21
shartnomalar, davlat xaridlarining yakunlari to‘g‘risidagi axborot, insofsiz
ijrochilarning
yagona reestri, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib
chiqish bo‘yicha komissiyaning qarorlari, davlat xaridlari bo‘yicha statistik
axborot. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi
axborot davlat tilida, shuningdek davlat
buyurtmachisining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda e'lon qilinishi va tarqatilishi
belgilangan.
Ushbu Qonunda xarid qilish tartib-taomillarini amalga
oshirish turlari aniq
belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagi rasmda tasvirlangan:
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari
Elektron
do'kon
maxsus talablar
tatbiq etilmaydigan
iste'mol
tovarlarining va
boshqa tovarlarning
(ishlarning,
xizmatlarning)
davlat xaridlarini
amalga oshirish
uchun mo'ljallangan
maxsus axborot
portalidagi maxsus
maydoncha
tovar qiymati bir
shartnoma bo'yicha
EKOIHning 250 b-dan
oshmaydigan, byudjet
buyurtmachilari u-n 25
b-dan oshmaydigan, ish
(xizmat) qiymati bir
shartnoma bo'yicha
EKOIHning 25 b-dan
oshmaydigan
xaridlarda
Boshlang'ich
narxni
pasaytirish
uchun
o'tkaziladigan
auksion
davlat xaridlarining
raqobatli usuli
bo'lib, uni tashkil
etishda narx
ishtirokchini
tanlashning yagona
mezoni bo'ladi va
bunda mazkur
norma tovarlarni
belgilangan sifat
standartlariga
muvofiq holda
etkazib berish
talabini bekor
qilmaydi
ish (xizmatlar) xarid
qilinmaydi, tovar
qiymati bir shartnoma
bo'yicha EKOIH ning
5000 baravaridan kam,
byudjet
buyurtmachilari uchun
2500 baravaridan kam
bo'lgan xaridarda
Tanlov
shartnomani bajarish
bo'yicha eng yaxshi
shartlarni taklif
qilgan ishtirokchi
g'olib deb
topiladigan xarid
qilish tartib-
taomilini amalga
oshirishning turi
tovar qiymati bir
shartnoma bo'yicha
EKOIHning 5000 b-
dan 25000 b-gacha,
byudjet
buyurtmachilari u-n
2500 b-dan 6000 b-
gacha, ish (xizmat)
qiymati bir shartnoma
bo'yicha EKOIH ning
25 b-dan 25000 b-
gacha, byudjet
buyurtmachilari u-n 25
b-dan 6000 b-gacha
bo'lgan xaridlarda
Tender
davlat xaridini ikki
bosqichda amalga
oshirishning raqobatli
tartib-taomili orqali
ijrochini aniqlash usuli
tovar (ish, xizmat)
qiymati bir shartnoma
bo'yicha EKOIHning
25000
b-dan oshgan,
byudjet
buyurtmachilari u-n
6000 b-dan oshgan
xaridlarda
Yagona
yetkezib
beruvchi bilan
amalga
oshiriladigan
davlat xaridi
Tabiiy monopoliya
sub'ekti, O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining alohida
farmonlarida,
qarorlarida va
farmoyishlarida yoki
O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
qarorlarida belgilangan
sub'ektlar, bozorda
muqobillari mavjud
bo'lmagan noyob
tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) etkazib
beruvchi
bozorda muqobili yo'q
tovar (ish, xizmat)lar
xaridida, madaniy
qiymatliklar xaridida,
O'zR Prezidenti va VM
qarorlari asosidagi
xaridlarda, tabiiy
monopoliya
subyektlaridan xarid
qilishda, davlat
hokimiyati va
boshqaruv
organlariining ish va
xizmatlari xaridida,
Hukumat tariflari
bo'yicha davlat xaridida
22
3-rasm. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari
16
Mazkur Qonun bilan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda davlat
buyurtmachisining maxsus axborot portali operatori bilan va maxsus axborot
portali operatorining ishtirokchi bilan muzokaralar olib borishi taqiqlangan
1-bob bo‘yicha xulosa
Davlat xaridi davlatning o‘z zimmasiga olgan
vazifa va funksiyalarini
amalga oshirish jarayonidagi eng muhim zvenolardan biri bo‘lib, davlat va jamiyat
o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarning moddiylashgan shakli
sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni davlat xaridi davlat tomonidan amalga oshirilgan
vazifa va funksiyalarining moddiy natijasini ko‘rsatuvchi instrument sifatida
jamiyat ehtiyojlarining yetarli darajada qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo bugungi kunda davlat xaridiga nafaqat davlatning
ijtimoiy vazifalarini
sifatli bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida, balki iqtisodiyotni rivojlantirishga
stimul beruvchi o‘ziga xos mexanizm sifatida qaraladi. Chunki iqtisodiy qonunlar
asosida samarali tashkil etilgan davlat xaridi tizimi mamlakat tadbirkorlari uchun
juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan bozorni vujudga keltiradi.
Shuning uchun davlat xaridini davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga
oshirishning, tabir joiz bo‘lsa, “bir o‘q bilan ikki quyonni ovlash”
imkonini
beruvchi quroli sifatida e’tirof etish mumkin.
O‘zbekistonda ham davlat xaridi tizimini takomillashtirishga hamda
iqtisodiyotni
rivojlantirishda
ushbu
tizimning
barcha
imkoniyatlaridan
foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat xaridining mustahkam
huquqiy bazasini yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi
qonunchilik davr talabidan kelib chiqqan holda davlat
xaridi jarayoniga yangi
yondashuvlarni joriy qilish asnosida doimiy ravishda takomillashib bordi. Bugungi
kunda ushbu sohada kardinal o‘zgarishlar yuzaga keldi. Qabul qilingan yangi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi ko‘pgina tartibotlar bekor qilindi
16
O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonuni asosida muallif
tomonidan tayyorlandi
23
hamda ushbu tizimni takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlar qo‘yildi.
Ammo mazmunan davlat xaridi tizimining bugungi holati yangi bosqichga o‘tish
jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: