Kalit so’zlar: Axborot, axborot texnologiyasi, texnologiya, axborotli muxit, ehm, zamonaviy kompyuter texnikalari, ichki va tashqi omillar, mobil aloqa muhiti, mobil aloqa xizmati operatorlari, smartfon, iPhone, elektron hujjat


Elektron hujjat almashish tizimlari



Yüklə 460,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.04.2023
ölçüsü460,4 Kb.
#94549
1   2   3   4   5   6
1-maruza

Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-
kommunikasiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisidir. 
Internet tarmog‘ida nafaqat hujjat almashinuvini, balki tijorat ishlarini ham 
yo‘lga qo‘yilgan. Elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid 
faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U 
kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda harid qilish, sotish, servis xizmatini 
ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini 
ta’minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Elektron 
tijorat to‘g‘risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va 
amalga oshiriladi. 
Axborot texnologiyalarining ta’limga chuqur ta’siri natijasida pedagogika 
(ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron pedagogika 
kirib kelmoqda. Unda pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va interaktiv 
texnologiyalaridan, ta’limda Internet resurslaridan foydalanish, Internet 
tarmog‘ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va boshqa ta’lim portallari 
resurslari bilan ishlash, Internet tarmog‘ida pedagoglarning, talabalarning elektron 
muloqot muhitida jamoa bo‘lib ishlash, blog, forum va tematik chatlarni tashkil 
etish, pedagoglarning tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning 
shaxsiy, kasbiy axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida 
pedagogning elektron portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta’lim muhitida 
pedagogik jarayonni loyihalashtirish, ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE 
tizimida ishlash nazarda tutiladi. 


Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, ular
yordamida elektron darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini 
yaratish usullarini bilish, MisrosoftWord, Excel, Power Point va boshqa 
dasturlarida elektron o‘quv-metodik materiallarini yaratish usullariga ega bo‘lish 
bilan birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari yordamida elektron didaktik materiallarni 
yaratish va ta’lim jarayonida qo‘llash chet tili o‘qituvchisi mahoratini 
belgilashning muhim omillaridan deb hisoblanadi. 

Yüklə 460,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin