Mana shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari tez rivojlaniyotganligidan
dalolat beradi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar auditoriyasiga
ta’sir etishini Web-texnologiyalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Web.1
muhitida foydalanuvchilar Internetdagi ma’lumotlarni faqat o‘qishi (yoki
ko‘chirib olishi) mumkin edi. Web.2 muhitida esa foydalanuvchi o‘zi forum yoki
konferensiyalar
tashkil etishi, o‘zining blogini e’lon qilishi, elektron resurslarni
yaratib (masalan, rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan
birgalikda ijtimoiy tarmoqlar yaratishi mumkin. Hozirgi kunda har qanday
davlatning qudrati qandaydir ma’noda Internet
makonida milliy Internet-
resurlarining ko‘lami bilan, boshqa milliy resurslarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi,
kezi kelsa, butun jahon tarmog‘ida taniqliroq bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.
Web.2 texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik ko‘payib
ketdiki, sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammosiga aylandi.
Kerak bo‘lsa, Internet – ong uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa
yoshlarning endi shakllanib borayotgan ongiga internet orqali ta’sir ko‘rsatish
g‘arazli kuchlarga juda qo‘l kelmoqda. Bizning mentalitetimizga zid bo‘lgan
ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da’vatlar shular qatoridadir. Shuning uchun,
bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta’sirlarga qarshi immunitetni
shakllantirish muhum bo‘lsa, boshqa tomondan milliy internet resurslarni yetarli
darajada ko‘paytirish zarurdir. Sifatli elektron resurslarni saralab beruvchi tizimlar
(miksherlar) hozirgi kunda Web.3 muhitining qiyofasini belgilab bermoqda.
Bundan
kelib chiqmoqdaki, zamonaviy internet foydalanuvchisi - bu sifatli
elektron resurslarni yaratuvchi va internetga joylashtiruvchi shaxs deb qaralishi
kerak.
Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.
Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon
va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun
mo‘ljallangan moddiy ob’yektdir.
Hujjatlarni shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- Matnli hujjatlar - qog‘ozga qo‘l yoki kompyuter vositalari yordamida
tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so‘zlar ketma-ketligi.
- Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari
yordamida yozib olingan
tovushli axborot.
- Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli.
- Elektron hujjat
- elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo
bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish)
imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan
hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda
yaratiladi, ishlov beriladi va
saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo‘l keladigan bo‘lsa,
boshqa tomondan internetda axborot tizimlarining o‘zida bunday imkoniyatlar
mavjud. Bunga Google dagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va
unga o‘xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo‘la oladi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni
idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga
binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: