Ikki negizli alifatik qator kislotalarining umumiy formulasi: HOOC-(CH2)n-COOH, bu yerda n≥o
Molyar massasi M = 14n + 90.
Nomlanishida harakterli qo’shimcha “diat”.
Fizikaviy xossalari : Ikki negizli alifatik qator kislotalarining gomologik qatorining birinchi vakili -oksalat kislotsi –oq, kristall modda, suvda eriydi.
Ikki negizli karbon kislotalarining aromatik qatorlari mavjud:
Olinish usullari :karbon kislotalarning ayrim vakillari tabiatda sof holatda va murakkab efirlar holida uchraydi. Masalan : chumoli kislota chumolida, qichitqi o’tida, (krapiva) va ignabargli archada bo’ladi. Sirka kislotasi sirkada uchraydi. Yog’ va mumlar tarkibida murakkab efirlar holida uchraydi. Valerian kislota valerian o’simligi ildizida uchraydi.
Kimyoviy usullar yordamida karbon kislotalar quydagicha olinadi :
Spirt, aldegid, keton va parafinlarni oksidlab olinadi :
Kislotali yoki ishqoriy muhitda nitril (yo sianid) birikmalarni gidrolizlash :
Murakkab efirlarni gidrolizlab :
Xuddi shu usul bilan yog’lardan yuqori molekulali yog’ kislotalarni - palmitin, stearin, olein va boshqa kislotalar olinadi.
Oksosintez orqali olish. Bu usulda kislotalar olish ikki xil usulda olib boriladi.
Dastlab to’yinmagan uglevodorodlarga konsentrlangan kislotalar (H2SO4 va H3PO4) va Ni(CO)4katalizatorligida uglerod (II) oksidi va vodorod ta’sir ettirilib aldegid hosil qilinadi. So’ngra aldegidlarni oksidlab kislotalar olinadi :
Agar to’yinmagan uglevodorodlarga katalizator ishtirokida (Ni(CO)4, H2SO4 va H3PO4 va suv bug’i borligida 300 – 400oC va 200 – 500 atm bosimda to’g’ridan – to’g’ri uglerod (II) - oksid ta’sir ettirilib, har xil kislotalarni olish mumkin.
Masalan :
Uchgalogenli uglevodorodlarga ishqor ta’sir ettirib ham kislotalar olish mumkin.