Izomeriyasi va nomenklaturasi : To’yingan bir asosli karbon kislotalarni nomlashda kislotalar dastlab nimadan olingan bo’lsa, shu manba nomi bilan ataladi. Masalan : tarixiy nomenklatura bo’yicha chumoli kislota - chumolidan olingan, sirka kislota sirkadan, moy kislotasi sariq moydan olingani uchun ular olingan mahsulot nomi bilan atalgan.
Bu nomlarga tarixiy nomlar deyiladi. Rasional nomenklatura bo’yicha bir asosli karbon kislotalarni nomlashda barcha kislotalarni sirka kislotasining hosilasi deb qaraladi.
Masalan :
Sistematik nomenklaturaga ko’ra karbon kislotalarni nomlarini tuzishda :
Bu zanjirdagi uglerd atomlari karboksil gruppasidan boshlab nomerlanadi;
Uglerod atomlari soniga muvofiq keladigan alkan nomiga “at” qo’shimchasi qo’shiladi va yon radikallarning holati ko’rsatiladi.
Masalan :
Ayrim hollarda kislotalarning nomlarini tuzishda bosh zanjirdagi uglerod atomlarining karboksil gruppa yonidagi uglerod atomidan boshlab grekcha harflar (α,β,γ…) bilan belgilab nomlashdan ham foydalaniladi.
Masalan :
To’yingan bir asosli karbon kislotalarning birinchi uch vakili chumoli – HCOOH, sirka – CH3COOH va propion - CH3CH2COOH kislotalarning izomerlari yo’q. Moy kislotadan boshlab izomerlar paydo bo’ladi. Masalan, moy kislotada ikkita izomer bo’ladi :