kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
6
1-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
ISHLAB
CHIQARISH
XARAJATLARI
AUDITINING
NAZARIY
ASOSLARI
1.1. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish xarajatlari va
uning mohiyati
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish
bilan bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i,
amortizatsiya ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi.
Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning jami
summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, ishlab chiqarilgan bir
birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko’rsatkichi korxona faoliyatida
muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha, past bo’lsa, ishlab
chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. Tannarxga korxonaning hamma
xarajatlari qo’shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari
bo’yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot
turlari bo’yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish
hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish
va sotish bilan bog’liq xarajatlarni o’z vaqtida, to’laligicha va haqqoniy aniqlash,
shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona
resurslari va pul mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdan iborat.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohoti amalga
oshirilishi eng asosiy masalalar bo’yicha o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Avval
1995 yilda keyinchalik 1999 yilda "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risida"gi Nizomning qabul qilinishi mamlakatimiz buxgalteriya hisobida
tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati,
korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog’liqligidan kelib chiqib
7
taqsimlashni belgilab berdi. Xarajatlar hisobining aynan shu tizimga
yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi bajarishi kerak
bo’lgan vazifalardan kelib chiqdi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobatli kurash
ketmoqda va ushbu kurashdagi asosiy vositalaridan biri bo’lib mahsulot tannarxini
pasaytirish hisoblanmoqda. Ammo, xarajatlarni pasaytirish bo’yicha ma’muriy
choralarga o’tishdan oldin ularni to’g’ri hisoblash va mahsulot turlari o’rtasida
taqsimlash talab qilinadi.
Xarajatlarni tasniflash bo’yicha ko’plab uslubiyotlar orasida eng keng
tarqalganlari va amaliyotda ko’p qo’llaniladigan yondashuvlar quyidagilardan
iborat:
- Xarajatlarni ob’ektga bo’lgan munosabatiga ko’ra tasniflash;
- Xarajatlarni ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga ko’ra tasniflash.
Birinchi uslubiyot bo’yicha xarajatlar to’g’ri va egri xarajatlarga bo’linadi.
To’g’ri xarajatlarni iqtisodiy jihatdan asosli usul bilan ob’ektga bevosita o’tkazish
mumkin bo’ladi. Egri xarajatlar ob’ekt bilan bevosita aloqaga ega bo’lmaydi va
odatda bir necha ob’ektlarga tegishli bo’ladi. Masalan ishlab chiqarish
personalining mehnat xaqi to’g’ri xarajat bo’lsa, sex boshlig’ining mehnat xaqi
egri xarajat hisoblanadi. Ushbu tasnif ishlab chiqarish xajmidan qat’iy nazar
ma’lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish to’g’risidagi qabul qilingan qarorning
xarajatlarga ta’sirini o’rganishda qo’llaniladi.
Ikkinchi uslubiyotni qo’llaganda o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar ajratib
ko’rsatiladi. O’zgaruvchan xarajatlarning umumiy summasi ishlab chiqarish
hajmiga to’g’ri mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Doimiy xarajatlarning umumiy
summasi esa ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan o’zgarishsiz qoladi.
Masalan, xom ash’yo va materiallar o’zgaruvchan xarajatlar, amortizatsiya
ajratmalari esa doimiy xarajatlar. Yana shunday xarajatlar ham borki, ular ishlab
chiqarish xajmiga nisbatan to’g’ri bo’lmagan mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday
xarajatlarni shartli-doimiy yoki shartli o’zgaruvchan deb nomlash odat tusiga
8
kirgan.
Ko’pincha hisob-kitoblarni murakkablashtirmaslik uchun ularni
o’zgaruvchan yoki doimiy xarajatlarga qo’shib yuborishadi.
Yuqorida keltirilgan tasnifning mantig’idan xulosa qilib aytish mumkinki, u
ishlab chiqarish xajmining xarajatlar miqdoriga ta’sirini o’rganishda qo’llaniladi.
Ho’sh, ushbu ikki tasnif usulidan qay birining qo’llanilishi narx shakllantirish yoki
biror mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
ko’mak bo’ladi. Buni aniqlash uchun har bir yondashuvning afzalliklari va
kamchiliklarini ko’rib chiqish talab etiladi.
Xarajatlarni to’g’ri va egri xarajatlarga tasniflash mahsulot biriligini to’liq
tannarx bo’yicha kalkulyatsiya qilishda qo’llaniladi. Bunda barcha to’gri xarajatlar
va barcha egri ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga
kiritiladi. Egri xarajatlar mahsulot turlari o’rtasida tanlangan taqsimot bazasiga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: