Kanallarning ko‘ndalang kesimlari
Kanallarning ko'ndalang kesimlari to'g'ri burchakli, trapetsiya, poligonal, parabolik shakllarda loyihalanadi (5.1-rasm). Kanallarning ko'ndalang kesimlari ularning vazifasiga, qurilish usuliga, muhandis-geologik va trassasi bo'yicha topografik sharoitlariga hamda ishlash rejim i, suv o 'tk azish qobiliyati qoplam a bilan qoplanganligiga bog'liq ravishda qabul qilinadi. Kanalning suv o'tkazish qobiliyati qabul qilingan hisobiy tezlik asosida qabul qilinadi. Kanalning minimal tezligi loyqa yig'ilmaslik sharti bo'yicha qabul qilinadi. Eng katta tezlik qoplamasiz kanallar uchun foydalanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda yuvilib ketish tezligidan katta bo'lib ketmasligi kerak. Bosh sug'orish kanallarida katta tezliklar sug'orish maydonlariga suv o'z oqimi bilan o'tkazishni kamaytiradi, energetik kanallarda energiya yo'qolishga olib keladi. Kema o'tkazuvchi kanallar oqim tezligi kema qatnoviga qarshilik qilmasligi kerak. Har xil geologik va topografik sharoilarda kanal trassasi bo'yicha va uning ba’zi bir uchastkalarida har xil ko'ndalang kesimlar qabul qilinadi. Qoyamas gruntlarda kanal ko'pincha trapetsiadal va poligonal kesimli yarim qazima-yarim ko'tarma kesimda o'tkaziladi (5.la,b-rasm). B a’zi bir hollarda ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqqan holda parabolik kesimga yaqin qilib qabul qilinadi (5.1d-rasm). Bu holda damba balandligini kamaytirish uchun kanal kengroq va chuqurligi kamroq loyihalanadi. T o‘liq qazimada o'tgan kanal uchastkalariga (5.1e-rasm) har 5...8 m dan keyin balandligi bo'yicha kengligi 1 m dan kam bo'lmagan bermalar o'tkaziladi.
Odatda, ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda berma kengligi 3 m gacha qabul qilinadi. B a’zi bir hollarda kanallar to'liq ko'tarmada loyihalanadi (5.1f-rasm ). Bu holda yig'ilgan toshqin suvlarini o'tkazib yuborish uchun-quvurlar o'rnatishga to'g'ri keladi. Berma yoki damba yuqorisi kanaldagi maksimal suv sathidan 0,2...2 m baland qilib loyihalanadi (5.1g-rasm). Damba yuqorisining kengligi 4 m gacha qabul qilinadi. Kanalning ikkinchi tomonidan kengligi 7 m dan kam bo'lmagan inspektorlik yo'li loyihalanadi. Chuqurligi 5 m dan yuqori bo'lgan kanallarning qiyaliklari ustuvorlikka tekshiriladi. K anal bo'yicha rezervlar joyi damba tashqi qiyaligi ustuvorligini ta’minlash asosida tanlanadi.
Qiya tog‘ yon bag‘irlari uchastkalarda joylashgan kanallarda tuproq ishlari hajmini kamaytirish uchun, odatda, ularda damba barpo etilgan yarim qazima-yarim ko'tarmali trapetsiadal kesimli qabul qilinadi (5.1hrasm). Tik yon bag'irlarda, odatda, kanalning bir tomonidan beton devor o'rnatiladi (5. li-rasm). Qoyali va yarim qoyali jinslarda kanal qiyaliklariga yetarlicha tiklik beriladi (5.1 i-rasm), ba’zi bir holatlarda ular vertikal qilib loyihalanadi. Qoyali jinslardagi yon bag'irli qiyaliklar qiymati ularning mustahkamligiga, yoriqlar borligiga bog'liq holda m= 1. . 0,25 qabul qilinadi
Bugungi kunda O’zbekiston yirik kanallar va inshootlar tizimiga ega bo’lgan mamlakatdir. 50-yillargacha qurilgan ko’plab inshootlar faqat irrigatsiya zaruratlarini qondirish uchun tezkorlik bilan xavfsizlik va me‘morchilik talablariga e‘tibor berilmasdan barpo etildi. Bu davrlarda mutaxassislarning yuqoridagi masala bo’yicha takliflariga faqatgina yirik inshootlar qurilishlargagina (asosan yirik suv omborlari va gidrouzelllarda) e‘tibor berildi. Shu sababli, meliorativ tizimlardagi kichik inshootlar o’zlarining ko’rimsizligi sababli kishilarning e‘tiborini o’ziga tortmaydi. Bunga misol qilib, Qarshi cho’li zonasidagi kanallarda qurilgan gidrotexnika inshootlarini keltirish mumkin.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda ularning xavfsizligi va ishonchliligini oshirish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu masalani ijobiy hal etish uchun 1999 yil 20 avgustda amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» gi Qonuniga qat‘iy rioya etish va inshootlardan foydalanish tartib-qoidalarini takomillashtirib borish talab etiladi.
Yurtimizda barpo etiladigan har qanday inshootda inson faoliyati uchun eng qulay va foydali muhit yaratilishi bilan bir qatorda, u o’zining badiiy tuzilishi bo’yicha ko’rkam va diqqatga sazovor bo’lishi lozim. Gidrotexnika inshootlari nafaqat foyda keltirishi, shuningdek atrof-muhitga uyg’unlashgan holda uni yanada go’zallashtirishi lozim. Kanallar va inshootlar hududlarini obodonlashtirish ishlarini oqilona tashkillashtirish, milliy an‘analarimizga asoslangan kichik me‘morchilik elementlaridan foydalanish irrigatsiya inshootlarini ko’rkamlash-tirishning muhim tadbirlariga kiradi.
Kanallar bosh, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka kanallariga bo’linadi. Kanal trassasining rel‘efiga ko’ra, ular qazimada, ko’tarmada, yarim qazima yoki yarim ko’tarmada barpo etiladi (1- rasm).
1-rasm. Kanallarning ko’ndalang kesimlari: a) – qazimadaв)-ko’tarmada, с) – chuqur qazimada, d) – yarim qazima-yarim ko’tarmada
Oqim barqaror tekis (o’zgarmas tezlik bilan) harakatlanadigan kanalning suv o’tkazish qobiliyati (berilgan kesimdan o’tadigan suv miqdori) uning ko’ndalang kesimi parametrlariga va kanal tubining nishabligiga bog’liqdir. Kanalning suv o’tkazish qobiliyati (suv sarfi) odatda m3/s yoki l/s larda o’lchanadi. Kanal tubining nishabligi deganda ma‘lum uzunlikdagi kanal uchastkasi tublari sathlari farqining shu uchastka uzunligiga nisbati tushuniladi, ya‘ni i = (Z1 – Z2) /L , bu yerda Z1 , Z2 – uchastkaning bosh va oxirgi kesimlaridagi sath belgilari, L – uchastka uzunligi.
Kanallarning ko’ndalang kesimi trapetsiya, to’g’ri burchakli, egri yoy, parabola va boshqa shakllarga ega bo’lishi mumkin. Meliorativ tizimlar sharoitida asosan trapetsiya shaklidagi kanallar ko’proq barpo etiladi.
Kanal ko’ndalang kesimining shakli, o’lchamlari va tubining nishabligi nafaqat uning talab qilingan suv o’tkazish qobiliyatini, shuningdek kanal o’zanida loyqa-cho’kindilar yig’ilmasligini va ustuvorligini (yuvilmasligini) ta‘minlashi lozim. Bu shartlar ularning gidravlik hisoblarini bajarish jarayonida ta‘minlanadi.
Kanal ko’ndalang kesimining asosiy geometrik parametrlariga kanal tubining kengligi (в), kanalning chuqurligi (Н) va yon sirtining qiyalik koeffitsienti (m) kiradi. Kanal yon sirtining qiyalik koeffitsienti yoki qiyaligi deganda ushbu sirt qiyalik burchagining kotangensi yoki m = l/H nisbat tushuniladi.
Kanallar yer o’zanda o’tishi yoki maxsus qoplamaga ega bo’lishlari mumkin. Qoplama sifatida beton, temirbeton, asfaltbeton, glinobeton va polimer materiallaridan foydalanadilar. Maxsus qoplamali kanallar faqat loyqa yig’ilishga tekshirib ko’riladi. Meliorativ tizimlarda kanallar ko’pincha beton bilan qoplanadi. Betonning qalinligi konstruktiv 10...15 sm oraliqda qabul qilinadi.
Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlar sharoitida barpo etiladigan kanallar yig’ma va monolit temirbetonli qoplamaga ega bo’lishi mumkin. Qoplamali kanallar yon sirtining qiyaligi konstruktiv qabul qilinadi,
Dostları ilə paylaş: |