Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu: Korxonalarda valyuta mablag‘lari tahlili



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə10/19
tarix19.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#100659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu Korxonalarda valyuta mablag‘l

Korxona pul mablag’lari

2020 yil

2021 yil

Farqi

Mahsulot sotishdan sof tushum
(mlrd. so’m)

220

292

72

Pul mablag’lari (mlrd. so’m)

86,5

61,7

-24,8

Pul mablag’lari aylanuvchanligi




Martada

2,5

4,7

2,2

Kunlarda

142

76

-65,5

Aylanish tezlashishi yoki sekinlashishidan mablag’larning bo’shaganligi (-) yoki qo’shimcha
(+) jalb qilinganligi (mlrd. so’m)

X

X

-53,1



3-jadval




MCHJ «Mebel-servis» pul mablag’lari aylanuvchanligi tahlili10

Ushbu jadvalda MChJ “Mebel-servis” korxonasida pul oqimlari aylanuvchanligi darajasi va uning korxona moliyaiy holatiga ta’siri tahlil qilingan. Ushbu ma’lumotlarga muvofiq korxonadan 2021 yilda mahsulo sotishdan tushum 292 mlrd. so’mni tashkil etib, ushbu summa 2020 yilga nisbatan 72 mlrd so’mga oshgan. Korxonaning faoliyatdagi pul mablag’lari esa 2021 yilda 61,7 mlrd. so’mni tashkil qilgan va bu miqdor 2020 yilga nisbatan 24,8 ming so’mga kamaygan. Korxonada pul mablag’lari aylanuvchanlik koeffitsienti 2021 yilda4,7 bo’lib va bu aylanuvchanlik koeffitsienti 2020 yilga nisbatan 2,2 ga oshgan. Pul mablag’lari aylanuvchanligini kunlar bo’yicha aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan ko’rinadiki korxonaning pul mablag’lari aylanuvchanligi kunlar bo’yicha 2021 yilda 76 ga teng bo’lgan, ya’ni bir yilda har 76 kunda bir marotaba pul mablag’lari aylangan. 2020 yilda esa pul mablag’lari har 142 kunda bir





10 MCHJ «Mebel-servis» moliyaviy hisobotlari asosida talaba tomonidan tuzildi
marotaba aylangan. Bu ko’rsatkichlar 2016 yilda 2015 yilga nisbatan yaxshi bo’lganligini anglatadi. Pul mablag’lari aylanuvchanligi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan oshganligi sababli ushbu yilda 53,1 mlrd. so’m pul mablag’lari ishlab chiqarishdan bo’shagan. Bu esa korxonaning ishlab chiqarishini kengaytirishga imkoniyat bo’ladi yoki boshqa faoliyatga pul mabag’ini yo’naltirish mumkin. Ya’ni moliyaviy resurslardan 2016 yilda 2015 yilga nisbatan samarali foydalanish natijasida korxonada 53 mlrd so’m moliyaviy resurs oldingi yilga nisbatan bo’shagan. Demak kompaniyada moliyaviy holatni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar mavjud.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy resurslar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning urtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud.
Pul mablag’lari- moliyaviy resurslarga nisbatan kengrok ma’noga ega bulgan tushunchadir. Moliyaviy resurslar esa korxona pul mablag’larining fakatgina aylanmada bulgan qisminigina anglatadi.
Pul fondlari esa moliyaviy resurslardan fondli shakllardagi yo’nalishlarda
foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi.
Pul mablag’lari va moliyaviy resurslarning urtasidagi fark mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob rahamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o’lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy
summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yokilgi, elektorenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va kolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy resurslarning manbai hisoblanadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin