Kanallar va ularning turkumlanishi



Yüklə 35,73 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü35,73 Kb.
#192679
  1   2   3   4   5
ЯНГИ


Kanallar va ularning turkumlanishi
Reja;
1 . Kanallarning vazifasi va ularning tasnifi
2. Kanallar va ularning turkumlanishi
3. Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari
4. Kanalni trassalash
5.Kanallarda suv isrofi
6. Kanallarni mustahkamlash.

Kanallarning vazifasi. Bir joydan ikkinchi joyga suv o'tkazish vazifasini bajaradigan to'g'ri kesimli ochiq sun’iy o'zanlarga kanal deb ataladi. Vazifasi bo‘yicha kanallar energetik, kema о 'tkazuvchi, ichimlik suvini o'tkazuvchi. sug'orish. zax qochirish, yaylovlarga suv yetkazuvchi, yog'och oqizuvchi va kompleks vazifalarini bajarishga mo'ljallangan turlarga bo'linadi. Energetik kanallar suv omborlari yoki daryodan gidroelektrostansiyaga suv yetkazish vazifasini bajaradi. Energiya yo'qotilishini kamaytirish maqsadida ular ko'pincha ancha kichik nishablik bilan loyihalanadi. Ularning o'zanligi, odatda, 20...25 km dan, suv o'tkazish sarfi esa 2000 m3/s dan oshmaydi. Kema о ‘tkazuvchi kanallar. Suv transport tizimlari tarkibiga kiradigan kema o'tkazuvchi kanallarning shakli va ko'ndalang kesim o'lchamlari o'tkaziladigan kemalarning o'lchamlariga va ular uchun ruxsat etiladigan oqim tezligiga bog'liq ravishda qabul qilinadi. Ichimlik suvini о ‘tkazuvchi kanallar yirikroq aholi maskanlari va sanoat korxonalariga suv yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ular yuqori ishonchlikka ega b o 'lish i va yil davomida uzluksiz ishlay olish imkoniyatini ta’minlay olishi lozim. Sug'orish kanallari sug'orish tizim lariga suv keltirish uchun m o'ljallanadi. U larning joylashuvi va sath belgilari maydonlarga kafolatlangan suv yetkazish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Zax qochirish kanallari botqoqliklarni quritish, sug'orish maydonlarini ikkilamchi sho'rlanishdan saqlash va drenaj suvlarini chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ular relyefning past joylaridan o'tkaziladi.


Yaylovlarga suv chiqaruvchi kanallar suv bilan ta’minlanmagan yoki kam ta ’m inlangan qishloq x o 'ja lig i, jum ladan, chorvachilikka ixtisoslashgan hududlariga suv yetkazish uchun barpo etiladi. Baliq o'tkazuvchi kanallar baliqlar urug‘ qo'yadigan havzalarga suv keltirish va baliqlarni gidrotexnika inshootlariga kiritmasdan o'tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Yog'och o'tkazuvchi kanallar yog'ochni qayta ishlash hududlariga yog'och yetkazib berish uchun mo'ljallanadi. Kompleks kanallar bir vaqtning o'zida turli vazifalarni bajaradi va ular tabiiy zaxiralardan kompleks foydalanish uchun qo'llaniladi. Suv о‘tkazib berish usuliga ko'ra kanallar o'zi oqar va nmshinali (suv manbasidan suv nasoslar yordamida kanalga yetkaziladi) turlariga bo'linadi.

Yüklə 35,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin