Korxona va tashkilotlari moliyaviy resurslari - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorlarida bulgan va turli xarakterdagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barqarorligini ta’mnlashga doir xarajatlarni amalga oshirishga mulljallangan pul daromadlari va tushumlaridir.
Rossiyalik iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikricha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari;
-moliyaviy bozorlardan jalb qilingan resurslar;
-moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablag’lar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi.
Qayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to’lovlari, dividentlar va foizlar, pay badallari, byudet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan hamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy resurslarga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo’naltirigna pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy resurslarning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmoqda.
Ma’lumki, korxonaning oldidagi byudjetga to’lovlar (soliqlar) va ajratmalar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar shaklidagi to’lovlarning nafakat foydadan tulanadi. Balki, ularnin ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy resurslarini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai xo’jalik sub’ektlari darajasida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi. Umumiy olib qaraganda uning bosh manbai mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. Chunki, yalpi daromadni shakllanishi ham amortizatsiya ajratmalarini shakllanishini ham tannarx xarajatlari elementi sifatida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida chiqariladi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladi.