O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini
rivojlantirishdagi davlat siyosati
O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi
lozim bo‘lgan vazifalar quyidagilardan iborat:
Me’yoriy-me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish;
Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish;
AKT va internet tarmog‘ida milliy segmentini rivojlantirish;
AKTni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni ko‘paytirish;
AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish;
Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari.
Ko‘rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me’yoriy-
me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga
daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini
tartibga soluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud:
•
O‘zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni;
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta FarMa’lumotlar
bazasini;
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Quyidagi jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy
hujjatlar keltirilgan:
Qonunlar
Prezident farmonlari va qarorlari
Hukumat qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining «Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish
va
axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini
joriy
etish
to‘g‘risidagi» 2002 yil 30 maydagi PF–3080 sonli farmoni e’lon qilindi. Bu farmon
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot
texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy
kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit
yaratib berishda asosiy qadam bo‘ldi.
Bu farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikasiya texnologiyalari
sohasida strategik ustivor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-
tadbirlarni
ta’minlash
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
mahkamasining 2002 yil 6-iyunda qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda 2002-2010
yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi
ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, XTVdagi umumta’lim
maktablar kompyuter bilan ta’minlandi, darsliklar chiqarildi, malaka oshirish
mutaxassislarining har 3 yilda axborot-kommunikasiya bo‘yicha malaka oshirishi
ta’minlandi. Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Axborotlashtirish
to‘g‘risida (2003y.)
Telekommunikasiyalar sohasida
boshqaruvni takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida (2000y.)
Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida (2002y.)
Elektron raqamli
imzo to‘g‘risida
(2003y.)
Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy
etish to‘g‘risida (2002y.)
Axborotlashtirish sohasida normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida
(2005y.)
Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida
(2004y.)
Axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini yanada
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida (2005y.)
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy
davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikasiya texnologiyalaridan
foydalangan holda yuridik va jismoniy
shaxslar bilan o‘zaro aloqadorligini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(2007y.)
Elektron tijorat
to‘g‘risida
(2004y.)
O‘zbekiston Respublikasining jamoat
ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish
to‘g‘risida (2005y.)
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston
Respublikasining Hukumat portalini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(2007y.)
Elektron to‘lovlar
to‘g‘risida
(2005y.)
Respublika aholisini axborot-
kutubxona bilan ta’minlashni tashkil
etish to‘g‘risida (2006y.)
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston
Respublikasining Hukumat portaliga
axborotlarni taqdim etish va joylashtirish
tartibi to‘g‘risida (2009y.)
- AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilandi;
- O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi
Kengash tashkil etildi;
-Sohada tashkiliy o‘zgartirishlar amalga oshirildi (O‘zAAA, AKTni
rivojlantirish Jamg‘armasi, TATU tashkil etildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«Internet
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan
Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan
axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega
ekanligi belgilab berilgan.
O‘tgan vaqt moynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib
borildi.
Portalning
funksional
imkoniyatlarni
mukammallashtirish,
foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor
ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ–1041–sonli qaroriga asosan «Qo‘shimcha modullar
(G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga
tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi
Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda
axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim tizimiga horijiy
ilg‘or tajribalarni, texnologiyalarni jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim
sohasining muhim vazifalardan biri deb sanaladi. Masalan, Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti va uning filiallariga videokonferensiya aloqa
terminallarining o‘rnatilishi yuqori malakali professor-o‘qituvchilarining
ma’ruzalarini tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini
ta’minlash, amaliy mashg‘ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy konferensiya,
semenar, treninglar, vertual ko‘rgazmalarni hamkorlikda o‘tkazish imkonini berdi.
Ayni vaqtda filial professor-o‘qituvchilari va talabalari VPN tarmog‘i orqali
xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib
kelinmoqda. Darhaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy
omil – kadrlar deb hisoblanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash
milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. O‘sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega
bo‘lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish
maqsadida chet tillarni o‘qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalaridan
deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli
“Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”
to‘g‘risidagi farmoni ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan,
yuqori malakali chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash, ta’limida axborot va media-
texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol metodlarni qo‘llash kabi
vazifalar shular sirasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-
sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston davlat tillari universitetiga chet
tillari
o‘qitishning
Zamonaviy
pedagogik
va
axborot-kommunikasiya
texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun chet tillari bo‘yicha yuqori malakali
o‘qituvchilarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. “Axborot texnologiyalari til
o‘qitishda” fanining maqsadi aynan mana shu ustivor vazifalarni amalga oshirishga
qaratilgan.
Xorijiy tillarni samarali o‘qitishda axborot texnologiyalarining
imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning
o‘rni alohida. Xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari,
texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy tillarni o‘qitishda
multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy elektron
ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha elektron o‘quv
kurslarini loyihalashtirish, o‘quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni
o‘qitishda internet texnologiyalari, masofaviy o‘qitish texnologiyalari va uni
tashkil qilish usullaridan foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq
kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ni tashkil etish
kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |