Kafedrasi abduraxmanov ixtiyor baxtiyorovich


- jadval.  Ishlab chiqarish xarajatlari auditini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#42403
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etish va takomillashtirish masalalari

1- jadval. 

Ishlab chiqarish xarajatlari auditini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar

5

 

№ 

Ishlab chiqarish xarajatlari auditida foydalaniladigan me’yoriy xujjatlar 

ro’yxati 

1. 


  “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun 

2. 


  “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun 

3. 


  “Xoldinglar to’g’risida” Nizom 

4. 


  O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 

5. 


  “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida”gi Nizom 

6. 


  «Maxsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo’yicha  xarajatlar  tarkibi 

xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi xaqida»gi Nizom 

7. 

  «Inventarizatsiya  vaqtida  aniqlangan  mol-mulkning  kamomadi  va  ortiqchasini 



buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi xaqida»gi Nizom 

8. 


  Auditorlik faoliyatining milliy standartlari 

9. 


  Buxgalteriya hisobining milliy standartlari 

10. 


  Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish qoidalari va x. 

 

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  hisobining  to’g’riligini  va  mahsulot,  ish  hamda 



xizmatlar  tannarxi  to’g’risidagi  hisobotni  tuzishning  to’g’riligini  nazorat  qilish 

uchun  quyidagilarni  tekshirish  lozim:  hisobot  davridagi  haqiqiy  xarajatlarning 

ishlab  chiqarish  xarajatlari  schyotlarida  o’z  vaqtida,  to’liq  va  ishonarli  aks 

ettirilishi; ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg’ilar, 

ehtiyot  qismlar  va  yoqilg’i-moylash  materiallarini  baholashning  to’g’riligi; 

belgilangan  xarajat  smetalari,  lavozim  maoshlari,  tarif  stavkalari,  ishlab  chiqarish 

xodimlarining  mehnatiga  haq  to’lash  va  mukofotlash  haqidagi  Nizomga  rioya 

qilish  ustidan  nazoratning  ta’minlanganligi;  noishlab  chiqarish  sarflari  va 

yo’qotishlarning  paydo  bo’lish  sabablari  hamda  hisobdan  chiqarilishning 

asoslanganligi.  

                                                 

5

 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan 




18 

 

Asosiy  xarajatlar,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  boshqarish 



xarajatlarining to’g’ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. 

Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini 

xarajat moddalari bo’yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi 

tafovutlarni  moddalar  bo’yicha  tahlil  qilinib,  tafovutlar  sababi  aniqlanadi.  Xom 

ashyo  va  materiallarni  sarflashning  to’g’riligi,  baholar  to’g’riligini  tekshirish 

metodlari,  mahsulot  (ish,  xizmat)  birligiga  to’g’ri  keladigan  sarf  me’yoriga  rioya 

qilinishi  tekshiriladi.  Brak  (yaroqsizlik)  dan  ko’rilgan  yo’qotishlar  va  ishlab 

chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tekshirish.  

Auditor  shuni  yaxshi  bilishi  zarurki,  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxi 

buxgalteriya  hisobida  oddiy  faoliyat  turlari  bo’yicha  hisobot  davrida  mahsulot 

ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya bilan bog’liq sarflar 

yig’indisi kabi aniqlanadi.  

Mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish  bajarish,  xizmat  ko’rsatish)  xarajatlari 

to’langan  vaqtidan  qat’iy  nazar  (oldin  yoki  keyinchalik  to’langan),  qaysi  hisobot 

davriga taalluqli bo’lsa, shu davr tannarxiga qo’shiladi.  

Auditor  ushbu  xo’ alik  muomalasini  asossiz,  ya’ni  o’tgan  yildagi  mahsulot 

(ish,  xizmat)  lar  tannarxini  sun’iy  ravishda  oshirgan  va  moliyaviy  natijani  hamda 

foyda solig’ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan 

birga  to’langan  ijara  haqi  keyingi  yil  davomida  umumiy  summaning  1/12  qismi 

miqdorida  har  oyda  xarajatga  hisobdan  chiqarishi  lozimligini  tushuntirdi. 

O’zbekiston  Respublikasi  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  qonunining  9-

moddasiga  muvofiq  korxonada  sodir  etilgan  barcha  xo’ alik  muomalalari  amalga 

oshirilayotgan  vaqtda  yoki  amalga  oshirilib  bo’lingandan  so’ng  tegishli  dastlabki 

hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilishi  lozim.  Xarajatlarni  hujjatlashtirish  tamoyili 

auditorning  xarajatlarni  asoslash  uchun  isbotlovchi  hujjatlarning  mavjudligi, 

hamda  ushbu  muomalalarni  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirishning  to’g’riligini 

tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.  

Yuqorida  nomi  qayd  qilingan,  «Xarajatlar  tarkibi  to’g’risidagi  Nizom»  ga 

muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 



19 

 

Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: 



 a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; 

 b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; 

 v)  boshqa  bevosita  va  bilvosita  xarajatlar,  shu  jumladan  ishlab  chiqarish 

xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.  

Ishlab  chiqarish  tannarxiga  kiritilmasdan,  davr  sarflari  tarkibida  hisobga 

olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar: 

 a) sotish xarajatlari; 

 b) boshqaruv xarajatlar (ma’muriy sarf-xarajatlar); 

 v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.  

 3.  Xo’ alik  yurituvchi  sub’ektlarning  umumxo’ alik  faoliyatidan  olingan 

foyda  yoki  ko’rilgan  zararlarni  hisoblab  chiqarishda  hisobga  olinadigan,  uning 

moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar: 

 a) foizlar bo’yicha sarflar; 

 b) xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari; 

 v) qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; 

 g) moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.  

 4. Foyda (daromad) solig’ini to’lagunga qadar bo’lgan foyda yoki zararlarni 

hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan favqulodda zararlar.  

Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir xarajat 

guruhidagi iqtisodiy elementlarni tekshirib chiqishi lozim.  

 

 



20 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin