo’ alik boshqaruvlari O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi,
Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo’mitasi bilan kelishilgan holda mazkur Nizom
asosida xarajatlar tarkibini hisobga olish xususiyatlarini aniqlab oladilar.
Nizom quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
korxona
faoliyatining
samaradorligini
aniqlash
va
bozorda
raqobatdoshligini aniqlash uchun buxgalteriya hisobi schetlarida mahsulot ishlab
chiqarish va sotish jarayonida vujudga kelgan barcha xarajatlar to’g’risidagi aniq
va to’liq axborotni shakllantirish;
-
soliqqa tortiladigan bazani to’g’ri aniqlash.
Nizomga asosan barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq davr xarajatlariga
kiritiladigan xarajatlar;
15
- 9600 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» schetlarining bevosita
debetida hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlari;
- 9720 «Favqulotdagi zararlar» schetida hisobga olinadigan favqulotdagi
zararlar.
Shu munosabat bilan xarajat moddalari quyidagicha guruhlanadi:
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiritiladi.
Ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar -bular ishlab chiqarish
yoki mahsulot (ishlar va xizmatlar) ni qaytadan ishlash jarayonida foydalaniladigan
tabiiy resurslar, xomashyolar, materiallar, yoqilg’ilar, energiyalar, asosiy vositalar,
mehnat resurslari, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xarajatlarning qiymat bahosidir.
Bularga bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita
mehnat xarajatlari, boshqa bevosita bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar kiradi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisod mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga
ajratiladi:
1) ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
2) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
3) ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4) asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
5) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shunday qilib, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha
xarajatlar mahsulot tannarxiga qo’shiladi. Bu o’z navbatida, ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobi bo’yicha quyidagi vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi
ishlab chiqarishga qilingan haqiqiy xarajatlarni o’z vaqtida, to’liq va ishonchli aks
16
ettirish, har bir mahsulot va xizmatlar haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish,
shuningdek moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash va oqilona foydalanish
ustidan nazorat qilish.
Shunday qilib, xarajatlarni hisobga olish ham moliyaviy hisobning, ham
boshqaruv hisobining eng muhim qismlaridan biri ekan. Mana shu asosda xara-
jatlar hisobi oldidagi vazifalarni aniqlash mumkin.
Demak, yuqorida aytilgan fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki,
xarajatlar va tannarx bilan samarali boshqarishga amaliy jihatdan boshqatdan
o’rganish va bu boradagi muammolarni ochib berish hozirgi kundagi dolzarb
vazifalar qatoriga kiradi.
Dostları ilə paylaş: