3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
va
chuqurlashtirish jarayonida xo’ alik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish
borasida muhim tarkibiy islohatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlarning bajarilishi
yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buning isboti sifatida yurtboshimiz
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, « Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik
va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat
va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom
ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil
etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor
mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – tsiklini, sarflangan xarajatlarning
maqsadga muvofiqligi va nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda,
prognoz qilishni ta’minlash darkor»
1
degan edi.
Shunday ekan, biz kelgusidagi asosiy vazifalarimizdan biri xo’ alik
yurituvchi sub’ektlarda eksportbop mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqishimiz
zarur. Buning uchun mahsulotlar raqobatbardosh bo’lishi va tovar ishlab
chiqaruvchilarimiz raqobatda ustunlikka erishishlari lozim. Raqobatdagi ustunlik
esa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan
xarajatlarni kamaytirish, uning sifatini ko’tarish va bozor talablariga tez
moslashishi bilan belgilanadi. Bunda, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish
masalalari muhim ahamiyatga egadir.
Shu boisdan, xo’ alik yurituvchi sub’ektlarda yaratilayotgan mahsulot (ish
va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni xarajat ob’ektlariga ko’ra ob’ektiv
taqsimlash va ularni dastlabki hujjatlarda to’g’ri hisobga olish hamda mahsulot (ish
va xizmat) tannarxida ishlab chiqarish xarajatlarining to’g’ri shakllanayotganligini
audit qilish orqali kelgusi davrlar uchun aniq qarorlar qabul qilish dolzarb vazifa
1
Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – iqtisodiyotimizda olib borayotgan islohatlarni va tarkibiy o’zgarishlarni keskin
chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo’l ochib berishdir”
Toshkent –
«O’zbekiston» - 2016 y. 29-30-bet
4
hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga
sarflanayotgan xarajatlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri yuritishda
amaldagi tizim boshqaruv talablariga to’la javob bermasligini ko’rsatadi. Shuning
uchun yuqorida bayon mavjud masalalarni ijobiy hal etish mazkur mavzu bo’yicha
ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi va ishda aynan ushbu masalalarni yorish
zaruriyatini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: