Kafedrasi N. Ba



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə16/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Kafedrasi N. Ba

Bunday «portfolio» muallifining o’z fikrlari va o’z-o’zini baholash natijalari muhokamasida ushbu texnologiya printsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  1. Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo’yicha o’z-o’zini baholash natijalari quyidagi omillar bilan asoslanadi:

  • ma’lum fan sohasi bo’yicha bilimlarni o’quv dasturiga mos kelishi;

  • bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o’z qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;

  • talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o’z qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).

  1. Tizimli va muntazam o’z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo’yicha o’z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o’zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o’z-o’zini baholash bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo’yicha u nimalarni o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o’z bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo’ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.

  2. «Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va aniqligi.

  3. «Portfolio»da keltirilgan materiallarni to’liqligi va mazmunan tugallanganligi.

  4. «Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.

  5. «Talaba portfoliosi» taqdimotini ko’rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo’lishi.

Talaba portfoliosining komponentlari
Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o’zining mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan holda, o’z-o’ziga ushbu bilim doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin