Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari – xo’ alik yurituvchi
sub’etlarda mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya
hisobini to’g’ri yuritish va ulardan samarali foydalanish hamda xarajatlarni
minimallashtirish bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish uchun audit o’tkazish
masalalarini o’rganish, shuningdek, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan
holda hisob va auditning nazariy-amaliy asoslarini mukammallashtirish bo’yicha
fikr-mulahazalar berishdan iboratdir.
Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni bajarish
belgilandi:
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarni tasniflash va
tarkiblash;
ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy
asoslarini o’rganish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning uslubiy asoslarini tahlil qilish;
ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etishning o’ziga xos
xususiyatlarini tadqiq etish;
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining auditini
o’tkazish metodikasini o’rganish va fikr berish;
korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashni
tekshirishni tashkil etish masalalarini o’rganishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |