«А» MARKALI KARBAMID
Ko‘rsatkichlar nomi
Oliy
nav
1-nav
Azotning massa ulushi quruq moddaga qayta hisoblanganda,
%, kam emas
46,3
46,2
Biuretning massa ulushi, %, ko’p emas
0,6
1,4
Erkin ammiakning massa ulushi, %, ko’p emas, karbamid
uchun:
- kristall
- donadorlangan holdagi
0,01
0,02
0,01
0,03
Suvning massa ulushi, %, ko’p emas:
- gigroskopik
- umumiy
0,3
0,6
0,3
0,6
«B» MARKALI KARBAMID
O‘simlikshunoslik, chorvachilik va chakana savdo uchun
Ko'rsatkichlar nomi
Oliy
nav
1-nav 2-nav
Azotning massa ulushi quruq moddaga qayta
hisoblanganda, %, kam emas
46,2
46,2 46,2
Biuretning massa ulushi, %, ko’p emas
1,4
1,4
1,4
Suvning massa ulushi, %, ko’p emas:
- gigroskopik
- umumiy
0,3
0,5
0,3
0,5
0,3
0,6
Sochiluvchanligi, %
100
100
100
Granulametrik tarkibi, %:
donalarning massa ulushi, o’lchamlarda, mm
- 1 dan 4 gacha, kam emas
- 2 dan 4 gacha, kam emas
- 1 dan kam, ko’p emas
- elakdagi qoldiq 6 mm
94
70
3
yo'q
94
50
5
yo'q
94
-
5
yo'q
Granullalangan karbamid tuproqning barcha turlari uchun azot mineral o'g'iti
sifatida qishloq xo'jaligida ishlatiladi. GOST 2081-2010
Karbamid CO(NH
2
)
2
granullalangan - eng samarali azotli o'g'itlardan biri
hisoblanib, amit shaklidagi 46,2% azotni o'z ichiga olgan hisoblanadi, bu uni
qishloq xo'jaligidagi o'g'it sifatida qo’llanilishini eng manfaatli bo’lishini
ta’minlaydi. Karbamidning asosiy elementi – azot, biyomolekullalarning qorilishi
bilan to'g'ridan to’g’ri bog'liq bo’lib, o'simliklarni o'sishiga yordam beradi va
faollashtiradi.
Granulalangan o’g’it suvda tez eriydi va osonlik bilan o'simliklar tomonidan
so'riladi va himoyalangan yer sharoitida ham foydalanilishi mumkin, shuning
uchun yuqori ildizlik o’simliklarni o’g’itlash uchun tavsiya etiladi.Karbamid
sintezi reaksiyasi geterogen, katalizatorsiz, kinetik sohada boruvchi jarayondir. U
ammiak bilan karbonot angidridni 150-220°C haroratda 70—100 MPa bosimda
o'zaro ta'sir ettirib olinadi. Karbamid sintezi quyidagi bosqichlardan: NH
3
ni CO
2
bilan kimyoviy ta'siri, sintez mahsulotini distillash, karbamid eritmasini qayta
ishlab tayyor mahsulotga aylantirishdan iboratdir. Sintez ikki bosqichda boradi.
Birinchi bosqichda ammoniy karbamati hosil bo'ladi.
2NH
3
+ CO
2
NH
2
COONH
4
+ 159 kJ
Ikkinchi bosqichda karbamat degidratlanib suyuq fazada karbamidga aylanadi.
NH
2
COONH
4
NH
2
- CO - NH
2
+ H
2
O - 28,5 kJ
Jarayon ikkita faza hosil bo'lishi bilan boradi: gazsimon (NH
3
, CO
2
, H
2
O) va suyuq
(erigan va suyuqlangan komponetlar – ammiak, ammoniy karbamat, karbamid va
suv). Karbamid suyuq fazada, ya'ni suyuqlangan karbamatdan hosil bo'ladi.
Reaksiyaning umumiy tezligini sekin boruvchi bosqich, ya'ni ikkinchi bosqich -
karbamatdan suv ajralish bosqichi belgilaydi. Karbamid hosil bo'lish reaksiyasi
bosim va harorat ortishi bilan hamda NH
3
miqdorini stexiometrik hisobdan
ortiqcha olish bilan tezlashadi. Ammo haroratni 180—200°Cdan oshirish mumkin
emas, chunki bundan yuqori haroratda ammoniy karbamat ammiak va CO
2
ga
parchalanadi hamda apparatlar korroziyasini kuchaytiradi. Shuning uchun ham
reaksiya yuqori bosimda, odatda 18-20 MPa bosimda 180-200°C haroratda olib
boradi. Shunday sharoitda karbamidning unumi 70% dan oshmaydi. Karbamid
ishlab chiqarishning texnologik sxemalari, reaksiyaga kirishmay qolgach, chiqib
ketuvchi gazlarni ajratish u gazlarni yana regeneratsiyalab sintezda ishlatish
usullari bilan farq qiladi. 1- rasmda karbamid ishlab chiqarishning texnologik
sxemasi berilgan. Uglerod (IV)- oksidi kompressorda 20 MPa gacha bosimda
siqilgach, aralashtirgichga keladi. U yerga nasos bilan 20 MPa bosimda suyuq
ammiak va aylanma ammoniyli hamda karbonatli tuz eritmalari keladi (aylanma
eritma bu reaksiyaga kirishmay qolgan gazlarni suvdagi eritmasidir).
Aralashtirgichda aralashgan reagentlar sintez kollonnasiga - reaktorga keladi. U
yerda kimyoviy reaksiya natijasida karbamid sintezlanadi. Sintez kolonnasi
ligerlangan po'latdan yasalgan silindirsimon, ichi bo'sh, osti dumaloq idish bo'lib,
ichki tomoni xromnikelmolibdenli — XI7HI6M3T yoki titanli po'lat bilan
qoplangan bo'ladi. Reagentlar aralashmasi reaktorning ostki shtuseri (shtuser —
tashqi tomoni rezbali kalta quvurcha) orqali sintez kolonnasining ichiga kiradi va
kolonnaning yuqorisiga tomon ko'tarila boradi. Reagenlarning yaxshi aralashishi
uchun kolonna ichida chambarali to'siqlar o'rnatilgan. Suyuqlanma holda hosil
bo'lgan karbamid (tarkibida 30—31 % karbamid, 21—22 % ammoniy karbamat,
33—34% ortiqcha ammiak, 16-17% suv saqlaydi).
1- rasm. Karbamid ishlab chiqarishning sxemasi. 1 — aralashtirgich; 2, 14 —
nasos; 3 — suyuq ammiak yig'gichi; 4 — kondensator 5 — sintez kolonnasi; 6 —
drossel jumrak; 7 — yuvish kolonna 8 — I — pog'onali; rektifikatsiya kolonnasi;
9,11 — qizdirgichlar; 10 — separator, 12 — vakuum bug'lantirgich apparat; 13–14
— karbamid suyuqlanmasini yig'gichi; 15 — donadorlash minorasi; 16 —
transporter;
I — kompressorda 20 MPa bosim uglerod (IV) oksidi; II — suyuq ammiak; III —
gaz ammiak adsorberiga; IV uglerod-ammoniyli tuzlar eritmasi suyuqlanmaning II
pog'onali distillyatsiyasida V — kondensator va vakuum nasosga; VI —
donadorlangan karbamid
Karbamid bosimi kamaytirilib 1,8—2 MPaga keltiriladi, so'nggi
reaktifikatsiya kalonnasining yuqori qismiga yuboriladi. U yerda ortiqch ammiak
gaz holda ajraladi. Keyin esa birinchi pag'onali distiliyatsiy agregati qizdirgichga
o'tib 170°C gacha qiziydi (Birinchi bosqich distiliyatsiya agregatlariga
rektifikatsiya kolonnasi, qizdirgich v separatorlar kiradi). Bunda ammoniy
karbamat NH
3
va CO
2
ga parchalanib ajraladi Uchib chiqqan bug' - suyuqlik
aralashmasi, separatorga borib, gaz va suyuqlikka ajratiladi. Gaz qismi
rektifikatsiya kolonnasiga, uning ostki qismidan yuboriladi. Suyuq qismining
bosimi yanada (0,3 MPa gacha) pasaytirilib ikkinchi pag'onali distillyatsiyaga
yuboriladi. Suyuqlik tarkibi 55—51 % karbamid, 4—5 % ammoniy karbamati, 6–7
% ammiak va 28—35 % suvdan iborat bo'ladi. Ikkinchi pag'onali distillyatsiya
ham, xuddi birinchi pag'onadagidek, avval suyuqlik rektifikatsiya kalonnasidan
o'tib ammiakning bug'lanishi va karbamatning parchalanishi hisobiga 110°C gacha
soviydi, so'ngra qizdirgichda 140—142°C gacha qizdirilib - separatorga yuboriladi.
Unda tozalangach, qolgan suyuqlik tarkibida 70—72% karbamid bo'ladi.
Endi u suyuqlik ikki pag'onali vakuum bug'lantirgichga yuboriladi. U
yerda 0,07-0,08 MPa bosimda (ya'ni vakuumda, chunki karbamid polimerlanishi
mumkin) eritma bug'-lantirilib tarkibida 99,5-99,8 % (NH
2
)
2
CO saqlovchi
suyuqlanma olinadi. So'ngra suyuqlanma yig'gichga, undan nasos yordamida
granulalash minorasiga yuboriladi. Minoraning ostidan qarama-qarshi oqimda
kirgan sovuq havo ta'sirida karbamid tomchilari sovib qotadi va sharchalar
shaklida granulalanadi. Reaktifikatsiya minorasidan chiqqan gaz faza NH
3
(hajmi
bo'yicha 70% NH
3
ushlaydi). CO
2
va H
2
O dan iborat bo'lib, suyuq ammiak va suv
bilan sug'orilib turuvchi yuvish minorasiga yuboriladi. Minorada ammoniyli va
karbonatli tuzlarning konsentrlangan eritmasi hosil bo'ladi. So'ngra bu eritma
aralashtirgich orqali sintez minorasiga qaytariladi. Gaz fazada esa CO
2
dan
tozalangan sof ammiak qoladi, u kondesatorga siqilib, suyuqlantirilgach yana
siklga qaytariladi. Karbamid sintezi minorasining diametri 2—2,5 m balandligi
30—35 m (hajmi l60 m
3
) bo’lganda, uning mahsuldorligi 1250 t/sutka (450 ming
tonna/yil) ga teng bo’ladi. O’zbekistonda karbamid “Navoiy-azot” kombinatida,
“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ kimyo zavodlarida ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |