Psixologiya” kafedrasi kurs ishi mavzu “Tortinchoq o‘quvchilar -www.hozir.org
II BOB. Tortinchoq o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarni tashkil qilish amaliyoti 2.1-§ Tortinchoq o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar mazmundorligi Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va bolalar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va bolalar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o’rnatiladi.
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini tortinchoqlik orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.
Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi.
Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:
Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya’ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi.
ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.
Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy, vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.
So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri ko’rsatdi.
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, bolalar shaharlarda yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Bolalar, bolalar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va bolalar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.
Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, bolalar va o’spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.
O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan “ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh bolalar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do’stlik rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.
SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.
Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini yaratishlariga ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. Bolalar, o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy psixolog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi kerak. Bolalar kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar. O’spirinlik davrining inqirozi ham ko’p borada yangi muqobil faoliyat normalarini yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-bola submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. Bolalar va o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va bolalar guruhlari turli g’ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.
O’spirinlar va bolalar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi mavjud. Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.